Aim.Uz
Chervyakli reduktor konstruksiyasini o’rganish
1. Ishning maqsadi
1. Chervyakli reduktor konstruksiyasi va uning detallari vazifasi bilan tanishish.
O’lchash va hisoblash yo’li bilan chervyakli uzatmaning asosiy parametrlarni aniqlash.
Ayrim detallarning konstruksiyasi va materiallariga ko’ra reduktorning taxminiy ish xarakterini aniqlash.
Yig’ishda reduktor ukellarni soqlash usullarini o’rganish.
2. Nazariy asoslash
Chervyakli uzatmalar ayqash o’qli vallarga xarakat uzatish uchun qo’llaniladi. O’qlar ayqashlik burchagining qiymati turlicha bo’lishi mumkin, ammo amalda u 90°ga teng. Chervyakli uzatmalarda harakat xuddi vintli juftlardagiday uzatiladi.
Chervyakli uzatmalarning afkalliklariga quyidagilar kiradi;
uzatish soning kattaligi;
ixchamligi;
ishlashmaning ravonligi va ishning shovqinsizligi;
o’z —o’zidan tarmoqlanish mumkinligi;
ishonchlilik.
Chervyakli uzatmalarning kamchiliklari esa quyidagilaridan iborat:
foydali ish koeffitsenti nisbatan kichik (xususan ular o’z -
o’zidan tarmoqlanadigan qilib tayyorlanganda);
chervyakli g’ildirakning ortiqcha yoyilishi;
yasashning murakkabligi;
chervyakli g’ildirakni yasash uchun qimmatbaxo va kamyob
antifriksion materiallarning qo’llanilishi;
uzoqroq ishlaganda qikishi.
Bir pog’onali chervyakli reduktorlar keng tarqalgandir. Ular mexanikmning konstruktiv o’ziga xosligidan kelib chiqadigan chervyakning joylashishi bo’yicha farqlanadi:
1) Chervyagi pastda joylashgan reduktorlar. Bunday reduktorlardan chervyakning aylanish tezliklari 4 — 5 m/s gacha bo’lganda foydalaniladi.Chervyakning bunday joylanishuvida eng yaxshi moylanish sharoitlari taminlanadi, chervyakning ko’rsatilgan tezliklarida esa moyni aralashtirishga ko’p quvvat sarf bo’lmaydi. Chervyakning aylanish tekligi oshganda quvvat sarfi kamayadi.
2) chervyagi yuqorida joylashgan reduktorlar. Ular chervyakning aylanish tezliklari 5 m/s dan ortiq bo’lganda qo’llaniladi.
Bunday uzatmalarda moylashga issiqlik uzatish chervyakning quyi joylashuviga qaraganda yomondir. Buning ustiga chervyak podshipniklarini moylash uchun maxsus qurilmalar talab qilinadi.
3) chervyagi yonida joylashgan reduktorlar. Chervyak vertikal yoki gorizontal holda o’rnatilishi mumkin. Bunday reduktorlarda ilashma va podshipniklarni moylash sharoitlari noqulaydir, shuning uchun ular mashinani loyixalash shartlariga ko’ra lokim bo’lgan xollardagina ishlatiladi. 2.1 — shaklda chervyagi yuqorida joylashgan reduktorlar ko’rsatilgan.
U quyidagi detal va ukellardan tashkil topgan:
chervyak;
chervyakli g’ildirak;
reduktor korpusi;
chervyakli g’ildirak vali podshipnigining qopqog’i;
chervyakli g’ildirak vali podshipnigining teshik qopqog’i;
chervyak podshipnigining yopiq qopqog’i;
chervyak podshipnigining teshik qopqog’i;
bosimni me’yorlaydigan tiqin;
ko’rish tuynugining qopqog’i;
podshipniklar;
elastik shaybali boltlar;
kichlagich;
chervyakli g’ildirak vali;
shponka;
moy ko’rsatgich;
moy to’ziladigan tiqin (shtutser);
qistirma.
Chervyak uglerodli va legirlangan po’latlardan tayyorlanadi. Chervyakni toblash, jilvirlash va silliqlash sirpanish tekligida bog’liq tarkda amalga oshiriladi. Chervyaklar sirtining shakliga qarab— silindrik va globoid (2.2 — shakl),
shuningdek, o’ramlar profili shakliga ko’ra — Arximed, konvolyutaviy va evolventaviy (2.3 — shakl) bo’ladi.
7.1-shakl.Chervyagi g’ildirak yuqorisida joylashgan reduktor.
Silindrik chervyaklar keng tarqalgan, globoid chervyaklar esa qiyosan yaqinda paydo bo’ldi. Globoid chervyaklar ko’p sonli tishlarning bir vaqtda ilashish va tutashish chikig’ining qulay o’rnashishi hisobiga silindrik chervyaklarga nisbatan yuqori yuklanish qobiliyatiga ega (1,5 - 2 marta).
Arximed chervyagi yuruvchi vintga o’xshaydi. U o’z o’ramlarining o’q buylab kesimida, konvolyutali chervyaklar esa o’ramlarining normal kesimida trapetsiadal profili uymaga (rekbaga) ega.
Evolventali chervyak o’ramlarining o’q bo’ylab kesimida evolventa profili uymaga ega, to’g’ri chiziqli profili esa kesimda asosiy aylanaga urinma bo’lib chiqilgandir.
Chervyaklar 1, 2, 3 va 4 kirimli bo’lishi mumkin. 3 kirimli chervyak standartlashtirilmagan. Kirimlar sonining (z1) ortib borishi bilan uzatmaning F.I.K. (η) oshib boradi. Bunda uzatish soni (u), chervyakli g’ildirakning eni (b2) va tashqi diametri (da2M) kamayadi (7.1 — jadval).
Z1
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Η
|
0,7 - 0,75
|
0,7 - 0,82
|
0,82 - 0,87
|
0,87 - 0,92
|
u
|
40 va undan katta
|
14- 40
|
10-27
|
20 va undan kichik
|
da2M
|
≤ da2+2m
|
≤ da2+1.5m
|
≤ da2+1.5m
|
≤ da2+m
|
b
|
≤0,75da1
|
≤0,75da1
|
≤0,75da1
|
≤0,67 da1
|
Chervyakli g’ildirak sirpanish tekligi υs ga bog’liq ravishda cho’yan, plastmassa va bronkadan tayyorlanadi. Katta g’ildiraklarni tayyorlashda ular rangli metallarni tejash maqsadida qo’shma (chambaragi antifriksion materiallardan, markazi esa cho’yandan) holda yasaladi.
Reduktor korpusi ko’pincha kulrang cho’yandan, ba’zida po’latdan (yakka holda ishlab chiqarishda) tayyorlanadi. Reduktor korpusi chervyak va chervyakli g’ildirak vallari uchun tayanch vazifasini o’taydi. Uning o’zi moy uchun rekervuar (idish) bo’lib ham hisoblanadi, shuningdek, ilashmaga atmosferadan turli karralarning tushishiga yo’l qo’ymaydi. Ushbu maqsad uchun kichlagichlar ham xizmat qiladi. Ular orqali vallarning uchlari chiqib turadi. Kichlagichlar, shuningdek, reduktordan moy siqishiga yo’l qo’ymaydi.
Kichik o’lchamli chervyakli reduktorlarda korpus ajralmaydigan qilinadi. Unda (korpusda) podshipniklar o’rnatiladigan ajraladigan yon qopqoqlar joylashtiriladi. Katta korpuslar chervyakli g’ildirak vali o’qi bo’ylab ajraladi. Reduktor korpusi ko’pincha qovurg’ali qilib tayyorlanadi. Bu issiqlik qaytarish yuzasini kengaytiradi .
Korpusning yuqorigi qismida mexanikmni ko’rikdan o’tkazish va moy quyish uchun teshik qilinadi. U qopqoq bilan bekitiladi, unda korpusning ichida bosimni kamaytirish uchun bosim me’yorlangich tiqin o’rnatiladi. Korpusning yon sirtida tuynuk qilinadi , u orqali g’ildirak tishlari va chervyak ilashmasining to’g’riligi kuzatiladi. Тo’g’ri ilashishda kontakt (tegib turish o’rni) dog’i tishlarning o’rtasida joylashishi kerak, ya’ni chervyakli g’ildirakning o’rta tekisligi
9.2 – shakl.
chervyak markazidan o’tishi kerak. Yon tuynuk qopqoq bilan yopiladi. Unda moy ko’rsatgich o’rnatiladi. (Moy ko’rsatgich ko’pincha qopqoq asosining biqinidagi teshikda o’rnatiladi). Mazkur qopqoq pastida tiqinli moy to’ziladigan teshik mavjud. Тayanchlar orasidagi masofa 200 mm gacha (gohida 250mm gacha) bo’lgan chervyaklar radial — tirak podshipniklarda o’rnatiladi. 2.1 — shaklda ko’rsatilganidek, tayanchlararo masofa katta bo’lganida chervyak o’q bo’yicha bitta tayanchda siljimaydigan qilib o’rnatiladi. Bu tayanchda ikkita radial - tirak podshipniklar qo’yiladi. Boshqa tayanchda val uchining o’q bo’ylab siljishiga yo’l qo’yadigan suquvchi podshipnik (odatda radial) o’rnatiladi. Chervyakli g’ildirak vali doimo radial — tirak podshipniklarda o’rnatiladi, negaki tayanchlararo masofa odatda 200 mm dan oshmaydi. Ba’zida podshipnikli ukellar moy saqlagich xalqalar bilan ta’minlanadi . Ulardan chervyakning aylanaviy tezligi 3 m/s gacha bo’lganda va moylash uchun plastik moy qo’llaganda foydalaniladi. Bu kichlagichlar moyni markazdan qochma kuchlar ta’sirida sikishdan saqlaydi.
Uskuna va asboblar
Reduktorni ajratish va yig’ish uchun quyidagilarga ega bo’lish kerak: chervyakli reduktor, reduktor chizmasi, gaykalarga mo’ljallangan kalitlar to’plami , shtangenreysmas shtangensirkul , masshtabli chikgich , kronsirkul , soklovchi qistirmalar to’plami , maxsus yupqa oraliq o’lchagichlar (shuplar), chervyakli g’ildirakning chervyak bilan kontakti (tegish joyi) dog’ini tekshirish uchun bo’yoq..
4. Ishni bajarish tartibi
1. Reduktor tashqi ko’rikdan o’tkakiladi.
2. Shtangenreysmas bilan ikki —uch marta chervyak va chervyakli g’ildirak vallari o’qlari orasidagi masofa , ya’ni o’zatmaning o’qlararo masofasi aniqlanadi.
3. Reduktorni qismlarga ajratish quyidagi ketma — ketlikda bajariladi:
a) 4 qopqoq qistirmalari bilan yechiladi. Bu uchun avvalo II boltlarni burab bo’shatish kerak;
b) qopqoq qistirmalari bilan birgalikda yechiladi;
v) chervyakli g’ildirak val va podshipniklar bilan birga yig’ilgan Holda chiqariladi. Podshipniklar valga tig’iklik bilan o’rnatilgani uchun bu ukel qismlarga ajratilmaydi;
g) yuqorida ko’rsatilgan tartibda yuqorigi qopqoqlar va chervyak podshipniklari bilan birga yechiladi;
d) 8 qopqoq qistirmalari bilan birgalikda yechiladi;
ye) 15 moy ko’rsatgich yechiladi;
j) 16 to’zuv tiqini qistirmasi bilan birgalikda yechiladi;
k) 9 qopqoq qistirmalari bilan yechiladi.
4. Reduktorning detal va ukellari ko’rib chiqiladi, chervyakli uzatmaning asosiy parametrlari o’lchanadi va hisoblanadi :
a) reduktor korpusi xamda chervyak va chervyakli g’ildirak vallaridagi podshipniklar ukellari ko’rib chiqiladi. Bunday konstruksiyalar qanday Xollarda qo’llanilishi aniqlanadi:
b) kirimlar soni, chervyakning ko’rinishi va uning o’ramlari profeli aniklanadi. Nega chervyakning aynan shunday konstruksiyasi tanlanganligi aniqlanadi;
v) chervyakning tashqi diametri va o’ramlarining o’q bo’yicha qadami 2 — 3 marta o’lchanadi;
g) chervyakli g’ildirak ko’rib chiqiladi, u qanday materialdan va nima uchun shunday tayyorlanganligi aniqlanadi;
d) g’ildirak tishlari soni hisoblanadi va eni o’lchanadi;
ye) chervyakli ilashmaning xamma geometrik parametrlari hisoblanadi va ular standart qiymatlari bilan taqqoslanadi.
Agar ular standart qiymatlardan o’lchash aniqligi chegaralarida farq qilsa , yaxlitlanadi.
5. Reduktorni yig’ish quyidagi ketma — ketlikda amalga oshiriladi:
a) 4 va 5 qopqoklar ostiga qo’yiladigan qistirmalar qalinligi aniqlanadi. Buning uchun 4 qopqoq o’rnatiladi va diagonal bo’yicha faqat ikkita vintda burab mahkamlanadi. Shundan keyin oraliq o’lchagichlar yordamida kopqok flanetsi va korpus
orasida 5 — oraliq (2.4 — shakl ) o’lchanadi. So’ngra qopqoq yechiladi va to’plamdan qalinligi δ oraliqdan 0.1 mm qalinrok qistirmalar tanlab olinadi. Qistirmalar qalinlik bo’yicha ikkita teng bo’laklarga bo’linadi (δ1 va δ2);
b) δ1 qalinligdagi qistirmalar o’rnatiladi va 5 qopqoq diagonal bo’yicha faqat ikkita vint vositasida mahkamlanadi (qolgan vintlar ilashma to’triligi tekshirilgandan keyin o’rnatiladi);
v) chervyakli g’ildirak tishlari bo’yoq iklaridan tozalanadi va g’ildirak reduktor korpusida o’rnatiladi;
g) 4 qopqoq qistirmalari bilan birgalikda o’rnatiladi, diagonal bo’yicha ikkita vint yordamida mahkamlanadi;
d) yuqorida ko’rsatilgan tartibda (a, b, v, g bandlaridagiday) 6, 7 qopqoqlar chervyak podshipniklari bilan birga reduktor korpusiga o’rnatiladi;
ye) aylantirish yo’li bilan ilashma ishi tekshiriladi (val erkin aylanishi kerak);
yo) qistirma va 16 tiquv tiqini o’rnatiladi;
j) ilashmaning to’triligi tekshiriladi, karur bo’lganda u soklanadi (ilashmani tekshirish va soklash tartibi quyida keltiriladi );
k) qistirmalar, 9 qopqoq va moy ko’rsatgich o’rnatiladi;
i) 8 qopqoq tiqin — bosim me’yorlagich bilan birgalikda o’rnatiladi;
k) 4 va 5 qopqoqlarni o’rnatishda qolgan vintlar maXkamlanadi. 6. Ilashma to’g’riligini tekshirish :
a) chervyakli g’ildirakning 3 — 4 ta tozalangan tashiga bo’yoq surtiladi;
b) bo’yalgan tishlarini ilashmaga kiritgandan so’ng
chervyakning chervyakli g’ildirak bilan kontakti (tegish joyi) dog’i tekshiriladi;
v) karurat tug’ilsa, ilashma soklanadi.
Тegishli qistirm larni tanlash bilan kontakt dog’i chervyakli g’ildirakning o’rta tekisligiga nisbatan simmetrik joylashishiga erishish kerak.
5. Ish bo’yicha Xisobot
Reduktorning kinematik sxemasi, chervyak va chervyakli g’ildirakning eskiki chiziladi.
2.2 va 2.3 — jadavallar to’ldiriladi.
Nazorat savollari
Chervyakli reduktorlar qanday alomatlariga ko’ra farqlanadi ?
Chervyakli uzatmalar tishli uzatmalarga nisbatan qanday afkallik va kamchiliklarga ega ?
Chervyakli uzatmalarni o’rnatish aniqligi qanday aniqlanadi ?
Chervyaklar qanday belgilari bo’yicha ajratiladi ?
Chervyak va chervyakli g’ildirak qanday materiallardan tayyorlanadi ?
Chervyakli uzatmaning uzatish soni va foydali ish koeffitsiyenti nimalarga bog’liq ?
4.Тajriba natijalari
.2 — jadval
Detal va ukel-larning nomlanishi
|
Konstruksiya — ning aloXida jiXatlari
|
Ko’rik natijalari
|
Qanday Xollarda ishlatiladi
|
Reduktsr
|
qrvurg’alilik
|
|
|
korpusi
|
Ajraluvchanlik
|
|
|
|
G’ildirakka nis — batan joylashuvi
|
|
|
Chervyak
|
Kirimlilik
|
|
|
|
sirtning yasovchilar bo’yicha ko’rinishi
|
|
|
|
o’ramlar profili
|
|
|
Chervyakli
|
Konstruksiya
|
|
|
g’ildirak
|
Material
|
|
|
Chervyakning podshipnikli
|
ukelning chervyak validagi konstruk — siyasi
|
|
|
ukeli
|
moy saqlagich Xalqalarning mavjudligi
|
|
|
2.3 —jadval
Kattalikning nomlanishi va o’lchov birligi
|
Belgi-lanishi
|
Aniqlash
usuli
|
Kattalikning qiymati
|
Uqlararo masofa, mm
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |