Chinniguldoshlar oilasi — Caryophyllaceae
Oilaning vakillari o'tlar, qisman yarimbutalar, ba’zan butalardan iborat. Barglari oddiy, butun, yonbargsiz yoki yonbargli, ko'pincha qinli va poyada qarama-qarshi (faqat Pycnophyllym turkumidagina navbatlashib) joylashgan. Gullari dixaziy to'pgullarda o'rnashgan, ba’zan bittadan (qoramug' — Vaccaria segetalis) bo'ladi, aktinomorf, 5 a’zoli va 5 doirali, 2 jinsli, ba’zan bir jinsli (2 uyli), entomofil. Changchilari 5—10 ta, ginetsey 1 ta, 2—5 mevachabarglardan iborat, sinkarp. Urug'kurtaklari ko'p, egilgan. Gulining umumiy formulasi: Ca5(5) Со, Л, l0 G(, 5|. Mevasi tishchali yoki chanoqli ko'sak, ba’zan yong'oqcha yoki rezavor. Chinniguldoshlarning 80 turkum va 2000 dan ziyod turlari bor.
Ular Yer yuzida keng tarqalgan, ayniqsa Shimoliy yarimshaming mo'tadil iqlimli mintaqalarida va O'rtayer dengizbo'yi hamda Eronda tarqalgan. O'zbekistonda chinniguldoshlarning 24 turkumi va 130 tacha turi o'sadi.
Gul tuzilishi va bir qator boshqa bclgilariga ko'ra chinniguldoshlar oilasi 3 ta oilachaga bo'linadi: Paronixadoshchalar (Paronychoideae), Yulduzo'tdoshchalar (A lsinoideae), Chinniguldoshchalar (Caryopylloideae). Yulduzo'tdoshchalar oilachasining 18 ta turkumi mavjud. Oilachaning o'ziga xos belgilari barcha vakillarida kosachabarglarning erkin (tutashmagan) bo'lishi hamda tojbarglari nayining bo'lmasligidir. O'zbekistonda 10 ta turkumining turlari ancha keng tarqalgan.
Keng tarqalgan turkumlardan biri yulduzo'tlar (Stellaria) turkumidir. Barchasi bir yillik va ko'p yillik o'tlar bo'lib, O'zbekistonda 5 turi o'sadi. Mensinmas yulduzo't (S. neglecta), poyasi nozik, yarim tik o'suvchi (5)—10—20— (30) sm balandlikdagi sershox, bo'g'in oraliqlari jingalak tukli, bir yillik o't. Barglari tuxumsimon yoki cho'ziq, pastkilari uzun bandli, yuqoridagilari esa bandsiz. Gullari oq, gultojibarglari kosachabarglardan 1,5 marta qisqa, to asosigacha 2 bo'lakli. Gul qismlari 5 tadan. Dalalarda, bog'larda keng tarqalgan mezofit o't.
Holosteum (Holostcum) turkumi nozik, bir yillik o'tlardan iborat. To'pguli siyrak soyabon, gul bandlari ingichka, uzun va gullash davrida pastga osilib, mevasi pishgandan so'ng ko'tarilib, tarvaqaylab ketadi. Respublikamiz barcha viloyatlarining cho'l, adirlarida, vohalarda o'sadi. Chinniguldoshchalar oilachasining 19 ta turkumi mavjud, shulardan 10 ta turkumining vakillari O'zbekistonda tarqalgan. Ularning barchasi uchun xos muhim belgilar — kosachabarglarining tutash va ko'pincha silindrsimon cho'ziq hamda gultojibarglarining nayi va qaytaqisining keskin ajralib turishidir. Chinniguldoshchalarning chinnigul, bo'ritikan, gipsofila, qoramug' kabi turkumlari ancha keng tarqalgan.
Chinnigul (Dianthus) turkumiga bir yillik, ko'p yillik (O'zbekistonda) o'tlar kiradi. Barglari bandsiz, chiziqsimon-tasmasimon, qarama- qarshi o'rnashgan. Gullari bittadan yoki dixaziy to'pgulda joylashgan. Kosachasi silindrsimon; 5 tishchali, asosida (1)—2—3 juft qipiqsimon gulyonbarglari bor. Gultojibarglari 5 ta, qaytaqisi tishchali yolti ingichka ipsimon bo'laklarga bo'lingan, oq, pushti, qizil. Changchilari 10 ta, ginetsey 2 ustunchali, mevasi 4 tishchali ko'sak. O'zbekistonda 10 turi yovvoyi holda o'sadi, 3 turi madaniy manzarali o'tlar.
Yovvoyi turlaridan to'rttangachali chinnigul, yovvoyi chinnigul (D. tetralcpis ncvski) rcspub- likamizning barcha viloyatlaridagi adir va tog' yonbag'irlarida tarqalgan (3.14-rasm). O'zbekiston chinniguli (D. uzbekistanicus Lincz). O'zbekiston Respublikasining „Qizil kitob" iga kiritilgan. Madaniy turlaridan bir yillik xitoy chinniguli (D. chinensis) gulzorlarda manzarali o'simlik sifatida ekiladi.
Yetmak, bo'ritikan (Acanthophyllum) turkumi ko'pincha tikanli, qisman tikansiz ko'p yillik o't yoki yarimbutalardir. Gullari 5 a’zoli. O'zbekistonda bo'ritikanlarning 11 turi mavjud, shulardan 2 turining ildizlarida saponin ko'p. Ular bex, yetmak deb ataladi. lldizlarining qaynatmasi nisholda, parvarda va boshqa sharq shirinliklarini tayyorlashda ko'pirtiruvchi vosita tarzida ishlatiladi.
Yetmaklardan saponinli o'simliklar sifatida sanoatda foydalanish muammolari bo'yicha O'zRFA Botanika instituti va Botanika bog'i (hozirgi „Botanika" IlChM) da katta ilmiy ishlar olib borildi. Uning tabiiy zaxiralari haddan tashqari ko'p ishlatilayotganligi tufayli yctmak, bex (A. gypsophylloidcs) O'zbekiston „Qizil kitob"iga kiritilgan.
Gipsofila (Gypsophila) turkumi juda xilma-xil bo'lib, ular bir yillik, ko'p yillik o'tlar va yarimbutalardan iborat. Barglari o'troq, gullari oq, pushti, qizil. Kosachasi bir qadar pardasimon, silindr- qo'ng'iroqsimon, 5 tishli yoki 5 bo'lakli. Changchilari 10 ta. Ko'sagi bir xonali, 4 tishchali.
O'zbekistonda turkumning 14 turi o'sadi. Asosan janubiy viloyat- larning tog' va adirlarida tarqalgan. Ariq bo'ylari va sho'rtobroq yerlarda o'sadigan poyasi ko'p marta ayrisimon shoxlangan, barglari ko'kimtir yashil, ayrisimon gipsofila (G. trichotoma) ko'proq uchraydi.
Chinniguldoshlarning tarkibida saponinlarning bo'lishi ularning muhim xususiyatlaridandir. Yctmak, gipsofila ildizlarida saponinlar ancha ko'p to'planadi. Yctmak muhim texnikaviy o'simlik. Chinnigullar ajoyib manzarali o'simliklar bo'lib, ularning 70 dan ziyod navlari bor. Qoramug', randak kabi zaharli va begona o'tlari ham uchraydi. Chinniguldoshlar oilasi urug'larining tuzilishi va tarkibida saponinlarning bo'lishiga ko'ra Semizo'tdoshlarga (Portulacaceae) yaqin turadi. Bu ikkala oilada pinitol moddasining bo'lishi ularning filogenetik jihatdan yaqinligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |