Biologiya
."Dengiz karami" qanday belgilari bilan karamdan farq
qiladi?
1) hujayrasi selluloza qobig‘iga ega;
2) vegetativ organlarga ega;
3) fotosintez jarayoni xlorofill ishtirokida sodir bo‘ladi;
4)sporalar orqali jinssiz ko‘payadi;
5) tuban o‘simlik;
6) urug‘ orqali jinsiy ko‘payadi
A) 4, 5 В) 1 ,2 С) 2, 5 D) 3, 6
2. AaBbCCDdFfGg genotipli (I) va aaBbCcDDffGG
genotipli (II) organizm necha xil gameta hosil qiladi?
A) I - 8; II - 4 В) I - 32; II - 4
С) I - 16; II – 8 D) I - 8; II – 2
3. Venoz qon qayerda arterial qonga aylanadi?
A) kichik qon aylanish doirasida
B) katta qon aylanish doirasida
C) o‘pka venalarida
D) o‘pkaga boradigan bronxial arteriya qon tomirlarida
4. Vegetativ nerv sistemasi qaysi organlar ishini
boshqaradi?
A) nafas olish, qon aylanish, skelet muskullari
B) endokrin bezlar, sezgi organlari
C) ovqat, hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon
aylanish, endokrin bezlar
D) ichki organlar, skelet muskullar
5. ... tiriklikning tuzilish darajalarini tashkil qilmaydi.
1) molekula; 2) atom; 3) hujayra; 4) turkum; 5)
to‘qima; 6) sinf; 7) biosfera; 8) biogeosenoz; 9) avlod;
A) 2, 4, 6, 9 B) 1, 3, 5, 7, 8 C) 1, 2, 3, 4 D) 5, 6, 7, 9
6. Toshbaqa va pingvinlarda gastrulatsiyaning qaysi
turi sodir bo‘ladi?
A) botib kirish B) o‘sib kirish
C) qat- qat joylashuv D) hujayralar migratsiyasi
7. Turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan
qonuniyatlarni ochishga imkon beradigan biologiyaning
ilmiy-tadqiqot metodi?
A) taqqoslash; B) tarixiy;
C) kuzatish; D) sentrofugalash;
8. Baliqlarning jabralari... (1) qismlardan iborat bo‘lib,
gaz almashinuvi ... (2) qismida sodir bo‘ladi. a) jabra
ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra
qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra
qilchalaridagi kapillarlar
A) 1-a,d,e; 2-e,f B) 2-a,b,c,d; 2-a,f
C) 1-a,b,c,d; 2-e D) 1-a,b,d; 2-c,f
9. Bo‘shliqichlilarning otuvchi hujayrasining tuzilishi?
A) kapsula, muskul, tukcha;
B) otuvchi tola, qisqaruvchi vakuola, yirik yadro;
C) otuvchi tola, otuvchi kapsula, sezuvchi tukcha;
D) teri, otyuvchi tola, muskul, Vakuola
10. Ilk bor moluskalarda paydo bo‘lgan belgilarni
ko‘rsating? 1) ochiq qon aylanish sistemasi 2) yopiq
qon aylanish sistemasi 3) yurak 4) so‘lak bezlari 5)
jigar 6) buyrak 7) nafas olish organi 8) sezgi organlari
9) tashqi urug‘lanish
A) 1,3,4,5,6,8 B) 2,3,4,5,6,9
C) 1,3,4,5,6,7 D) 1,3,4,5,6,9
11. Dorivor o‘simliklarni belgilang
1. Zubturum 2. Bo‘znoch 3. Bo‘yimodoron 4.
Qirqbo‘gim 5. Funariya yo‘sini 6. Qarag‘ay 7.
Sachratqi 8. Qo‘noq
A)1,2,3,4,6,7 B)1,2,3,7
C)1,2,7 D)1,2,3,8,5
12. Nastarin o‘simligi uchun xos xususiyatlarni
ko‘rsating. 1) Bargi poyada navbat bilan joylashgan 2)
bargi poyada qarama-qarshi joylashgan 3) guli qiyshiq
4) guli to‘g‘ri 5) bargi erta sarg‘ayadi 6) bargi uzoq
vaqtgacha yashil rangini saqlaydi 7) buta 8) yarim buta
A) 1,3,6,8 B) 2,3,6,7
C) 1,3,6,7 D) 2,3,6,8
13. Bitta probirkaga 1-2 ml amilaza fermenti shirasidan
va 1-2 ml kraxmal eritmasini qo‘shib va bir necha
daqiqadan keyin 1 tomchi yod tomizilsa probirkadagi
suyuqlik qanday rangda bo‘ladi?
A) ko‘k; B) yashil; C) oq; D) sariq;
14. DNK molekulasida jami 598 ta fosfodiefir bog'i
mavjud bo'lsa, ushbu DNK bo'lagi asosida sintezlangan
oqsil tarkibidagi aminokislotalar
sonini toping.
A. 200 B. 100 C. 199 D. 86
15.Hujayrada 1080 g glyukozaning anaerob sharoitda
parchalanishidan hosil bo'lgan energiyaning qancha
miqdori (kj) issiqlik ko'rinishida ajraladi?
A. 720 B. 1160 C. 480 D.1200
Do'stlaringiz bilan baham: |