Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-K guruh talabasi Kuanishbaeva Ulbosinning O’zbek tilidan tayorlagan mustaqil ishi. Fan o’qituvchi: Izbosarova Sh. - Reja:
- 1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish va tahlil qilish.
- 2. Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezume), uning tuzilishi va ifoda materialing xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
- 3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir tiri sanaladi. Ma’lum voqea-hodisalarga narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususyatni ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishdosh faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan keng foydalaniladi. Monologik matn ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir. Mustahkamlash uchun topshiriqlar. Berilgan matnlarni o‘qing va matnning qaysi turiga xosligini aniqlang. Uyga topshiriq: “Navro‘z” bayrami haqida matn tuzing. MAHALLAMIZ KELAJAGI (Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezume), uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari) ULKAN CHINOR Mahalla— donishmandlik o‘chog‘i. Milliy qadriyatlarimizning bir bo‘lagi. Jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi hisoblanadi. Qadimdan madaniy merosimiz, an’ana va urf-odatlarimiz shakllanmaganida o‘zbek xalqi dunyo miqyosida tanilmagan, tan olinmagan bo‘lardi. Bugungi kunning qadriga yetish uchun farzandlarimiz o‘tmishni yaxshi bilishlari kerak. Ildizsiz daraxt bo‘lmaydi. Daraxt qancha chuqur tomir otsa, u shunchalik gullab yashnaydi, barq urib o‘sadi. Buyuk chinordan so‘rabdilar: —Nega buncha balandga qarab o‘sasan? —Nurga, yorug‘likka, ziyoga intilaman. — Nega buncha uzoq umr ko‘rasan? —Dovul-bo‘ronlarga issiq-sovuqqa qarshi kurashaman. — Nega buncha kuchlisan, mustahkamsan? —Ildizim tuproqdan ming gaz chuqurlikka kirgan deb javob qaytargan ekan. Mahallani ham shu ulkan chinorga mengzash mumkin. Tariximiz mentalitetimiz, qadriyatlarimiz mahallada mujassam. Shuning uchun ham biz hozirgi yosh avlodni o‘z mahallasiga muhabbat ruhida tarbiyalamog‘imiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |