Do`konga birinchi hafta 3 turdagi tovar keltirildi: muzlatkich, televizor va kir yuvish mashinalari. Quyidagi



Download 69,42 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi69,42 Kb.
#561434
  1   2

1.4. Matrisalar ustida amallarga keladigan iqtisodiy masalalar
6. Do`konga birinchi hafta 3 turdagi tovar keltirildi: muzlatkich, televizor va kir yuvish mashinalari. Quyidagi
X1 = (10; 12; 8)
vektor 10 ta muzlatkich, 12 ta televizor va 8 ta kir yuvish mashinalari keltirilganligini bildiradi. Agar 2-hafta bu tovarlar quyidagi
X2 = (5; 8; 10)
miqdorda keltirilgan bo`lsa, umumiy tovarlar miqdorini aniqlang.


Yechish. Matritsalarni qo`shish qoidasiga asosan umumiy miqdor quyidagiga teng bo`ladi:
X1 +X2 = (10; 12; 8) + (5; 8; 10) = (15; 20; 18).
7. 2.4. masala shartidagi do`konlar soni ikkita bo`lsin, u holda tovarlarni keltirishni ikkata satr va uchta ustunli matritsa yordamida ifodalash mumkin. Birinchi satr 1-do`konga, ikkinchisi 2-do`konga keltirilgan mahsulotlar miqdori. Tovarlarning ikkita do`konga birinchi marta olib kelinishi quyidagi matritsa bilan, ikkinchi marta olib kelinishi esa matritsa bilan berilgan bo`lsa, keltirilgan ja`mi tovarlar miqdorini aniqlang.
8. Tarmoqdagi m ta zavod n turdagi mahsulot ishlab chiqaradi. Amxn matritsa – har bir zavodning birinchi kvartalda beradigan mahsulot hajmi, Bmxn matritsa esa zavodlarning ikkinchi kvartalda beradigan mahsulot hajmi. (aij; bij) – i - zavodning j - turdagi mahsulotdan ishlab chiqarish hajmi. Quyidagilarni aniqlang:

  1. ikkala kvartaldagi mahsulot hajmi;

  2. ikkinchi va birinchi kvartalda har zavodlar ishlab chiqargan tovarlar hajmi orasidagi farq;

  3. agar bir birlik mahsulotning qiymati  bo`lsa, yarim yillikda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini toping.



9. Bozordan 4 hafta davomida xarid qilingan 3 xil mahsulot; go`sht, guruch, yog` miqdori A matritsa va ularning narxlari esa B matritsa bilan berilgan.

To`rt hafta davomida bu mahsulotlarni sotib olish uchun sarflanadigan xarajatni aniqlang.
Yechish.

matritsalarni qaraymiz, – -haftada - turdagi xarid qilingan mahsulotning miqdori, esa - turdagi mahsulotning narxi. A va B matritsalarni ko`paytirishdan hosil bo`lgan C matritsa elementlari esa - haftada qilingan xarajatni anglatadi. Umumiy xarajat esa ga teng bo`ladi. Demak,
=
Demak, mos ravishda 1, 2, 3, 4 - haftalarda qilinadigan xarajatlar C matritsaning elementlari shaklida hosil bo`ldi. Umumiy xarajat esa 4400+5400+6800+5400 = 22000 ga teng.
10. Zavoddan yangi ishlab chiqarilgan dvigatellarning 40 %i qayta ta`mirlashga beriladi, qolgani foydalanishga chiqarib yuboriladi. Statistik ma`lumotlarga qaraganda ta`mirlangan dvigatellarning 65 %i yana qayta ta`mirlashga qaytariladi va 35%i yaxshi ishlab ketadi. Qayta ta’mirlashni talab qilmagan dvigatellarning 20%i 1 oydan keyin qayta ta`mirlashni talab qiladi. Qolgani esa yaxshi ishlab ketadi. 2 oydan keyin yaxshi ishlab ketadigan va qayta ta’mirlash kerak bo`lgan dvigatellar qismini aniqlang. Masala sharti xuddi shu tarzda davom etsa 3 oydan keyingisini ham aniqlang.
Yechish. Ishlab chiqarilgandan keyin barcha dvigatellarning 0,6 qismi yaxshi ishlaydi, 0,4 qismi esa qayta ta`mirlashni talab qiladi. Bir oydan keyin yaxshi ishlab ketadigan dvigatellar ulushi 0,6Ч0,8+0,4Ч0,35 = 0,62 ni, qayta ta’mirlanishi kerak bo`lgan dvigatellar ulushi esa 0,6Ч0,2+0,4Ч0,65 = 0,38 ni tashkil etadi. t–holatdagi aniqlikni beruvchi Xt qatorni kiritamiz. Xt = ( x1t;x2t), bunda x1t t - momentdagi yaxshi ishlab ketadigan dvigatellar ulushi. x2t - t momentdagi qayta ta`mirlanishi kerak bo`lgan dvigatellar ulushi. Quyidagi matritsani qaraymiz;

bunda aij – dvigatellar ulushi, i – dvigatellar holati (ishlab ketishi yoki yo`qligi: 1- yaxshi ishlab ketadi, 2- ta`mirlash kerak), j - bir oydan keyingi holati. Ko`rinib turibdiki, matritsaning qatoridagi elementlari yig`indisi 1 ga teng bo`lishi kerak va barcha elementlar nomanfiy.
;
bir oydan keyin
X1 = X0A = = ;
ikki oydan keyin
X2 = X1×A = X0×A2 = × × = = × =(0,629 ; 0,371),


X3 = X2×A = X0A3 = . Umumiy holda Xt = X0×At formula o`rinli.
Matritsani transponirlash – A matritsadan satrlari va ustunlari o`rni almashgan A׳ matritsaga o`tishdir. A ׳ matritsa A matritsaga nisbatan transponirlangan deyiladi.
Ta’rifdan kelib chiqadiki, agar A matritsani o`lchami m n bo`lsa, u holda transponirlangan matritsaning o`lchami n m  bo`ladi.

Download 69,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish