Fan : Ona tili Mavzu : Sifatlarning ma’no turlari



Download 199,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi199,5 Kb.
#226302
Bog'liq
Sifatlarning ma’no turlari


Sana :

Sinf : VI

Fan : Ona tili

Mavzu : Sifatlarning ma’no turlari

Darsning maqsadi :


  1. Ta’limiy maqsad : Sifat so’z turkumi yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash . Sifatlarning ma’naviy guruhlarini ajrata olish malakasini oshirish .

  2. B) Tarbiyaviy maqsda : O’quvchilarni sifat so’z turkumining ma’no guruhlarini ajrata olishga o’rgatish boorish bilan ona Vatanga sadoqat , do’st – birodarlarga mehr – o’qibat kabi fazilatlarni singdirish .

  3. Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarda mustaqil fikrlash , o’z mulohazalarini erkin bayon etish ko’nikmalarini hosil qilish .

Darsning shakli : Ko’nikma , malakalarini rivojlantirish .

Dars metodi : Musobaqa .

Dars usuli : Kichik guruhlarda ishlash , taqdimot , kichik matn tuzish .

Dars didaktikasi : 6 – sinf “ Ona tili ” darsligi , rag’bat va jarima kartochkalari , sandiqcha .


Darsning borishi : Sinf olti guruhga ajratiladi va guruhlarga nom quyiladi . Guruh nomlari sifat so’z turkumining ma’no turlari asosida berilishi kerak .

  1. guruh : “ Zukko ” guruhi

  2. guruh : “ Kamalak ” guruhi

  3. guruh : “ Shirin ” guruhi

  4. guruh : “ Keng mushohadalilar ” guruhi

  5. guruh : “ Muattar ” guruhi

  6. guruh : “ Tonggi shabnam ” guruhi

Guruhlar qaysi shartlar bo’yicha sinovdan o’tishlari o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi . Darsga taklif etilgan qatnashuvchilar - kuzatuvchilardan hakamlar hay’ati saylanadi .

Birinchi shart . Guruhlarga sifatning ma’no turlari yozilmasdan ochiq qoldirilgan gaplar yozilgan varaqlar beriladi . Ular kerakli sifatlarning quyib gapni to’ldiriladilar .

1- guruhga : Menda bunday boyliklar yo’q , lekin ….. qo’lim , …..

Yuragim , …. Boshim bor . ( mehnatkash , toza , aqlli ) .

2- guruhga : Gulzordagi ……., …….., …….. atirgullar quyg’os ochilganini ko’rib , yayrab ketdim . ( Qizil , sariq , pushti ) .

3 – guruhga : Chumchuqlar ham nima ………, nima …… bilsa kerak . ( Shirin , achchiqligini )

4 – guruhga : Hovli …….., devorlari ………., xuddi …… hovuzga o’xshab , buning ham to’rtdan birini ayvon egallagan edi . ( Tor , baland , kattakon )

5 – guruhga : Lobarxon oyoqlarida zo’rg’a tursa ham , nur ko’rganidanmi yo dimog’ini qitiqlayotgan ……. Hiddanmi , har qalay tinmay jilmayar edi . ( Yoqimli )

6 – guruhga : ……. harakat - ……. Barokat . ( Yozgi , kuzgi ) .

Ikkinchi shart : “ Sirli so’z ” mashqi .

Ushbu shartda guruh a’zolarining topqirligi sinovdan o’tkaziladi . Guruhga biror narsa yoki buyumning ta’rifi keltirilgan qog’oz beriladi . Ular ta’rif asosida sandiqchada qanday so’z borligini topishlari talab etiladi .

1 – guruhga : Bu so’zni yetuk , yaxshi ta’lim - tarbiya olgan , har tomonlama keng mushohadali , bir ishni o’ylab bajaradiga , ya’ni xalq maqollari bila aytganda , yeti o’lchab bir kesadiganlarga nisbatan aytiladi . ( Aqlli )

2 – guruhga : Uni hamma yaxshi ko’radi , ayniqsa bolajonlar , uning ko’pi sog’liqqa zarra. Bu so’z ko’chma ma’noda ham ishlatiladi . ( Shirin ).

4 – guruhga : Bu so’zni tog’larni , shaharlarni ta’riflaganda ishlatamiz . Uning ma’nodoshlari ko’p . ( Baland )

5 – guruhga : U insonlarga yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi , dilni yayratadi , toza , ozoda joylarda ini his qilamiz . ( Muattar hidlar )

6 – guruhga : Bu so’zdan ancha oldin bo’lib o’tgan voqealarni aytganda , urf – odatlarimiz , an’analarimiz haqida gapirganda juda ko’p foydalanamiz . ( Qadimgi )

Uchinchi shart : ( Tezkor savol- javoblar ) Har bir guruh a’zolariga bittadan savol beriladi . Savollarga tez javob berish talab etiladi .

Namuna sifatida .

Sinf o’quvchilari sonidan kelib chiqib savollar tayyorlanadi . To’g’ri javoblar guruhlar hisobiga hisoblanadi .



  1. Sifat qaysi so’z turkumiga bog’lanadi ? ( Sifat otga bog’lanib , uning belgisini bildiradi ) .

  2. Tub sifatlar deb qanday sifatlarga aytiladi ? ( tarkibiy qismlarga bo’linmaydigan sifatlar tub sifatlardir ).

  3. – li , - ser , - dor , - ba , - mand qo’shimchalari bilan yasalgan sifatlar qanday ma’no anglatadi ? ( Bu qo’shimchalar sifat yasovchi qo’shimchalar hisoblanadi ) .

  4. Sifatlar tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi ? ( Sifatlar tuzilishiga ko’ra soda , qo’shma , juft va takroriy bo’ladi ) .

  5. Sodda sifatlar deb nimaga aytiladi ? ( Bir asosdan iborat bo’lgan sifatlar soda sifatlar deyiladi ) .

  6. Asliy sifat deb nimaga aytiladi ? ( Belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi ) .

  7. Sifat darajalari nechta ? ( Sifat darajalari to’rtta : oddiy , qoyosiy , orttirma va ozaytirma ) .

  8. Sifatlarning ozaytirma darajasi shakli deb nimga aytiladi ? ( Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatlarning ozaytirma darajasi shakli hioblanadi ) .

  9. Qo’shma sifat deb nimga aytiladi ? ( Qo’shma sifatlar ikki va undan ortiq asosdan tashkil topadi ) .

10.Takroriy sifatlar qanday yoziladi ? …. ( Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajrtaib yoziladi ).

To’rtinchi shart : Qisqa ijodiy matn yaratish . Har bir guruh sifatning ma’no turlari yuzasidan qisqa matn yaratadi v amatn tarkibidan sifatning ma’no turlarini ajratib ko’rsatadi . Namuna sifatida birinchi guruh a’zolarining yozgan matnini keltiramiz .

Kamtarlik – oliy fazilat .

O’zbek xalqi o’zining oliyjanobligi va kamtarligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi . Haqiqatdan ham , kamtarin insonlarni hamma hurmat qiladi . Xalqimizda , kamtarga kamol , manmanga zavol degan naql ham bor . Bu naql bejizga aytilmagan , albatta . Chunki ba’zi insonlar manman bo’lganliklari uchun ham el orasida e’tibordan chetda qoladilar . Shoir Erkin Vohidov aytganidek ,

Garchi shuncha mag’rur tursa ham

Piyolaga egilar choynak .

Shunday ekan , manmanlik nechun

Kibr – u havo nimga kerak .

Darsni yakunlash :

Hakamlar umumiy natijalarni e’lon qilib , g’olib guruhni aniqlaydi . Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadilar . Baholar shunday bo’lmog’I kerakki , u o’quvchini o’qishga bo’lgan qiziqishuni , xohish – istaklarini rivojlantirishga o’qishga bo’lgan motivini oshirishga xizmat qilsin .

Uyga vazifa : Uyga vazifa o’quvchilarning mustaqil ravishda o’z bilimlarini boyitib borishlari uchun hozirgi davrning asosiy shartlaridan biridir . Uyga vazifalarning bajarilishi va uni tashkil etish pedagogic jarayonning o’quvchilar faoliyatiga yo’naltirilgan muhim belgilaridan biridir .

Sana :


Sinf : 6

Fan : Adabiyot

Mavzu : “ Ot ” mavzusini o’rganish tajribasidan

Maqsad :

Tarbiyaviy : O’quvchilarni ona Vatanga mehr – muhabbat , adabiyot faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish

Ta’limiy : Ot so’z turkumi haqida olingan bilimlarni umumlashtirish , o’quvchilarni faollashtirish , erkin fikrlashga , nutqini o’stirishga o’rgatishni darsning maqsadi qilib belgiladim .

Darsning uslubi : inssenirovka , sayohat , bellashuv

Dars jihozi : qish fasli tasvirlangan manzarali rasmlar , kartochkalar .

Darsni quyidagicha kirish so’zi bilan boshladim :

Biz sizlar bilan ot mustaqil podshohligiga sayohat qilamiz . “ Ot “ saltanati podshohining “ Atolqi ” va “ Turdosh ” ismli vazirlari , “ Birlik” va “ Ko’plik ” degan yasovullari bor ekan . Hozir bu mamlakatda bizga tanish bo’lmagan yana qanday sir- sinoatlar borligini ko’ramiz . Marhamat ! ( Ertak qahramonlari bir-bir darstaxta oldiga chiqib , o’zlarini tanishtiradilar ).

1- o’quvchi : “Ot”. ( Boshida “ Ot” deb yozilgan toji bor ) Men so’z turkumlari saltanatining to’ng’ichi Ot menga bo’ysunadilar . Mening kim ? , nima ? , kimlar ? , nimalar ? kabi savollarimning barchasiga bosh maslahatchilarim javob beradilar . Shu maslahatchilarim yordamida men o’z fuqarolarimni ajrata olaman . Vazir va a’yonlarimning o’z bajaradigan vazirlari bor . Hozir men sizlarni , mehribonim bo’lganingiz uchun ular bilan birma – bir tanishtiraman . Marhamat vazirlarim !

2- o’quvchi : “ Atoqli ot “ ( Boshida “ Atoqli ot” yozui bor ) Menga jamiki atab qo’yilgan nomlar , kitoblar , gazeta va oynomalar , daryo – yu ko’llar , shahar-u qishloqlar , teatr va madaniyat saroylari bo’ysunadilar . Yordamchilarim “ bosh harf” lar va “ qoshtirnoq ” lardir . Faqat birlikda qo’llanadigan otlardan Erkin , Vohid , Muhammad , Alisher , Namangan , Toshkent , Amudaryo – yu Sirdaryogacha mening tasarrufimdadir .

3- o’quvchi : “ Turdosh ot” ( Boshida “ Turdosh ot ” yozuvi bor )

Men “Ot” podshohining chap qo’l vaziriman . Menga olamdagi barcha narsa - jism nomlari , hayvon-u jonivorlar , belgi – sifat , harakat , voqea – hodisalar bo’ysunadilar . Men bularning umumiy nomini bildiruvchi hukmdoriman . Mening tasarrufimda faqat birlikda qo’llanadigan otlar ham , donalab sanalmaydigan otlar ham xizmat qiladi . Gurunch , bug’doy , un , yog’ , suv , havo , yomg’ir , qor bo’ron , sgamol , dovul , xalq , to’da , poda , armiya kabilar mening amrimga muntazirdirlar .



  1. o’quvchi : “Ot” mening qo’l ostimda yana ikkita tikuvchi a’yonim – “ Kelishik qo’shimchalari” va “Egalik qo’shimchalari ” bor . Bular yordamida men tez-tez loboslarimzni o’zgartirib , turlanib turaman . Ular hozir o’zlarini tanishtiradilar .

Lang ochilib eshiklar , Saf tortar kelishiklar . ( Darstaxta oldiga 6 o’quvchi chiqadi . Boshlarida 6 kelishik nomi bor . )

1 – o’quvchi : Bosh kelishik :

Vatan , Dilshod , baxt kitob

Maktab , ona , suv , oftob

Dalalar , bog’lar , gullar …

Bosh kelishikda shular .

Menda qo’shimcha yo’q , bil !

Sen bilmdon yosh ko’ngil .



  1. o’quvchi : Qaratqich kelishigi :

Qaratqichman qarasang

Qo’shimchaman “ning ” – so’rasang ,

Ba’zilar - “ni” – yozishtirib

Xatoga qo’l cho’zishib ,

Ishlatmasdan aql – kuch

Past bahoga kelar duch



  1. o’quvchi : Tushum kelsihigi

Men tushum kelishigi

“-ni ” bilan kelishigim

Ko’plarga ayon – aniq

Ko’zlarim yulduz – yoniq

“Kitob o’qi” gapida

“ - ni” tushganmi mabodo

Tushgan bo’lsa o’yla top !

Topdim , yashirgan kitob !

4 – o’quvchi : Jo’nalish kelishigi :

Kelishikda qo’shimcha

So’zni – so’zga bog’lash ish

Goh vazifa ko’makchi .

Bizni chalkash qilmasdan

Joyimizga qo’yolsang

Obro’ oshib sinfda

Qo’nmas sengha gard-u chang



  1. o’quvchi : O’rin – payt kelishigi :

  • Ey , o’quvchi , rostlab qad

“ - da ” ni bilib ol , albat

Uni - “ta” ga almashsang ,

Talaffuzda adashsang

Abadiy so’z buzilar,

Kulgi rosa cho’zilar

6 – o’quvchi : Chiqish kelishigi

Men chiqish kelishigi

“ – dan ” qo’shimchaman - uchta harf

Yashayversin bexato .

Bilib ol , Gulnor , Sharif

“ – dan ” o’rniga Saida

“ - tan” yozibdi diktantda

Sinfdoshlar oldida

Xat bilmasa , uyat – da !

Barcha kelishiklar ( 6 ta o’quvchi )

Biz oltita kelishik

Darskor sizga bilishlik ,

So’zlarni bog’lash uchun

Sarflaymiz aql kuchin


    1. o’quvchi : “ Ot ”

Aqli donishlarim , sizlarga tashakkur , menimcja bu yerda o’tirgan bolalar sizlarni juda yashi bilib olishdi . Endigi navbatda biz bu ilmu toliblarning bilimlarini poygada sinab ko’rsak va eng dono o’quvchilarga sovrinlar bersak .

Men ( o’qituvchi ) o’quvchilarga bugungi sayohatimizni hozircha to’xtalib , podshoh amrini bajarishimizni ma’lum qilib , to’rt o’quvchiga darstaxtada to’rt otni kelishiklarda turlash topshirig’ini berdim . Bu o’quvchilar topshiriqni bajargunlariga qadar qolganlar bilan qish manzarasi aks etgan rasmlarga asoslangan holda “ Qish manzarasi” mavzusida kichik bog’lanishli matn yaratishni talab qildim .

“ Ot ” mamlakatining podshohi o’z a’yonlari bilan o’quvchilarning bilimlarini baholadi , tuzgan matnlarini eshitib , ularni ham rag’batlantiradi .

Shundan so’ng o’quvchilar bilan “ So’z zanjiri ” o’yinini o’ynashimizni ma’lum qildim . O’yinning sharti shunday ediki , o’quvchilar otlarning oxiridagi harf bilan boshlanadigan yangi ot yasaydilar . Unga beriladigan savolni ham aytadilar .

Bu topshiriq bo’yicha ham o’quvchilarning bilimini Ot saltanatining hakamlari baholadilar . So’ngra o’quvchilarni uch guruhga ajratdim va yechish uchun har bir guruhga mavzuga mos tuzilib , kartochkalarga yozilgan quyidagi boshqatirmalarni berdim .
I – guruh

1. Bobur 1. Shoh va shoir

2. …Uloq 2. QAdimiy sport turi

3. …Navro’z 3. Sharqda nishonlanadigan yangi yil

4. …Sifat… 4. So’z turkumlaridan biri
II – guruh

1. …Kitob.... 1. Bilim manbai

2. …Buxoro… 2. Viloyatlardan biri

3. …Og’a… 3. Akaning ma’nodoshi

4. …Anor… 4. O’zi bir dekcha , ichi to’la mixcha

III – guruh

1. …Navoiy… 1. She’riyat sultoni

2. …Amaki… 2. Dadaning akasi

3… Murod… 3. ….. - maqsad

4… Ari…. 4. Zuv – zuv boradi – keladi , g’alvir



to’qiydi.
O’quvchilar topshiriqlarni bajarganlaridan so’ng Ot saltanatining hakamlari bergan ballarni umumlashtirib o’quvchilarning bilimini baholadim .Uyga vazifa sifatida o’zlari ot mavzusiga doir shunday boshqotirmalar tuzib kelishlarini topshirdim .
Download 199,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish