Bugunda Hindistonning iqtisodi rivojlanish tezligi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi. Sotib olish qobilyati bo’yicha Hindiston 2005 yilda dunyoda 4 o’rinni egalladi. Savdo va iqtisodning rivojlanishi uchun mamlakat ichida tobora qulay sharoitlar yaratilyapti. Malakatda juda qobilyatli, sifatli, ingliz tilida so’zlashuvchi ish kuchi mavjud. Hukumat tomonidan iqtisodni liberallashtirishga va dunyo iqtisodi bilan birlashishga qaratilgan siyosat o’z natijasini beryapti. 10 chi 5 yillik rejaga ko’ra Hindiston iqtisodi 2008-2013 yillarda 8% yillik o’sishni ko’rsatishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |