Davlat budjetining daromadlari
Davlat budjctiga kclib tushgan mablag‘laming to‘g ‘ri va o ‘z vaqtida
kirim qilinishini ta’minlash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining xos raqami va soliq to'lovchining identifikatsiya
raqami bilan Markaziy bankning Toshkent shahar va hududiy Bosh
boshqarmalarining hisob-kitob kassa markazlarida hamda tijorat
banklarida 23402-«Respublika budjetining mablag‘lari» hisobvarag‘i
budjet daromadlari tasnifiga asosan ochiladi. Davlat budjetiga tushgan
umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy toMovlar
0 ‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan qabul qilinadi
va belgilangan tartibda 23402-«Respublika budjetining mablag‘lari»
hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan davlat budjetiga, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga to‘lanadigan soliq va
boshqa to‘lovlar, to‘lov summasidan qat’iy nazar pul o‘tkazish yo‘li
bilan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar soliq va boshqa toMovlami
naqd pul yoki pul o'tkazish orqali amalga oshirishi mumkin. Budjetga
to‘lanadigan soliq va boshqa to‘lovlar vakolatli organlar tomonidan
o'matilgan tartibda naqd pul shaklida qabul qilinishi va banklarga
topshirilishi mumkin.
Davlat budjetining 23402-«Respublika budjetining mablagMari»
hisobvarag‘iga kclib tushgan soliq va boshqa toMovlar hisobidan tegishli
me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda va miqdorda respublika
budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy
budjetlarga ajratma qilinadi.
Davlat budjetiga soliq va boshqa to'lovlarni to‘lash maqsadida
taqdim etilgan to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi va to‘lov
to‘g‘ri amalga oshirilayotganligi bank tomonidan tekshirilgandan keyinto‘lovga qabul qilinadi. Banklarga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari
noto‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa, ulaming sabablari ko‘rsatilgan holda to‘lov
hujjatlari taqdim etuvchilarga qaytariladi.
Soliq to'lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarida
mablag‘lari yctarli boMmasa, banklarga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari
2-sonli kartotekaga qabul qilinadi va to'lovlar 0 ‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida 1999-yil 30-yanvarda ro‘yxatga olingan 615-
sonli «Xo'jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul
mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ga
asosan, qonunchilikda boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo'lsa, amalga
oshiriladi.
Soliq to'lovchilaming to‘lov topshiriqnomalari hamda soliq va
moliya organlarining inkasso topshiriqnomalari banklaming aybi
bilan o‘z vaqtida ijro etilmasa, banklar har bir muddati o‘tgan kun
uchun qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga o ‘z vaqtida
o ‘tkazilmagan summaning 0,5 foizi miqdorida jarima to'laydi. Davlat
budjeti daromadlari hisobvarag'iga kelib tushgan mablag‘larning kirim
qilinganligi to‘g‘risida hisobvaraqdan ko‘chirma va ilovalar banklar
tomonidan o‘matilgan tartibda tegishli moliya organlari orqali soliq
organlariga beriladi.
Davlat budjeti daromadlari hisobvarag‘ida ko‘zda tutilmagan soliq va
boshqa to'lovlar soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langanda, bu mablag'lar
davlat budjeti daromadlari tasnifining 12-bo‘limi, 25-paragrafi, 352-
«Boshqa tushumlar» shartli hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i summasi
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va budjet tashkilotlari tomonidan mehnat qonunchiligida
belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan hamda
qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda ishchi va xizmatchilarning
daromadlaridan daromad solig'i ushlab qolinadi.
Xo'jalikyurituvchi subyektlar va budjet tashkilotlari joriy oydavomida
ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan ushlab qolingan daromadsolig‘ini davlat budjetiga o ‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasini joriy
oyning ikkinchi yarmida ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan
bir vaqtda taqdim ctadi. Ish haqi olish uchun topshiradigan chek bilan
bir vaqtda to‘lov topshiriqnomalari taqdim ctilmasa ish haqi olish uchun
naqd pul berishga ruxsat etilmaydi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan daromad solig‘ini budjetga o‘tkazish
uchun banklarga taqdim ctilgan to‘lov topshiriqnomalarining «To‘lov
maqsadi»da «_________ oyi ish haqidan ushlab qolingan daromad solig'i
summasi budjetga o'tkazildi», deb yozib qo‘yiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va budjet tashkilotlarining daromad
solig'ini budjetga o‘tkazish uchun taqdim etgan to'lov topshiriqnomalari
banklar tomonidan qabul qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
budjet tashkilotlarining talab qilib olgungacha depozit hisobvaraqlarida
pul mablag‘lari yetarli bo‘lsa, to‘lovlar amalga oshiriladi, agar pul
mablag‘lari yetarli bo‘lmasa to'lov topshiriqnomalari 2-sonli kartotekaga
qabul qilinadi va belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |