Corel Barcode Wizard dasturining imkoniyatlari va qo`llanilishi
Reja:
Obyektlar
Bo`yash. Soxa chegaralari bilan ishlash.
Obyektlarni joylashtirish.
Obyektlar bilan ishlash.
1. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har ishlarni bajarishga to`g’ri keladi.
Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
A) Belgilash
B) O`chirish
V) Nusxa olish va nusxani qo`yish.
G) Bir nechta obyektlarni belgilash.
D) Kattalashtirish va kichraytirish.
E) Obyektni siljitish.
J) Belgilashni olib tashlash.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarni bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz faqat bittasida to`xtalib o`tamiz.
Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap burchagida joylashgan «Uskunalar paneli»dan foydalaniladi.
1-rasm.
Hujjatga qo`yilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni 1-rasmda ko`rsatilganidek 8ta markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash mumkin.
Shu joyda bir narsani eslatib o`tish joizki, kerak bo`lsa boshqa dasturlardan ham obyektlarni qo`yish mumkin.
Belgilangan obyektni o`chirish uchun esa klaviaturada «Delete» tugmasi bosiladi. Natijada shu rasm o`chadi.
Belgilangan obyektdan nusxa olish uchun esa Edit-Copy amallari bajariladi. Natijada shu obyektdan nusxa olinadi.
Nusxasini qo`yish uchun esa Edit-Paste amallari bajariladi.
Y oki belgilangan obyektdan boshqa usul yordamida ham nusxa olish mumkin, ya’ni Edit-Dublikate amallari bajarilsa kifoya.
Bir nechta obyektlarni birlashtirish ya’ni gruppalash uchun, avvalam bor, bu obyektlar belgilanadi. Hamma obyektlarni belgilash uchun klaviaturada Shift tugmasi bosiq turilgan holda obyektlar birma-bir belgilanib chiqiladi. (Yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan usul yordamida).
2-rasm.
Obyekt (obyektlarni) kattaligini o`zgartirish uchun bu obyekt (obyektlar) belgilanadi. Natijada 2-rasmda ko`rsatilganidek ular ustida markerlar hosil bo`ladi.
Marker ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turilgan holda obyektga kerakli kattalik beriladi. Obyektning kerakli kattaligi hosil qilib bo`lingandan so`ng sichqoncha chap tugmasi qo`yib yuboriladi.
Bir narsani aytib o`tish joizki, belgilangan obyektlarni aylantirish ham mumkin. Buning uchun belgilangan obyektlar ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugma bir marta bosiladi. Natijada 3-rasmda ko`rsatilgan holat vujudga keladi.
3-rasm.
Rasmda ko`rinib turganidek Markerlar boshqa ko`rinishni oladi. Ular ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turgan holda obyektlarni hohlagan burchakka burish imkoniyati bo`ladi.
Belgilashni olib tashlash uchun klaviaturada Ctrl tugmasi bosilsa kifoya.
Shuni alohida ta’kidlab o`tish joizki, obyekt (obyektlar) belgilanganda qo`shimcha uskunalar qatori paydo bo`ladi. Bu uskunalar yordamida obyektlarni kattaligini o`zgartirish, boshqa obyektlarga nisbatan joylashish holatlarini, burchak ko`rinishlarini ham o`rnatish mumkin. (4-rasm)
4-rasm.
Obyektlar yaratilgandan so`ng, chegaralarga va ichki qismiga rang berish mumkin. Bu ishlarni har xil usullar yodamida bajarish mumkin.
Obyektning chegaraga va ichki qismiga rang berish uchun Corel Draw oynasining o`ng qismida joylashgan ranglar palitrasidan foydalanish mumkin.
6-rasm.
O`quvchilar obyektni belgilab kerakli rang ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borib chap tugma bir marta bossa, natijada obyektnigg ichki qismi kerakli rangni oladi, tashqi chegaraga rang berish uchun esa yuqoridagi ishlar bajariladi, faqatgina chap tugma o`rniga o`ng tugmani bosiladi.
Rangdan tashqari obyektlarga har xil fonlar berish mumkin. Bu to`g’risida xozir to`xtalib o`tamiz.
Buning uchun Corel Draw oynasida qo`shimcha oynani hosil qilish kerak-Objekt Properties oynasini. (bu oynani quyidagicha hosil qilish mumkin: obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib, o`ng tugmasi bosiladi, chiqqan buyruqlar ichidan-Properties buyrug’i tanlanadi. (7-rasm))
7-rasm.
- Objekt Properties oynasida mavjud bo`lgan tugma, bu tugma yordamida obyektlar ichki qismiga fon berish mumkin. Bu tugma bosilgandan so`ng, qo`shimcha tugmalar hosil bo`ladi:
(Uniform fill)-obyektlarga bir xil rang berish imkonini beradi.
(Fountain fill)-obyektlarga ikki turdagi ranglar, va ranglar shtrixovkalarini beradi.
(Pattern fill)-har xil ko`rinishdagi tayyor fonlarni tanlash imkonini beradi.
(Texture fill)- har xil ko`rinishdagi tayyor fonlarni tanlish imkonini beradi.
(Postckript fill)-tayyor fonlarni tanlash imkonini beradi.
(No fill)-ichki rangni yo`q qiladi.
O`quvchilar Corel Draw dasturida kontur parametrlarini berish va ularni boshqarishning har xil usullarini bilishlari muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kontur tushunchasiga bog’liq ayrim tushunchalarni yoritb o`tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |