Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish



Download 24,03 Kb.
bet1/5
Sana29.12.2021
Hajmi24,03 Kb.
#83064
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ekohuquq.M.I.


Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi

Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushiniladi.

Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon va qarori, maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari yig`indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.

Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi uchun ham ularni qquyidagicha tasniflash mumkin.

1.Yuridik kuchi bo`yicha manbalarni qonunlar va qonun osti me`yoriy hujjatlarga bo`linadi;

2.Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo`nalishlari bo`yicha:

-tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi;

-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi;

-aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash qonunchiligi.

3.Munosabatlarni tartibga solish prеdmеti bo`yicha:

-umumiy va maxsus ekologik qonunchilig hujjatlari.

4.Huquqiy tartibga solish holati bo`yicha moddiy va protsеssual ahamiyatidagi qonunchilik xujjatlari;

5.Qonunchilik xujjatlarining tizimi qo`llanilish doirasi bo`yicha oddiy kodifikatsiyalangan manbalar;

6.Qonunchilik hujjatlarining qo`llanilish doirasi bo`yicha:

-hududiy-mintaqaviy

-rеspublika miqyosida

-xalqaro miqyosidagi manbalar va hokazolar.

Dеmak ekologiya huquqining manbalari ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonunlar va jamiyat qonunchilik hujjatlarini mujassamlashtirgan holda tartibga soladi.Bu esa o`z navbatda ekologik qonunchilik hujjatlarini hajmining ko`payishiga olib kеladi.

Еkologiya huquqining manbalari atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bilan bog`liq jarayonlarda paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari tizimidan iboratdir.

Ekologik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo`lib,o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra biz ularni o`rganishni oson bo`lishi uchun uch asosiy qismga bo`lib o`rganamiz:

1.Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari.

2.Ekologiya sohasidagi O`zbyokiston Rеspublikasining qonunlari tizimi.

3.Ekologiya sohasidagi qonun osti mе'yoriy hujjatlar tizimi.

Ekologiya huquqining asosiy manbasi bo`lib, Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi.

Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar ekologik huquqlari, burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar.

Asosiy qonunimizning 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekologik huquqiy qoida-talablar mustahkamlangandir.

Asosiy qonunimizning XXI bobida mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy holati belgilangan. Ushbu bobning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy yo’nalishi sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish kabi mas’uliyati etirof etilgan.

Ushbu konstitusiyaviy tamoyillar asosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun, farmon, qaror, nizomlar kabi me`yoriy – huquqiy hujjatlar qabul qilinadi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida-talablari va tamoyillari asosida atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.

Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilansa ushbu konstitutsiyon qoidalarga mos ravishda qabul qilinadigan qonunlarda atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning talablari, mexanizmi mustahkamlandi.

O`zbekiston Respublikasining qonunlari ekologik munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qiligan bo`lib, ekologiya huquqining maxsus manbasi sifatida e’tirof etiladi.

Tabiyat-jamiyat tizimidagi o`zaro ta`sirlar, ya`ni ekologik ijtimoiy munosabatlarning doirasi keng va murakkab bo`lib, ularni tartibga solish jarayonida jamiyat va davlat hayotining barcha vositalaridan foydalanadi, ya`ni nafaqqat ekologiya huquqining maxsus qoida talablaridan muvofiqlashtirgan holda qo`llaniladi.

Ekologik huquqiy mexanizmini ta’minlashda turli huquq sohalarining quyidagi me’yoriy hujjatlari ham ekologiya huquqining manbasi sifatida qaraladi:

1. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi;

2. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;

3. O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;

4. O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqalar.

Ekologiya huquqining manbalari tizimida qonun osti me’yoriy hujjatlarning tutgan o`rni beqiyosdir. Hammamizga ma’lumki, konstitutsiyaviy tamoyillar va O`zbekiston Respublikasining qonunlarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ekologik havfsizlikni ta’minlashning umumiy va maxsus qoida-talablari belgilanadi, mavjud ekologik munosabatlar tartibga solinadi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, amaldagi aksariyat qonunlarimiz o`zgaruvchan, turli tabiiy hududlarimizning o`ziga xos xususiyatlarini belgilashni iloji yo’q. Mana shunday sharoitda qonunlarda mustahkamlangan qoida talablarni mahalliy tabiiy hududlarda qo`llashda, ekologik muammolarini hal qillishda qonun osti me’yoriy hujjatlaridan foydalanadi.

5. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasida, yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir deb qayd etilgan. O`zbekistonning asosiy qonuni tabiiy rеsurslarga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni umummilliy boylik deb tan olish yo’li bilan hal etgan.Tabiiy rеsurslar boshqa mol-mulk kabi O`zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishning moddiy asosidir.

O`zbekiston Respublikasi huquqidagi , yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, havo havzasiga nisbatan mulk huquqi O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi Yer kodeksida va tabiiy resurslar to`g`risidagi boshqa qonunlarda belgilangan.

O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tabiiy rеsurslar asosan davlat mulki hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, havo havzasi bo`shlig`I respublika mulki hisoblanadi.

Tabiiy rеsurslarga nisbatan mulkchilik masalasi Yer kodeksining 16- va 18-moddalarida, yer osti boyliklari to`g`risidagi, Suv va suvdan foydalanish to`g`risidagi, “O`simlik dunyosini muxofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi, Hayvonot dunyosini muxofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonunlarning 3- moddasida, “O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida”gi qonunning 19- moddasida mustahkamlangan.

O`zbekistonda faqat ayrim hollarda, ya`ni Yer kodeksining 18- voddasida ko`zda tutilgan yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo`lishi mumkin.

Tabiiy ob`ekt bir vaqtning o`zida ham tabiiy ob`ekt, ham mulk bo`lib qolaveradi va uni atrof muhitdan ajratib bo`lmaydi. Ekologik bog`liqlikning bunday yo’qotilishi tabiiy zahiralarga nisbatan mulkchilikning to`xtatilishiga va qonuniy asoslar bo`lganda moddiy va ashyoviy boyliklarga nisbatan mulkchilik huquqining vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Ammo bunda faqat qonuniy ravishda foydalanish jarayonida tabiiy resurs atrof tabiiy muhitdan chiqarilib olinsa, u foydalanuvchining mulki hisoblanadi. Masalan, “hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi qonunning 16- moddasida foydalanuvchilar tutib olingan hayvonot dunyosi ob`ektlariga nisbatan mulk huquqiga egadirlar. Bunda, usbu qonunning 3-moddasiga asosan davlat mulki bo`lgan ob`ekt foydalanish jarayonida xususiy mulkka aylanadi.

O`zbekiston Respublikasining Er kodeksining 28-moddalarida shunday deyiladi: “O`zbekiston Respublikasida erdan foydalanganlik uchun haq to`lanadi. O`z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq to`laydilar. Er uchun haq har yili to`lanadigan yer solig`i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta`minlanish darajasiga qarab belgilanadi.

Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy boyliklar-tabiatning asosiy ob`ektlari-asosan davlat mulkini tashkil etadi.

Yer, yer osti boyliklari, suv va havo kengliklariga, o’simlik va hayvonot dunyosiga nisbatan yagona mulkchilik huquqi tabiiy ob`ektlarni davlatdan ajratib bo`lmasligi shart qilib qo`yiladi. Bu ob`ektlarning belgilangan narxi, bahosi yuq, shu sababli mahsulot yoki pul shaklidagi ekvivalenti mavjud emas.Qonunlarda ularni sotib olish yoki sotib yuborish mumkin emas.

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214 moddasi tabiiy resurslarni davlat ommaviy mulki deb tan olgan. Shu bilan birga mazkur moddada ular respublika mulki ob`ektlari sifatida ko`zda tutilgan. Shuning uchun ham tabiiy resurslarga mulk huquqining sub`ekti davlatdir.

Yer uchastkalariga bo`lgan mulk huquqining sub`ektlari bo`lib, yer va boshqa ko`chmas mulkdan maxsus yunalishda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin.

Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining ob`ektlari tabiiy resurslar hisoblanadi.





Download 24,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish