Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossala-
ri
Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossalari.
Elektromagnit to’lqinlar. Elektromagnit maydonning
davriy ravishda o’zgarib turib tarqalishi elektromag-
nit to’lqin deyiladi. Elektromagnit to’lqinni uning
tarqalish yo’nalishida ikkita o’zaro perpendikulyar
tekisliklarda yotgan ikkita sinusoida orqali ifodalash
mumkin. Bu sinusoidalardan biri elektr kuchlanganlik
vektori E ning, 8 ikkinchisi esa magnit kuchlanganlik
vektori H ning tebranishlarini tasvirlaydi. Bo’shliq-
da ikkala vektorning tebranish amplitudalari miqdor
jihatdan bir – biriga teng bo’ladi; ikkala vektor bir
xil fazada tebranadi. To’lqin tarqalayotgan yo’na-
lishni parma qoidasidan foydalanib topish mumkin:
agar parmaning dastasini E vektordan H vektorga
qarab burasak, u holda parmaning ilgarilanma hara-
kati yo’nalishi to’lqin tarqalayotgan yo’nalishni
ko’rsatadi. Elektromagnit to’lqin bilan birgalikda
elektromagnit maydonni xarakterlovchi yana bir fi-
zik kattalik – energiya ham tarqaladi. Birlik hajmdagi
elektromagnit maydon energiyasi zichligi quyidagi
munosabat yordamida aniqlanadi: W = e 0 m0 e m E ×
H Elektromagnit to’lqinlarning xossalari.Elektro-
magni to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligini
ta’kidlab o’tdik. Ular vakuumda, yorug’likning vaku-
umdagi tezligiga teng c=3∙108m/s tezlik bilan hara-
katalanadi. Elektromagnit to’lqinlarning tezligi,
to’lqin uzunligi muhitining xususiyatlariga bog’liq.
Elektromagnit to’lqinning chastotasi esa barcha mu-
hitlar uchun bir xil kattalikdir. Shuningdek,
yorug’lik to’lqinlari kabi to`siqdan qaytadi, muhitlar
chegarasida sinadi, interferensiyasiga kirishadi.
Boshqacha qilib aytganda, elektromagnit to’lqinlar-
ning barcha xossalari yorug’likning xossalariga
o’xshab ketadi. Demak, bundan shunday xulosa kelib
chiqadiki: yorug’lik nuri elektromagnit to’lqinlardan
iboratdir. Keyingi tajribalar shuni ko’rsatadiki, faqat
yorug’lik nuri emas, balki unfraqizil, ultrabinafsha,
rentgen va gamma nurlari ham elektromagnit tabi-
atga egadir. Monoxromatik tebranishlar va to’lqin-
lar. Monoxromatik to’lqin deganda,to’lqin uzunligi
,faza va amplitudasi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi-
gan to’lqin tushuniladi.To’lqin sirti yassi tekislikdan
iborat bo’lgan 9 to’lqinga yassi to’lqin deyiladi,Ixti-
yoriy tanlab olingan o’q bo’ylab tarqalayotgan
to’lqinni yassi to’lqin deyish mumkin.Barcha nuqta-
larida xossalari bir xil bo’lgan muhit bir jinsli muhit
hisoblanadi. X o’qi bo’ylab tarqalayotgan monoxro-
matik yoki garmonik to’lqin formulasi quyidagi ko’ri-
nishga ega : U=Acos[ . Bu yerda A- to’lqinning haqiqiy
amplitudasi, u- tarqalayotgan to’lqin kattaligi, -
siklik chastota. x yo’nalish bo’ylab v tezlik bilan tar-
qalayotgan to’lqinni s = f(t- ) (6) munosabat bilan
tavsiflash mumkin. x ning qiymati o’zgartirilmasa,
u holda f funksiyaning ko’rinishi g’alayonni, masalan,
elektr yoki magnit maydoni kuchlanganligini harak-
terlovchi s kattalik- ning vaqt o’tishi bilan qanday
qonun bo’yicha o’zgarishin ko’rsatadi. Oldin aytib
o’tilganidek,funksiyaning ko’rinishi ixtiyoriy bo’lishi
mumkin. Yassi monoxromatik to’lqinlar superpozitsi-
yasining dolzarbligi. Odatda monoxromatik to’lqin
deyilganda to’lqin uzunligi,faza va vaqt bo’yicha
o’zgarmaydigan to’lqin tushuniladi.To’lqin sirti yassi
tekislikdan iborat bo’lgan to’lqinga yassi to’lqin de-
yiladi.Ixtiyoriy tanlab olingan o’q bo’ylab tarqalayot-
gan to’lqinni yassi to’lqin deyish mumkin.Barcha
nuqtalarda xossalari bir xil bo’lgan muhit bir jinsli
muhit hisoblanadi.Ana shunday bir jinsli muhitda ix-
tiyoriy yo’nalishda tarqalayotgan yassi monoxroma-
tik to’lqinni ko’raylik. X o’qi bo’yicha tarqalayotgan
yassi monxromatik yoki garmonik to’lqin formulasi
quyidagi ko’rinishga ega: U=Acos[w(t- + Bu yerda A-
-to’lqinning haqiqiy amplitudasi,u tarqalayotgan
to’lqin kattaligi,ya’ni to’lqinning muvozanat vazi-
yatiga nisbatan siljishi,w-siklik chastota =[w(t- )+ ]
to’lqin fazasi.Yassi monoromatik to’lqinning fazasi
o’zgarmas bo’lishi uchun( t- )=const bo’lishi yetarli-
dir. Fazasi shunday bo’lgan yassi monoxromatik
to’lqinga teng fazali yassi monoxromatik to’lqin
deyiladi.Bu shartdan vaqt bop’yicha xosila olinsa,
xosil bo’ladi.Bundan ning tezlik ma’nosiga ega ekanli-
gi kelib chiqadi. 10 Yassi monoxromatik to’lqinlar su-
perpazitsiyasini ko’rish uchun x o’qi bo’ylab tarqala-
yotgan chastotalar va to’lqin vektorlarining moduli
mos ravishda v, hamda k , bo’lgan ikki monoxromatik
yoki garmonik to’lqinlar olinadi. Yorug’lik fazaviy va
guruhiy tezliklarga ega bo’lsa,yorug’lik tezligini
o’lchashga oid tajribalarda yorug’likning qaysi tezligi
o’lchanadi degan savol tug’iladi. Yorug’lik tezligini
o’lchashga doir barcha tajribalarning tahlili shuni
ko’rsatadi, Bu tajribalarning hech qaysi birida
yorug’likning fazaviy tezligini o’lchab bo’lmaydi,balki
uning guruhiy tezligi aniqlanadi.Agar yorug’lik har
qanday to’lqinlar ning cheklangan qatori deb qaral-
sa,bunday qatorni yassi monoxromatik to’lqinlar,ya’ni
yassi garmonik to’lqinlarning qo’shilishi (superpo-
zitsiyasi) natijasi deb qarash mumkin bo’ladi.Bundan
esa har qanday to’lqinlarning cheklangan qatorini
to’lqin paket deb qarash mumkinligi kelib chiqa-
di.Ma’lumki to’lqin paketda,odatda, to’lqinlarning
guruhiy tezligi o’lchanadi.Yorug’lik aberatsiyasi yor-
damida yorug’lik tezligini o’lchash metodini analiz
qilgan Erenfest bu metoddda ham yorug’likning faza-
viy tezligi aniqlanganligini ko’rsatib berdi. Lekin ba’zi
fazoviy cheklangan to’lqinlarning ya’ni to’lqin pa-
ketlarni dispersiyaga ega muhitda tarqalishida
to’lqinning fazaviy tezlik tushunchasi o’z ma’nosini
yo’qotadi.Chunki bu holda to’lqinning bitta fazasi
emas, balki haddan tashqari ko’p garmonik to’lqinlar-
ning fazalari bilan ish ko’riladi.Bunda har bir faza o’z
tezligi bilan ana shu muhitda tarqaladi.Demak,biror
to’lqinning fazaviy tezligi o’z nomidan kelib chiqqan
holda uning ma’lum fazasining ko’chish tezligini
ko’rsatadi va u fazoda cheklangan to’lqinlar qatori
frontining harakat tezligi yoki to’lqinlar energi-
yasining harakat tezligi bilan bog’liq bo’lmaydi.Real
holda bunday tezlik mavjud emas,har qanday to’lqin-
da guruhiy tezlik mavjud bo’ladi va uni tajribada
o’lchash imkoniyati mavjuddir.Yassi monoxromatik
to;lqinlar superpozitsiyasi to’lqin –zarra dualizmi
kashf etilganidan so’ng katta ahamiyat kasb eta
boshladi.Ular asosida tabiatda mavjud zarralarning
to’lqin xususiyatlari tushuntirib berila boshlan-
di.Shuning uchun yassi monoxromatik to’lqinlar su-
perpozitsiyasini o’rganish dolzarb mavzu bo’lib qoldi
Do'stlaringiz bilan baham: |