1. 1913 yilda Jazoirda tug‘ilib o‘sgan adibni belgilang.
A) Alber Kamyu
B) Frans Kafka
S) Jeyms Joys
D) Uilyam Folkner
2. Alber Kamyu hikoyalari berilgan qatorni toping.
A) “Baxtli olam”, “Inqiroz”
B) “Qamal holati”, “Begona”
S) “Quvg‘inlik va saltanat”, “Ijod va erkinlik”
D) “Nigoh”, “Vabo”
3. “Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman " muallifi kim?
A) Alber Kamyu
B) Frans Kafka
S) Jeyms Joys
D) Uilyam Folkner
4. Gregor Zamza va Greta qaysi asar qahramonlari?
A) Alber Kamyu “Begona”
B) Frans Kafka “Evrilish”
S) Jeyms Joys “Uliss”
D) Hesse Herman. Cho‘l bo‘risi
5. Roman bosh qahramoni sog‘lom, baquvvat, ishchan, bilimdon, hayotda yaxshigina mavqega ega. U muhitning kutilmagan va tushunarsiz zarbasiga duch keladi. Gunoh qilganlikda ayblanib, uning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Yozuvchi uning qanday jinoyat qilganligini aytmaydi, buni hatto ishora bilan bo‘lsin, bildirmaydi. Go‘yo jinoyat qilingan-qilinmaganligining sud uchun ham, turli-tuman tushunarsiz va sirli idoralar uchun ham, yozuvchi va o‘quvchi uchun ham mutlaqo ahamiyati yo‘qday. Fikr qaysi asar va qaysi qahramon haqida?
A) “Begona”, Merso
B) “Gorio ota” Rastinyak
S) “Jarayon” Yozef K.
D) “Jinoyat va jazo” Raskolnikov
6. Balzak o‘z asarlarini “Inson komediyasi” degan umumiy nom ostida birlashtiradi va ularni quyidagi uch qismga bo‘ladi, ular qaysilar?
“Odatlar haqida etyud”, “Falsafiy etyud” va “Analitik etyud”
7. Onore de Balzakning “Gorio ota” romanining bosh g‘oyasi nima?
Asar qahramonlari - Gorio ota, Anastazi, Delfina , Ejen de Rastinyak, Byanshon, Maksim de Trayer va boshqalar.
Asarda Gorio ismli shaxsning fojiali hayoti aks etadi. Adib birgina oila misolida butun fransuz jamiyatining chirkinligini, odamlar pul uchun , obro' , mansab uchun hech narsadan qaytmasliklarini, ular uchun oilaning hech qanday ahamiyati yo'q ekanini ko'rsatib bergan.
Gorio ota - sobiq tadbirkor, sarmoyador shaxs . U rafiqasi vafotidan so'ng butun hayotini , bor mehrini, qalb qo'rini ikki qizi - Anastazi va Delfinaga bag'ishlaydi. Ularni malikalardek voyaga yetkazadi. Afsuski , qizlar bemehr chiqadi, ularga faqat otasining pullari kerak edi xolos!
Ejen de Rastinyak - shaharga o'qish maqsadida kelgan , huquqshunoslik fakukteti talabasi. Oddiy oilaning farzandi bo'lgan Ejen shaharda yashash, obro' orttirishning yagona yo'li - kiborlar jamiyatiga yaqinlashish deb hisoblaydi. Shu sabab o'zining uzoq qarindoshi de Bosean xonimdan maslahat oladi. Rastinyak endi Gorio otaning boy badavlat qizlari bilan tanishadi ( Gorio otaning qizi ekanini keyinchalik bilib qoladi.) Lekin ko'zini mol dunyo ko'r qilgan , qanday qilib bo'lmasin boyish orzusida bo'lgan yigitcha bu ikkala bemehr qizning harakatlarini ko'rib afsuslanadi. Har ikki qiz ham oilali, farzandlari bor , lekin shunga qaramay , ular turli ballarga borishni, maishat qilishni, qimmatbaho taqinchoqlar taqishni, ma'shuqalari bilan qimor o'ynashni sevadilar. Ma'shuqalaridan ajralib qolmaslik uchun bor budini berishga tayyorlar. Ularning barcha qarzlarini sho'rlik Gorio ota to'laydi. O'zi bir xaroba uyda ijarada tursa - da, qizlari uchun eng oxirgi pullarini berishga ham rozi. Muhimi, bir on bo'lsa ham qizlarini ko'rishni istaydi. Lekin qizlari otasidan or qiladi. Ko'cha ko'yda u bilan ko'rishishni yoqtirishmaydi. Ammo , boshlariga tashvish tushsa , darrov otasi yoniga kelishadi. Mana , qizlarning haqiqiy aksi! Rastinyak bu voqealarni ko'rib eziladi, kasalmand otaga yordam beradi. Vafot etganda esa qizlari o'rniga o'zi dafn marosimi o'tkazadi... Bu nonko'r qizlar hatto otasi bir necha marta chaqirishiga qaramasdan o'limi oldidan bir marta ham ko'rishga kelmaydi, dafn marosimiga esa xizmatkorlarini jo'natishadi ...
Ushbu asar orqali kitobxon XIX asr fransuz jamiyati bilan tanishadi va bu jamiyatning illatlari , nafs , mol dunyo odamlarni ne ko'yga solganligining guvohi bo'ladi. Asarda oilalarning barbod bo'layotgani, ming yillik qadriyatlar so'nayotgani ta'sirli tarzda yoritilgan.
8. Gyotening “Faust” asarida voqealar qayerlarda bo‘lib o‘tadi?
Troyada.
9. Ma’rifatchilik adabiyotining Angliyadagi yirik namoyandalarini sanang.
D.Defo, J.Svift ijodi.
10. “Yosh Verterning iztiroblari” romanida Verter fojeasining sabablarini izohlang.
“Yosh Verterning iztiroblari”ni tarbiyalagan fojiali zamin Vetslar, imperator saroyining qarorgohi bo‘lib, u yerga Gyote 1772-yil may oyida o‘g‘li uchun yorqin yuridik martaba orzu qilgan otasining iltimosiga binoan kelgan. Imperator sudida amaliyotchi advokat sifatida ro'yxatdan o'tgan Gyote sud palatasi binosiga qaramadi. Buning o'rniga u amtmanning (ya'ni ulkan iqtisodiyot boshqaruvchisi) uyiga tashrif buyurdi Teuton ordeni), u erda uy egasining to'ng'ich qizi, Gyote bilan do'stona munosabatda bo'lgan Gannover elchixonasi kotibi Iogan Kristian Kesgnerning kelini Sharlottaga bo'lgan qizg'in tuyg'u uni o'ziga tortdi.
O'sha 1772 yil 11 sentyabrda Gyote to'satdan va hech kim bilan xayrlashmasdan, o'zi duch kelgan noaniq vaziyatdan chiqishga qaror qilib, Vetslardan chiqib ketadi. Kesgnerning samimiy do'sti, uni kelini olib ketdi va u unga befarq qolmadi. Buni uchovlonning har biri biladi - ehtimol Sharlottaga so'zini qaytarishga tayyor bo'lgan eng hushyor va aqlli Kestner, ehtimol, hammadan aniq. Ammo Gyote oshiq bo‘lsa-da, garchi aqldan ozgan bo‘lsa-da, do‘stining saxovatli qurbonligidan, Gyotedan o‘zaro fidokorlikdan – mutlaq erkinlikni rad etishdan qochadi, busiz u, bo‘ronli daho, o‘zining adolatli hayotini tasavvur qila olmasdi. ochila boshlaydi. adabiy faoliyat- uning nemis haqiqati bilan kurashi. U hech qanday tinchlikni, hayotni tartibga sola olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |