80
5-rasm.
CHo‘michli pog‘onali yuklash mashinasi
CHo‘mich va strela yuklash frontini oshirish uchun ikki yon
tarafga burilish imkonini
beruvchi ikkita zanjir yordamida ko‘tariladi. O‘rtadagi zanjir cho‘michning pastga tushishini
chegaralashga va cho‘mich tushishidagi zarbni yumshatishga xizmat qiladi.
YUklash
boshlanishidan oldin cho‘mich strela bilan birgalikda pastga tushadi va mashina oldinga
harakatlanadi. CHo‘mich tog‘ jinsiga to‘lgach ko‘taruvchi mexanizmning
ikkita barabani birga
ishlaydi va o‘ziga zanjirlarni o‘ray boshlaydi. Bu vaqtda birinchi navbatda cho‘mich strela uchida
gorizontal o‘qi atrofida buriladi, undan keyin esa strela bilan birgalikda yuqoriga ko‘tariladi va
cho‘mich lentali konveyerga yukni tushiradi. Mashina ko‘tarilgan cho‘mich bilan zaboydan orqaga
suriladi, strela va cho‘mich pastki holatga tushiriladi va keyingi
qamrashni boshlash uchun
mashina zaboyga tomon harakatlanadi. O‘tilayotgan lahim yonlaridagi tog‘ jinslarini yuklash
uchun dastlab ko‘tarish barabanlarining bittasi ishga tushiriladi va yuklash organi o‘nga yoki
chapga tomon buriladi.
Mashinada samarali chang bostirish uchun oltita forsunka ishlatigan.
CHang bostirish
tizimidagi umumiy suv sarfi 4*10
5
Pa bosimda 50 l/min ni tashkil etadi. PPM-4p yuklash
mashinasini ishlatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 10,5 m
2
yuzali shtreklarni f=4-8
qattiqlikdagi
jinslardan o‘tishda yillik iqtisodiy samara shu turkumdagi boshqa mashinalarga nisbatan 20-25 %
kattaligi aniqlangan.
PPN-5p yuklash mashinasi kesim yuzasi 5,2 m
2
dan kam bo‘lmagan gorizontal lahimlarni
burg‘ilash-portlatish usuli bilan o‘tishda tog‘ jinslarini vagonchalarga yoki konveyerga yuklashni
mexanizatsiyalashtirish uchun xizmat qiladi. Mashina pnevmatik yuritma bilan ishlab chiqarilgan.
Texnik unumdorligi 1,0 m
3
/min. ni tashkil etadi.
PPN-7 yuklash mashinasi tepadan pastga 25
0
gacha qiyalikdagi lahimlarni burg‘ilash-
portlatish usuli bilan o‘tishda tog‘
jinslarini vagonchalarga, konveyerga va skipga yuklashni
mexanizatsiyalashtirishga mo‘ljallangan. Mashinani kesim yuzasi 5,2 m
2
dan, balandligi 2 m dan
kam bo‘lmagan lahimlarni o‘tishda ishlatiladi. Mashina elektruskunalari
portlashga xavfsiz
ishlanganligi sababli chang va gazga xavfli shaxtalarda ishlatish imkoniyatini beradi. Mashinaning
cho‘michli ishchi organi esa turli qattiqlik va tirnovchanlikdagi tog‘ jinslarini yuklash imkonini
beradi.