Davlat krediti. Ushbu kreditning asosiy belgilaridan biri kreditni berish yoki olish jarayonida davlat bevosita ishtirok etadi. Ko’pchilik hollarda esa davlat kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar berdi. Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning sub’ektlari sifatida davlat nomidan markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari maydon-ga chiqsa, ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Davlat kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda ko’pchilik hollarda davlatbyudjeti taqchilligini qoplash yoki yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida o’z nomidan qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqaradi.
Davlat byudjetining taqchilligini qoplashda davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar kreditor sifatida namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalari ham mavjud bo’lib. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish; muomalaga qo’shimcha pullarni (xazina biletlarini) emissiya qilish;
Markaziy bankdan kredit qarzlarini olish; Halqaro kredit va moliyaviy yordam so’rash;
Davlatning qimmatli – qog’ozlarini muomalaga chiqarish. Davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holatda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq bazasini kamaytirib ko’rsatish, ikkilamchi buxgalteriyani yuritish hamda xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga moyillik tug’iladi. Natijada, mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi va aholining turmush farovonligini ta’minlashda salbiy holatlar yuz beradi. Muomalaga qo’shimcha pullarni chiqarish hisobiga davlat byudjeti taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni, pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday xolatda milliy valyutaning sotib olish qobiliyati pasayadi va inflyatsiya darajasining ortishiga sabab bo’ladi. Markaziy bankning krediti davlat byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalariga nisbatan bir muncha samaraliroq hisoblanadi, lekin Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar asosan 3 oy muddatga berilib, ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas.