Cho‘lpon otilmagan, u bolta bilan chopib o‘ldirilgan



Download 0,61 Mb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi0,61 Mb.
#950115
  1   2
Bog'liq
naim karimov


“Cho‘lpon otilmagan, u bolta bilan chopib o‘ldirilgan”. Akademik Naim Karimov 4-oktabr fojiasi haqida
4-oktabr sanasi o‘zbek xalqi uchun og‘ir va qonli kunlardan biri sifatida tarixga kirgan. 1938-yilning aynan mana shu kunida o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan taraqqiyparvarlari otib tashlangan. Turli yolg‘on-bo‘htonlar bilan qatag‘on mashinasining qurboni bo‘lgan ziyolilarga na janoza o‘qilgan, na kafan o‘ralgan. Hatto ular sud hukmi o‘qilmasidan o‘ldirib yuborilgan. “Daryo” muxbiri mazkur sana munosabati sabab adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov bilan suhbatlashdi.

Akademik Naim Karimov


Jadidchilik harakatining Turkistonda yoyilish tarixi
Jadidchilik harakati va jadid adabiyoti Turkistonda XX asr boshlarida paydo bo‘lgan. O‘sha yillarda bizning maktablarni bitirib chiqqan yoshlar faqat masjid va madrasalarga borib, o‘qishini davom ettirishi mumkin edi, xolos. Biror soha bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lish qiyin edi.
Shuning uchun jadidlarning oldiga qo‘ygan asosiy vazifa — o‘zbeklarni yaqin kelajakda rus va Yevropaning ilg‘or xalqlariga o‘xshagan yuqori madaniyatga erishib, yaxshi hayot kechirishi uchun yangi avlodni tarbiyalab, o‘stirish bo‘lgan. Ular yoshlarni nafaqat Turkistonda, balki boshqa mamlakatlarga ham borib, eng kuchli pedagoglardan bilim olib, qaytishini maqsad qilishgan.

Abduqodir Shakuriy ochgan yangi usul maktabi, 1910-yil.

Behbudiyning “Agar biz yaxshi mullalarni, diniy arboblarni tayyorlamoqchi bo‘lsak, yoshlarni Misrga jo‘natishimiz lozim. Agar biz injener, vrach va boshqa soha vakillarini tayyorlamoqchi bo‘lsak, yigit-qizlarni Yevropa mamlakatlariga yuborishimiz kerak”, degan shiori bo‘lgan.
Jadidlarning jadidchilik g‘oyasini Turkistondan tashqari, O‘rta Osiyoda ham keng tarqalishida qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspiralining xizmati juda katta. U muharrirlik qilgan “Tarjimon” gazetasi Turkistonga kela boshlaganida, dastlab oddiy odamlarning ko‘ziga g‘alati tuyulgan. Chunki shunga qadar bu maskanda gazeta bo‘lmagan va aholining ro‘znoma o‘qishi o‘zbek jamiyati uchun yangi bir voqea edi.
Keyinroq o‘zimizda “Turkiston viloyatining gazeti” nomli gazeta chop etila boshlaydi. Garchi nashr muharriri rus kishisi va rus mafkurasini gazetada olg‘a surmoqchi bo‘lgan bo‘lsa-da, ro‘znomada juda ko‘p Yevropaga sayohat qilgan o‘zbek savdogarlari va boylarining xotiralari chiqadi. Vaqt o‘tib, Behbudiy, Cho‘lponlarning maqolalari e’lon qilinadi.

“Turkiston viloyatining gazeti”, 1892-yil

Shu tarzda “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalari orqali ham o‘zbek xalqining uyg‘onishiga, jadidchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan g‘oyalar tarqaladi.
1910-yilga kelib, teatr san’atini paydo qilish uchun turli harakatlar boshlanadi, ma’lum bir to‘garaklar tashkil qilinadi. 1911-yilda Behbudiyning birinchi “Padarkush” nomli pyesasi yoziladi. 1914-yilning boshida dastlab Samarqandda, keyin Toshkentda “Padarkush” spektakli namoyish etilishi bilan o‘zbek teatri maydonga kelgan hisoblanadi. Jadidlar bu dramani “Kolizey” teatrida omma e’tiboriga havola qilishadi. Aslida bu bino sirk uchun qurilgan bo‘ladi.

Toshkentdagi “Kolizey” teatri binosi, 1914-yil.

O‘sha yillarda dehqonchilik bilan shug‘ullangan, bir nechta hikoyalar yozgan Abdulla Qodiriy ham sahna asarini ko‘rib, katta taassurot oladi. “Men ‘Padarkush’ni ko‘rganimdan keyin o‘zim bilmagan holda “Baxtsiz kuyov” pyesamni yozib qo‘ydim”, — degan edi Qodiriy.
Behbudiyning bu dramasi ziyolilarga ham, oddiy odamlarga ham shu darajada ta’sir qiladiki, shundan so‘ng ketma-ket pyesalar yoziladi. Dramaturglar bilan bir qatorda Hamza, Cho‘lpon, Qodiriylar qissa va romanlar yoza boshlaydi.
1918-yilda Behbudiyning g‘oyasi va shogirdlarining sa’y-harakati bilan O‘rta Osiyo milliy universiteti (hozirgi O‘zMU) tashkil etiladi. Jadidlar o‘z g‘oyalari va harakatlari tufayli yuzlab yoshlarni Germaniya, Turkiya, Misr kabi rivojlangan davlatlardagi ta’lim maskanlariga o‘qishga yuborishadi.
Turkistondan chiqqan jadidlarning yetakchilari — Munavvarqori Abdurashidxonov, Cho‘lpon, Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy bo‘lgan. Ular sabab jadidchilik harakati va jadid adabiyoti paydo bo‘lgan hamda g‘oyaviy rahbarlari hisoblangan. 1918-yilda jadidlar safi kengayib, mamlakatning deyarli hamma hududlarida ularni uchratish mumkin bo‘lgan.
Jadidlar matbuot, maktab, teatr kabilar orqali o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirib borishgan.
Jadidlarga nisbatan nafrat shakllangan”
Jadidlar endi paydo bo‘lgan vaqtlarda ular xalqning ko‘ziga yomon ko‘rinishgan. “Nega bu gazetani chiqarishyapti?”, “Maktab, madrasalarimiz bo‘la turib, nima uchun yana maktab ochishyapti?”, “Ularning maktabida globus degan narsa borakan, yerning ham shari bo‘ladimi?”, “Bular kofirlarning malaylari”, degan turli gap-so‘zlar bilan jadid maktabi va teatrining ochilishiga, ayollarning sahnaga chiqishiga qarshilik ko‘rsatishgan.

Paranjiga qarshi namoyishga chiqqan ayollar.


1927-yildan juda ko‘p ayollar maktablarda o‘qish, jamoat ishlarida qatnashish, fabrikalarda ishlash uchun paranji tashlashadi. Bu, ayniqsa, dindor qatlamga yoqmaydi. Aholini, xususan, xotin-qizlarni qo‘rqitish uchun Tursunoy, Nurxon kabi sahnaga chiqqanlar o‘ldiriladi. Masalan, Nurxonni o‘z akasi 36 joyiga pichoq urib, o‘ldirgan. Bu kabi holatlarga jadidlar sababchi bo‘lyapti, deb ularni qoralashgan. Xalqning avom qismida jadidlarga nisbatan nafrat shakllangan.
Milliy ittihod ishi”
Keyinroq Sovet davlati ham jadid so‘zidan, jadidlardan qo‘rqadigan bo‘ldi va ular jadid harakatlarini butkul yo‘qotishga qattiq kirishdi. Ommaviy yo‘q qilishga ilk urinishlar 1920-yillarda boshlangan.
1920-yilda Munavvar qori tashabbusi bilan “Milliy ittihod” tashkiloti tuzilgan. Kim o‘zbek xalqining mustaqil bo‘lishini istagan bo‘lsa, barchasi shu tashkilot a’zosi hisoblangan. Lekin ular amalda tayinli bir ish qilish imkoniga ega bo‘lmagan. Chunki ularning hammasining orqasidan agentlar yurgan. NKVDning xodimlari ayrim a’zolarni qo‘rqitib, ulardan ma’lumotlar olishgan.
Har tomonlama siquv ostiga olingan “Milliy ittihod” 1925-yil boshlarida o‘zini tarqatilgan deb e’lon qiladi va keyinchalik uning asosida “Milliy istiqlol” tashkiloti tuziladi.
Bu yashirin tashkilot nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyoda demokratik respublika tamoyillariga asoslangan tuzum o‘rnatishni o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishi deb hisoblaydi. Biroq 1929-yilning noyabrida Toshkentda Munavvar qori boshchiligidagi 38 kishi bu tashkilotning a’zosi sifatida qamoqqa olinadi.
Keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan. Tergov jarayoni Toshkentdan Moskvaga ko‘chiriladi va ular qatag‘on qilindi. Bu harakat tarixga “Milliy ittihod ishi” nomi bilan kirgan.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish