Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari



Download 51 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi51 Kb.

Aim.uz

Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari

Mehnat qurollarining takomillashishi natijasida yerga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo'lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo'jaligi va hunarmandchilikningtez o'sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo'g'ib, lo'g'onlar qurib, kanallar qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O'rgatilgan ishchi hayvonlari qo'shilgan temir tishli omochlar bilan yer haydashning o'zlashtirilishi hosildorlik oshishini, ko'proq mahsulotlar ye-tishtirishni ta'minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan ko'payib bordi.

Urug'chilik munosabatlari ham o'zgarib boradi. Ikki urug' a'zolaridan tashkil topgan er-xotin - juft oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug' jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug' jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug1 jamoasining umumiy xo'jaligi oilalar jamoasiga bo'linadi, Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi.

Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o'zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo'lgan. Urug' - qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig'i hisoblangan. Oqsoqollar kengashi qo'lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo'lib, u jamoa faoliyatiga oid barcha masalalarni hal qilgan. Mo'tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa a'zolari uchun majburiy hisoblangan.

Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o'z xususiy mulkiga ega bo'lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o'z navbatida mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik, avvalo, jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo'tabar shaxslar qo'lida to'plana boshladi. Ular yerning hosildor qismini egalladilar, ko'plab chorva mollariga ega bo'ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari, urug' va qabiia ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga yetishtirgan hosillarining, chorva mollarming bir qismini berishga majbur bo'lgan. Oqsoqollar o'z iste'molidan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar.

Qabilalar o'rtasida yaxshi yer va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun urushlar kelib chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik qilish uchun o'z harbiy yo'lboshchilarini saylaganlar. Urushda qoMga kiritilgan o'ljaning ko'p qismi yo'lboshchiga hamda oqsoqolga bcrilgan. Shu tariqa, oqsoqollar va yo'lboshchilar jamiyatda alohida, ustun mavqega ega bo'lib, ularni zodagonlar deb atashgan. Keyinchalik, zodagonlar o'z o'g'iilariga nafaqat boyligini, mulkini, shuningdek, o'z lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. Zodagonlar jamoa, urug' va qabilalar ustidan o'z hukmronligini o'rnatganlar.



Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo'lishi asta-sekin ortiqcha mahsulotlarni ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib chiqaradi. Jamoa a'zolari ishlab chiqarishning o'zlariga qulay sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik mustaqil xo'jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug'ullanadilar. Ular o'rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlanni o'zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa, o'z navbatida, savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz bcradi, dastlabki shaharlar paydo bo'ladi.


Aim.uz


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat