Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Ixtisoslashtirilgan Filial Yurispuridensiya 1-kurs A potok 1-guruh talabasi Karimov Muslim Fan: Konstitutsiyaviy huquq Mavzu: Jamiyat va shaxs munosabatlarining Konstitusiyaviy asoslari. Reja: - 1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari.
- 2. O’zbekistonda jamoat birlashmalari faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari.
- 3. O’zbekiston Respublikasida oilaning muhofaza qilinishi.
- 4. O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari.
Konstitutsiyaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u xalqning iroda-sini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Konstitutsiyadagi prinsip va boshlang’ich asoslar demokratik xuquqiy davlat talablariga to’la mos kelib, ular o’zbek milliy davlatchiligining tarixiy rivojlanish tajribasiga tayanadi. “Xalqimizning faravon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish – Konstitutsiyamizning bosh maqsadidir. Konstitutsiyamizda iqtisodiy faoli-yat, tadbirkorlik erkinligi, barcha mulk shakllarining tengligi va davlat to-monidan birdek muhofaza etilishi kafolatlangan. Davlat jamiyatimiz iqtisodiy negizini tashkil etishda mulk shakllarini erkin sharoitini va mulkdorlar huquqlarini ta’minlash maqsadida bozor munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu xususiyatlar quyidagilarda o’z ifodasini topdi: - Birinchidan, iqtisodiy faoliyat erkinligi;
- Ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyati erkinligi;
- Uchunchidan, mehnat qilish erkinligi;
- To’rtinchidan, barcha mulk shakllarining teng huquqligi;
- Beshinchidan, mulk shakllarining huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi.
Jamoat birlashmasi – bu o’z manfaatlarini turli xil shakllarda, shu jumla-dan, muayyan me’yor va qoidalar asosidagi dasturlar shaklida birgalikda amalga oshiruvchi shaxslarning birlashmasi hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 20-moddasiga ko’ra “Xar bir inson tinch yig’inlar o’tkazish va uyushmalar tuzish huquqiga ega”. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamoat birlashmalariga o’z ustavlarida nazarda tutilgan asosiy maqsad va vazifalarni bajarish imkonini kafolatlaydi. Bu kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyishishga bo’lgan huquq-larini ro’yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lib, davlatimiz va jamiyatimiz rivoji, avvalambor, oilalarimizda tinchlik-osoyishtalikning bardavom bo’lishi, oiladagi faravonlik va uning ishonchli ijtimoiy himoya kafolatlari tizimi orqali ta’minlanishi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Inson shaxsini shakllantirishda oila, shubhasiz, dastlabki bosqich vazifasi-ni o’taydi, yani oilada odamlarning bir – biri bilan, jamiyat va davlatga nisbatan munosabatiga asos solinadi. O’zbekiston Respublikasida oilaga jamiyat va davlat g’amxo’rligi kun sayin oshib bormoqda. Jamiyatni rivojlantirish uchun barcha diqqat e’tibor, eng avvalo, oilaga qaratilmog’i lozim. Xar bir oila a’zosining jamiyatni tushinishi, hayot, mehnat, qonun, va huquqni qay darajada anglashi va unga rioya qilishi jamiyat ravnaqini belgilovchi muhim omildir. Hozirgi kunda axborot – jamiyat hayotini tashkil etishning zaruriy omil-laridan biriga aylanib bormoqda. Ta’kidlash joizki, bugungi ijtimoiy voqealikda inson faoliyatining u yoki bu darajada axborot olish va uni qayta ish-lash jarayonlari bilan bog’liq bo’lmagan biror-bir tarmog’I qolmadi. Bino-barin, tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi dunyoda – fuqarolarning yangi sharoitlarga moslashishlariga ko’maklashish, ularga bo’layotgan voqealar, jarayonlar, hodisalar to’g’risida axborot berib borish, shuningdek, ijtimoiy institular va davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlar o’rgatishga sharoitlar yaratishga ommoviy axborot institute muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, jamiyatda ommaviy axborot vositalariga “xalqning ovozi” deb tavsif beriladi. Chunki, ular jamiyat a’zolarining manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga hayot uchun zarur bo’lgan turli hil ma’lumotlarni yetkazib beradilar. .
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |