G`arbiy slavyan qabilalarini Dunayning shimolidagi keng hududlar – Laba (Elba), Odra (Oder) va Visla daryolarining havzasida yashaganligini arxeologik qazishmalar ham tasdiqlaydi. G`arbda Labaning oqimi bo`ylab chex‑morav qabilalari, undan shimol va shimoli‑g`arbda – Boltiq dengiziga qadar hududlarda serb – lujichlar, lyutich va obodritlar yerlari joylashgan. Visla va Vorta havzasidan g`arbda Odra Nisaga qadar yerlarda polyak qabilalari yashagan.
Qardosh g`arbiy slavyan qabilalari VII‑VIII asrlarda boshqa slavyanlarga nisbatan taraqqiyotning yuqoriroq darajasiga erishganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |