D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/111
Sana30.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#94418
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
kochmas mulkni baholash



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
D.R. ABDIKARIMOVA, G.M. BEKIMBETOVA 
KO‘CHMAS MULKNI 
BAHOLASH
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
«NISO POLIGRAF» – TOSHKENT – 2017


UO‘K 
65.422.5
KBK  65.422.ya721
        K 98
Ta q r i z c h i l a r : 
К.Z. Xomitov – Toshkent moliya instituti «Baholash ishi va 
investitsiyalar» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari doktori;
U.M. Yusupov – «Toshkent shahar baholash va konsalting 
Markazi» MCHJ direktori.
 
«Ko‘chmas mulkni baholash» fani iqtisodiy fanlarni o‘qitishda 
o‘zining dolzarbligi va zamonaviy globallashuv sharoitida turli 
mulkchilik shakllarida yetakchi fanlardan biri hisoblanadi.
E’tiboringizga taqdim etilayotgan mazkur o‘quv qo‘llanmada 
baholash ishi, xususan, ko‘chmas mulk va uni baholash, uning 
xususiyatlari, baholash ishini amalga oshirish tartiblari, baholash 
yondashuvlarining qo‘llanilishi va O‘zbekistonda baholash faoliyatining 
rivojlanishi masalalari yoritib berilgan.
O‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti «Moliyaviy 
menejment» va «Baholash ishi va investitsiyalar» kafedrasi professor-
o‘qituvchilarining ijodiy hamkorligida tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, soha 
mutaxassislari va amaliyotchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda iqtisodiy 
ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik 
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 
nashrga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-5081-3-2
© D.R. Abdikarimova va boshq., 2017
© «NISO POLIGRAF», 2017


3
KIRISH
Hozirda baholash faoliyatini takomillashtirilgan va sifatli 
amalga oshirish davlatning muhim talablaridan biri hisoblanganligi 
sababli, ushbu fanni O‘zbekiston va jahon tajribasiga asoslangan 
holda chuqur o‘rganish zarur. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni 
uning doirasida olingan bilimlar va amaliy ko‘nikmalar ko‘chmas 
mulk qiymatini baholash bilan bog‘liq kasbiy faoliyatda bevosita 
qo‘llanilishi bilan belgilanadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining Mulkni 
baholash milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasining «Baho-
lash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respub-
likasida mulk qiymatini baholashning normativ-huquqiy asoslarini, 
nazariy va amaliy jihatlarini o‘z ichiga oladi.
Shuning bilan birgalikda ushbu o‘quv qo‘llanmada mulk qiymatini 
baholash jarayonida ishlatiladigan atama va tushunchalarni, baholash 
axborotlariga qo‘yiladigan talablarni, ko‘chmas mulkni baholashni 
amalga oshirish tartibini, baholash yondashuvlari, baholash 
natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarning me’yorlari 
va mexanizmi hamda bu kasbga malakaviy, axloqiy talablar va shu 
kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtayi nazaridan mantiqiy 
ketma-ketlikda o‘z aksini topgan. «Ko‘chmas mulkni baholash» 
fanini chuqur o‘rganish mulk munosabatlari va ko‘chmas mulk 
bozori muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli 
ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va mulkni xususiylashtirish 
hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi 
qo‘yildi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot 
yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi 


4
keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib 
borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan 
rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni 
ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda
1
. Shu borada 
ko‘chmas mulk qiymatini baholashda obyektlarning bozorini 
shakllantirish hamda ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish 
bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirishga ham imkoniyat yaratadi.
Yangi xizmatga bo‘lgan talablarning o‘sishi bilan birga bu 
borada baholash jarayonining qonuniy va uslubiy asoslari yaratildi, 
davlat organlari tomonidan baholash standartlari joriy qilindi. 
Mulkni baholash xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga o‘tkazish, 
shuningdek, ijaraga berish va sotish jarayonlarida, milliylashtirishda, 
sotib olish, ipoteka kreditlashda va ustav jamg‘armalarni ulushlar 
orqali shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. 
Shuningdek, 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli 
himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes 
rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga 
to‘liq erkinlik berish tamoyilini amalga oshirish, sanoat korxonalari 
va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishga qulay shart-
sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda 
aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning 
ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma 
tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga 
qaratilgan
2
.
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 
6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda.
2
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-
sonli Farmoni.


5
Shu munosabat bilan yangi hayotiy voqelikni aks ettiradigan 
va respublikadagi butun baholash faoliyati tizimini keng qamrovli, 
sifatli tarkibiy isloh etishga qaratilgan dasturiy, me’yoriy va 
huquqiy hujjatlarni  yaratish o‘tkir zaruratga aylanmoqda. Baholash 
faoliyatining rivojlanish darajasini biz bevosita yurtimizda so‘nggi 
yillarda mol-mulkka bo‘lgan talabning sezilarli darajada o‘sganligi 
bilan bog‘lashimiz mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, respublikada 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan 
katta ishning bir qismidir.


6

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish