Chaqaloqlik davrining psixologik
xususiyatlari
Chaqalolik davri. Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha zaif tug`iladi. Unda zarur fiziologik funkciyalarning kechishi uchun zarur bo`lgan shartsiz reflekslari, himoya refleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida bosh miyaning rivojlanishining zarur sharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar chaqaloq sensor izolyaciya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi keskin ravishda orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emocional harakat paydo bo`ladi. Oyoqi va qo`llari bilan tipirchilay boshlaydi. Bu reakciya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo`lishi chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi.
Go`daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o`z ichiga oladi. Bu yosh davrda etakchi faoliyat kattalar bilan emocional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g`o`ldirash belgilari paydo bo`ladi.
Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o`zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so`zni o`zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o`rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi.
O.Bryune ma`lumotlariga ko`ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat`iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko`rsatadilar. 1 yoshgacha bo`lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan kat`iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar.1 yoshgacha bo`lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga borib, o`tirishni o`rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bulib, bola ko`p xato qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go`dak predmetlar bilan oddiy manikulyaciya qilishni o`rganadi. So`ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko`rish idroki planiga o`ta boshlaydi. Go`daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi.Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa faoliyat turlari, masalan, qiyin va produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa yasash) rivojlana boshlaydi.Bu yosh davri nutqning rivojlanishidagi senzitiv davri hisoblanadi. 1,5 yoshgacha bola 100 tacha, 2 yoshgacha 300 tacha, 3 yoshgacha 1500 so`zni o`zlashtiradi. Tilning grammatik tuzilishini o`zlashtirish bir necha bosqichga bo`linadi.
Avtonom nutq davri 1-2 yoshda bo`lib, nutq amorif so`z o`zaklardan iborat.3 yoshgacha davrda esa ona tilining grammatik tuzilishini o`zlashtira boshlaydi. Ilk bolalik davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana boshlaydi.Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini engil o`zlashtirib oladi. Tadqiqotchi E.K.Kaverlanning tajribasida tasdiqlanganidek bolaning predmetlarni tushunishi quyidagi tartibda yuz beradi:
1) bola eng avval predmetlarning nomlanishini;
2) katta odamlarning va o`yinchoqlarning nomlarini o`zlashtiradi;3) tana a`zolarining nomlarini o`zlashtiradi.
Ilk bolalik davrida bola shaxsi shakllanishi boshlanadi. Bolada “men o`zim” konsepciyasi vujudga keladi. Bu yosh davri 3 yoshlilar krizis davrining yuzaga kelishi bilan tugaydi. Krizisning sababi bolada ma`lum darajada mustaqillikka ehtiyojning paydo bo`lishi, kattalarning esa eski munosabatlar tipini saqlab qolishidir.
Maktabgacha yosh davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensiv o`sishi davom etadi. Bosh miya og`irligi 1350g-gacha etadi, ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy situaciyasi o`zgaradi. O`yin faoliyati etakchi faoliyat turidir. Rolli o`yinlar jarayonida ular katta odamlarning barcha vazifa va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Rolli o`yinlarni vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri, bolada o`z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish tuyg`usining mavjudligidir. Bolalarning o`yin faoliyati D.B.el`konun, A.S.Slavina, A.P.Usova va boshqa psixologlar o`rganishgan. O`yin faoliyati ixtiyoriy diqqat va xotiraning, tafakkurning rivojlanishini belgilab beradi. Bola predmet va harakatlarni birlashtirishni o`rganadi. Bolaning hayoli ham faqat qiyin faoliyatdagina rivojlana boshlaydi. 3 yoshdan 7 yoshgacha barcha bilish jarayonlari o`sadi, sezgirlik kuchayadi, bola sensor etalonlarni o`zlashtiradi, xotiraning hajmi o`sadi. Ilk bolalik davrida ko`rgazmali harakatli tafakkur va sekin-asta mantiqiy tafakkur shakllari etakchi rol` o`ynay boshlaydi. Bolaning tafakkuri tarli faoliyatlarda, xususan, o`yin faoliyatida rivojlanadi. Predmetlarni ularning simvollari bilan almashtirish yuz beradi. Bilish jarayonlari va o`yin faoliyati bola nutqini rivojlantiradi. Bolaning nutqi situativ xarakterga ega, maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib esa u o`z ona tilini, grammatik tuzilishini yaxshi o`zlashtiradi, ichki nutq paydo bo`ladi, nutq alohida faoliyat tarzida shakllanadi.
Bola shaxsining rivojlanishida ham o`zgarishlar yuz beradi. Uning shahsiy xulq atvori aktivligida esa motivlar shrarxiyasi paydo bo`la boshlaydi. O`zining va tengdoshlarining ishlarini baholay boshlaydi. Shu tarzda o`z-o`zini baholash yuzaga keladi. Maktabgacha yosh davr davomida maktab ta`limiga tayyorlik shakllanadi. 6 yoshli bolada bilimga qiziqish, (narsa va hodisalarning xossalarini qidirish va taqqoslash, ajablanish) oddiy aqliy operaciyalarni bajara olish qobiliyati shakllangan bo`lishi, emocionalg`irodaviy jihatlari, muloqot ko`nikmalari etarlicha bo`lishi kerak.
Bolaning ona qornidagi o’sish davri onaning organizmiga uzviy bog’liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish,. nafas chiqarish, havo haroratining o’zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi.
Chaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarish daqiqasida ijtimoiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim. ahamiyatga egadir.
SHunnng uchun tug’ilish tabiatning chaqaloq organizmni kuchli larzaga keltiruvchi mo’jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo’lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg’ak organizmida tub o’zgarishlar ro’y beradi, uning yangi sharoitlarga ko’nikish davri kurashlar ostida o’tadi. Chaqaloq organizmi miqdor va sifat o’zgarishlariga, tashqi olamning qarshiligiga, ta’siriga, tazyiqiga duch keladi; fazo, vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po’stida aks eta boshlaydi.
Chaqaloqda ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstatatsion bog’liqlik davri tugagan bo’lsada, biroq u dastlabki daqiqalardan boshlab; mustaqil yashay olmaydi, onaga fiziologik jihatdan tobeligacha qolaveradi. Chaqaloq yashashi uchun organizmi talab qiladigan ovqat, oqsillar mazkur o’sish pallasida ona suti orqali borib turadi. Bola onaning qornida mo’tadil haroratda, oziq yetarli darajadagi sharoitda, hatto, organizmning funksional holati ham ona organizmiga bevosita bog’liq holda yashagan bo’lsa, tug’ilishi bilanoq birdaniga yangi murakkab, qiyin sharoitga tushib qoladi.
Tug’ilgan chaqaloq havo bo’shlig’i va havoning bosimiga duch kelishi sababli tabiiy talabga ko’ra uning nafas olishl va nafas chiqarishi o’zgaradi. Salqin, xavo oqimiga tushishi bilan haroratning ta’siriga moslashish uchun harakat qiladi. Unda ovqatlanish usuli va vositasi ham o’zgaradi, ya’ni plantsentar oziqlanish (ona organizmidan bevosita keng moddalar so’rilishi)dan oraliq oziqlanish (ovqat og’iz bo’shlig’i orqali me’da ichakka borishi)ga o’tadi.
Chaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda himoyaga muhtojroq, nochorroq bo’lib tug’iladi.Tug’ilish arafasida unda nasliy yo’l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo’ladiki, bular yangi hayot sharoitiga , moslashishni birmuncha yengillashtiradi.
" Chaqaloq tug’ilganda uning ovqatlanish reflekslari ma’lum darajada shakllangan: asosan, so’rish, emish reflekslari o’z, vazifasini ado etishga tayyor bo’ladi.
Shart-sharoitlar uning o’sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini o’taydi. Atrof-muhitning xususiyat va xodisalari go’dakning psixik dunyosiga singdiradilar. Shiqildoqlar shakli, rangi har xil o’yinchoqlar va hokazolarni bolaning diqqatiga havola qilish unda jismlar to’g’risida tasavvur obrazlarini yaratadi, Go’dakning hissiy bilish organlari esa ularni aks ettiradi. O’zaro muloqot jarayonida,jismlarni ushlashga o’rgatish, mashqlar natijasida go’dak «tanish» jismlarga talpinadigan, ularga, qo’l cho’zadigan bo’la boshlaydi, unda rang va shaklni farqlash imko-niyati tug’iladi.
Ta’sir o’tkazishning keyingi murakkabroq bosqichida bola kattalar yordami bilan o’tirish, o’rnida dumalash, tik turish, ovqatlanish quroldoridan to’g’ri foydalanishni, uzluksiz va mazmunli harakatlarni amalga oshirishni o’rganadi. Shuning uchun aks ettirish qaysi bosqichdaligidan qat’iy nazar, bevosita yo’l bilan amalga oshadi. Umuman, go’daklik davrining dastlabki bosqichida olam, barcha ashyolar, jismlar to’g’risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, timsollar va hokazolar bolaning kattalar bilan hamkorligi shu tariqa rivojlanib boradi.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib,rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Muayyan bir yosh davriga hos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga hos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.
Bolaning o‘ziga hos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir hil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o‘ziga hos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga hos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga hos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib bo‘lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr.
2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5. O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar) 14-15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o‘quvchilari (o‘spirinlar) – 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o‘sishiga hos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o‘quvchilariga emotsionallik hos, ularning fikrlashi obrazli bo‘ladi, his-tuyg‘ulari mazmuni o‘zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O‘rta maktab yoshi (o‘smirlik 12-15 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |