Etno va grafiya, etnologiya, xalqshunoslik jahondagi



Download 90,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.09.2021
Hajmi90,53 Kb.
#187410
  1   2
Bog'liq
Etnografiya - Vikipediya



Etnografiya

Etnografiya (etno... va ... grafiya),

etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi

barcha xalqlarning , etnik birlikning turli

tiplari, ularning kelib chiqishi

(etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari,

moddiy va maʼnaviy taraqqiyot

darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro

tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini,

ularning oʻziga xos xususiyatlarini

oʻrganuvchi maxsus fan sohasi. E. hozirgi

etyaoslarning kelib chiqishi va

shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi,




urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy

xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan

bogʻliq holda oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib

ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik

jarayon, maishiy turmush va maʼnaviy

madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.

Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo

boʻlgan boʻlsada, lekin mustaqil fan

sifatida 19-asrning oʻrtalarida shakllanib

boʻldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning

oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer

ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida

va 1808 yilda maxsus jur.lar shu nom

bilan chiqa boshlagan. E. soʻzi mashhur

fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak

Amper taklifi bilan Parij antropologlari




kongressida alohida fan sifatida qabul

qilingan (1839).

E. dastlab faktik bilimlarni toʻplaydi, keyin

ularni tahlil etish orqali mohiyatini

tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi.

E. fani, boshqa fanlar singari oʻziga xos

maxsus tadqiqot usullari va maxsus

atamalarga ega. Uning uslubi muayyan

dunyoqarash va nazariyalar

(metodologiya) bilan bogʻliq boʻlib, oʻz

tadqiqotlarini ayrim fan sohalari

antropologiya, arxeologiya, lingvistika,

sotsiologiya, sanʼatshunoslik bilan

aloqador holda amalga oshiradi.

Mazkur fanlarning oʻzaro bogʻliqligi

tufayli keyingi yillarda qoʻshaloq ilmiy




sohalar ham yuzaga keldi, mas, etnik

antropologiya, paleoetnografiya,

etnolingvistika va boshqalar Hozirgi

davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng

miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda

oʻtkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar

yaxshi samara bermoqda. Natijada —

etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi

yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim

ahamiyatga ega. Bundan tashqari,

tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi

oʻsimliklarni ekib oʻstirish yoki yovvoyi

hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish

kabi oʻziga xos turmush xususiyatlariga

ega elatlarning xoʻjalik xususiyatlarini

anikdashda E. bilan hamkorlikda




etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi

sohalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Xalqlarni oʻrganishda E. fani nihoyatda

keng va xilmaxil manbalardan va

usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq

yashab, kuzatish yoʻli bilan oʻtkazilgan

tadqiqotlar eng samarali ekanligini

mashhur etnograflar (L.Morgan,

N.N.MikluxoMaklay, V.G. Bogoraz)

alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda,

ayrim mavsumlarda oʻtkaziladigan

tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli boʻlib,

hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul

deyiladi.

Dala ishlarida, asosan, axborotchidan

suhbat yoʻli bilan yozma yoki magnitofon




orqali maʼlumotlar toʻplash, muayyan

maishiymadaniy turmush hodisalari,

oilanikoh munosabatlari va marosimlari,

xalq sayillari va oʻyinlarini kuzatish,

ularda bevosita ishtirok qilish va ularni

jiddiy oʻrganish (yozish, chizish, rasmga

olish) kabi usullar qoʻllaniladi. Maʼnaviy

madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa,

ayrim urf-odat va marosimlar, xalq

oʻyinlari, ibodat, milliy raqslar) zamonaviy

texnika (foto, video va kinoapparaturalar)

vositalaridan keng foydalaniladi.

Oʻzbekistonda E. fani. Oʻzbekiston

hududida istiqomat qilgan qabila va

elatlar toʻgʻrisidagi eng qadimiy etn.

maʼlumotlar ilk yozma manbalarda,




yunon va rim mualliflari Gekatey, Strabon,

Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy,

sitsiliyalik Diodor, Pompey Trog, Tatsit

asarlarida uchraydi.

Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari

va ularning turmush tarzi, urf-odat va

marosimlari toʻgʻrisida qimmatli

maʼlumotlarni zardushtiylik dinining

muqaddas kitobi "Avesto"da ham koʻrish

mumkin. Miloddan avvalgi 6—1-asrlardan

arab istilosigacha Oʻrta Osiyo xalqlariga

tegishli maʼlumotlarni qadimiy

axomaniylar davriga oid qoya tosh

bitiklarida, parfiyoniy, sugʻdiy, xorazmiy,

baxtariy yozma yodgorliklarida, xitoy

sayohatnomalarida, sosoniylar Eronining




oʻrta forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida,

arman tilidagi manbalarda, qadimiy turkiy

yozma yodgorliklarda uchratamiz.

Ilk oʻrta asr (912-asrlar) mualliflari

geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh,

alBalxiy, Istaxriy, Ibn Havqal, Masʼudiy,

Yoqut Hamaviylar oʻz sayohatnomalarida

Sharq xalqlari E.si boʻyicha qimmatli

maʼlumotlar yozib qoldirganlar.

Xalq ogʻzaki ijodi namunalari boʻlgan

"DadaQoʻrqut", "Alpomish", "Manas",

"Goʻroʻgʻli" dostonlari tarixiy va etn.

jihatdan nihoyatda muhim manbalardir.

Muhammad Xorazmiyning "Surat alAarz",

Abu Rayhon Beruniyning "Qonuni

Masʼudiy", "Amudaryo tarixi"; Mahmud




Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk",

Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarlari

Oʻrta Osiyo, shu jumladan, Oʻzbekiston

shaharlari, ularning tarixi, tabiiygeografik

sharoiti, etnotoponimiyasi, ayrim shahar

va qishloqlar aholisining lingvistik va

etnik tarkibi, ijgimoiy-siyosiy hayoti,

maishiy turmushi va madaniyatining baʼzi

jihatlari, diniy eʼtiqodlariga oid noyob

maʼlumotlar mujassamlashganligi bilan

muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Amir Temur va uning vorislari hukmronlik

qilgan davrda yashagan saroy tarixchilari

va solnomachilari, jumladan, Hofizi

Abruning "Zubdat uttavorix" ("Tarixlar

qaymogʻi"), Nizomiddin Shomiy,




Abdurazzoq Samarqandiy, Husayn

Kubraviy, Ali Kushchi va boshqalarning

asarlarida shu davrga oid etn.

maʼlumotlarni uchratish mumkin.

Shuningdek, ispan elchisi Ryui Gonzales

de Klavixoning asarida, rus

solnomalarida, mashhur sayyoh Marko

Poloning sayohatnomasida ham muhim

maʼlumotlar jamlangan.

Boburnshtt "Boburnoma" asarida

Movarounnahr va qoʻshni mamlakatlarda

yashagan elatlarning etnik tarkibi va

tarixi, urf-odati va marosimlari

madaniyati va maishiy turmushi haqida,

Gulbadanbegimshsht "Humoyunnoma"

nomli tarixiybiografik asarida Toshkent




va Andijondan to Qashqar va Hind okeani

boʻylarigacha qanday shaharlar, viloyatlar

borligi, ularning aholisi haqida

maʼlumotlar keltirilgan.

Oʻrta asrlar ilmiy merosi boʻlgan Hofiz

Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma"

("Sharafnomai shohiy"), Maʼsud ibn

Koʻhistoniyning "Tarixi Abulxayrxoniy",

Kamoliddin Binoiyning "Shayboniynoma",

Fazlulloh Roʻzbehonning "Mehmonnomai

Buxoro", Abulgʻoziy Bahodirxonning

"Shajarayi turk" Kabi asarlarida qimmatli

tarixiyetn. maʼlumotlar bor.

16—17-asrlarda Buxoro, Xiva va Qoʻqon

xonliklarining vujudga kelishi va Rossiya

davlati bilan muntazam savdo va




diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi

natijasida rus elchilarining oʻzbek

xonliklariga qilgan safarlari jarayonida

toʻplagan materiallarida ham etn.

maʼlumotlar mavjud boʻlib, ular maʼlum

ilmiy qimmatga egadir.

Turkiston oʻlkasini jadal etn. oʻrganish

oʻlkani mustamlaka qilish maqsadi bilan

bogʻliq boʻlib, oʻzbek xalqi E.siga oid ilmiy

ahamiyatga ega materiallar toʻplash davri

19-asrdan boshlandi.

Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan,

oʻzbeklarni etn. jihatdan oʻrganish yoʻlida

1872 yil Moskvada ochilgan politexnika

koʻrgazmasi munosabati bilan

tayyorlangan "Turkiston albomi",




shuningdek, Rus geografiya jamiyatining

Turkiston boʻlimi, Tibbiyot, antropologiya

va etnografiya havaskorlari jamiyatining

Turkiston boʻlimi, Turkiston arxeologiya

havaskorlari toʻgaragi, Turkiston qishloq

xoʻjalik jamiyati, Xomutov toʻgaragi, Oʻrta

Osiyo olimlari jamiyati, Rus texnika

jamiyatining Turkiston boʻlimi,

Sharqshunoslik jamiyatining Toshkent

boʻlimining roli katta boʻldi.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida etn.

bilimlarning rivoji oʻlkada faoliyat

koʻrsatgan rus sharqshunos, tarixchi,

etnograf olimlari, sayyohlari va davlat

arboblari V.V.Radlov, V.V.Bartold,

M.S.Andreyev, A.A.Divayev, ʼ.L.Vyatkin,




N.P.Ostroumov, N.S.Likoshin,

N.G.Mallitskiy, erxotin Nalivkinlar,

I.I.Umnyakov, A.A. Semyonov,

Ye.}\.Polivanovlar nomi bilan bogʻliqdir.

Ular amalga oshirgan ishlar

mustamlakachilikka xizmat qilgan

boʻlsada, toʻplangan katta etn. materiallar

19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi

Turkiston hayot tarzini tavsiflashda

muhim ilmiy ahamiyatga ega.

1918 yilda Turkiston xalq universitetiyaa

oʻzbeklar E.si boʻyicha maxsus kurs

kiritilib, bu mavzu boʻyicha maʼruzalar

oʻqitila boshlandi.

1920—30 yillar Oʻzbekistonda E. ilmining

vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy




shakllanish davri boʻldi. 1930- yillar

oxirida mahalliy aholi orasidan yetishib

chiqqan mutaxassislar G.Alimov,

M.Bikjanova, A.Boltayev, Ya.Gʻulomov,

Sh.Inogʻomov, T.Mirtyosov, M.Saidjonov,

X.Husanboyev, K.Yusupov va boshqalar

Oʻzbekistonda muzey ishini yoʻlga qoʻyish

va rivojlantirishga, muzeylarda etn.

kolleksiyalarni koʻrgazmaga qoʻyishga

tayyorlash boʻyicha muhim ishlarni

amalga oshirishdi.

1943 yil 4 noyabrda OʻzFA Til, adabiyot va

tarix instituti asosida Tarix va arxeologiya

instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6

boʻlim, shu jumladan, akad. M.Andreyev

rahbarligidagi E. boʻlimi ham bor edi.




Boʻlim respublikada etn. tadqiqotlarning

yetakchi markazi boʻlib qoldi.

Xorazm arxeologiyaetnografiya

ekspeditsiyasining tashkil etilishi va

faoliyat olib borishi (rahbarlari S. Tolstov,

T.Jdanko) Oʻzbekistonda E. fanining

rivojlanishida muhim bosqich boʻldi.

Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida

qoraqalpoqlar E.sining maxsus

oʻrganilganligi, Qoraqalpogʻistonda etn.

fikrlarning shakllanishi uchun asos boʻldi.

1960—80 yillarda oʻzbek hamda

qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va

etnik tarixi boʻyicha faol tadqiqotlar olib

borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov,

O.Suxareva, T.K.Xojayov va boshqalar).




Oʻzbeklar etnik tarixini oʻrganish bevosita

akad. K.Shoniyozov nomi bilan bogʻliq.

Oʻzbekiston xalqlari folklori, Oʻzbekiston

dekorativ va amaliy sanʼatining turli

sohalari, xalq musiqasi, teatri, raqs

sanʼati, kiyimlari, anʼanaviy xalq taomlari,

kishilarning maʼnaviy va moddiy hayotini

oʻrganish etn. manbalardan biri sifatida

etnograflarning diqqat markazida boʻddi.

1960, ayniqsa, 1980- yillar Oʻzbekiston E.

fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga

nisbatan gʻoyat sermahsul, ayni vaqtda,

ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar E.ning

dolzarb masalalarini belgilash va ishlab

chiqishda, siyosiy sharoitga ogʻishmay va

soʻzsiz amal qilishda; monografik va




umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning

tahliliytanqidiy nuqtai nazardan oʻrganib

chiqilmaganligida; katta koʻlamdagi ilmiy

tekshirish ishlarining etnos xoʻjalik

amaliyoti va madaniy hayoti vazifalariga

mos kelmaganida namoyon boʻldi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilan

Respublikamizda E. fani yangi sifat

bosqichiga oʻtdi.

Oʻzbekiston E. fanining ilmiy tekshirish

uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish

ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi

tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik

yillarida oʻzbek xalqi anʼanaviy

madaniyatini oʻrganishda

"evropatsentrizm" nuqtai nazaridan




yondoshishga, qator ijtimoiy institut va

hodisalarga "oʻtmish sarqiti" deb

qarashga chek qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix

instituti faoliyatini takomillashtirish"

haqidagi qarori (1998 yil 27 iyul) tarix fani

va uning qismi E.ning vazifalarini

mazmunmohiyat jihatdan tubdan

oʻzgartirdi. Oʻzbek xalqining etnogenezi,

etnik tarix muammolarini, oʻzbek

etnomadaniy jarayonlarini yangicha

mushohada qilish, xolisona yoritish

imkoni paydo boʻlib, ushbu mavzu etn.

tadqiqotlarning yetakchi yoʻnalishlaridan

biriga aylandi. Bu yoʻnalishni tadqiq




etishda akad. K.Shoniyozovning asarlari

("Qarluq davlati va qarluqlar", 1999;

"Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni",

2001) muhim hissa boʻlib qoʻshiladi.

1990- yillarda K. Shoniyozovning ilmiy

rahbarligi ostida tarixiy E. muammolarini

(A.Ashirov, U.Abdullayev), Oʻzbekiston

aholisining maishiy turmoʻsh anʼanalarini

(S. Soatova, M.Oʻroqov, V.Haqliyev,

S.Sharipov) tadqiq qiluvchi olimlar guruhi

shakllandi. E. Fargʻona (Sh.Abdullayev,

S.Gubayeva), Buxoro (A.Jumayev,

M.Qurbonova), Surxondaryo,

Qashqadaryo viloyatlari(S.Tursunov,

A.Qayumov, O.Boʻriyev, Q.Nasriddinov)

hamda Qoraqalpogʻiston

Respublikasining (T.Yesbergenova,



R.Kamolov, N.Tleubergenov) mintaqaviy

oʻziga xosliklarining turli jihatlarini

yorituvchi tarixiyetn. va etn.sotsiologik

maxsus tadqiqotlari vujudga keddi.

Z.Orifxonova, G.Zunnunova,

M.Qamaritdinova kabi olimlarning

mahallaning oʻtmishi va bugunini, hozirda

oʻz-oʻzini boshqarish organi sifatida

amaliyotdagi ahamiyatini oʻrganishga

bagʻishlangan etn. ekspeditsiyalari,

etnosotsiologik tadqiqotlari natijalari

asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy

oʻquv yurtlari uchun E. fanidan maxsus

darslik (I.Jabborov "Oʻzbek xalqi

etnografiyasi", T., 1994), oʻqitish uslubi

qoʻllanmalari (O.Boʻriyev, B.Ishoqov),




etnologiya atamalari lugʻati (O.Boʻriyev)

chop etildi.

Oʻzbekistonda E. fanining shakllanishi,

rivoji dinamikasi, tarixshunosligi

muammolari maxsus tadqiqot mavzusi

boʻldi (A.Doniyorov va D.Hoshimova).

Bugungi kunda mamlakatimiz ilmiy

muassasalarida E. fanining dolzarb

muammolari tadqiq qilinmoqda. 2000—

2001 yillarda Termiz va Qarshida etn.

tadqiqotlar markazi tashkil etildi.

Oʻzbekiston FA Tarix instituti etnologiya

boʻlimi bu tadqiqotlar yoʻnalishini

belgilash va muvofiqlashtirish vazifasini

bajarib kelmoqda.



Jabborov I., Oʻzbekxalqi etnografiyasi,

T., 1994; Shoniyozov K.,

Oʻzbekxalqining shakllanish jarayoni,

T., 2001; Doniyorov A. X., Oʻzbekiston

etnografiyasi tarixidan ayrim lavhalar,

T., 2003; Doniyorov A.X., Mustaqil

Oʻzbekiston etnografiyasi

tarixshunosligining ayrim masalalari,

T., 2003; Oʻzbekiston etnologiyasi:

yangicha qarashlar va yondashuvlar, T.,

2004.

Adabiyot




Download 90,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish