Chala o‘zgarish bilan
7.3. HASHAROTLAR SINFI
Ninachilar Ninachilar turkumi. Ninachilar – eng qadimgi hasharotlar. Ularning qanotlari taxlanmasdan tanasi ikki yoniga yoyilib turadi. Qorin bo‘limi ingichka va uzun bo‘ladi. Ko‘zlari juda yirik, lichinkasi suvda rivojlanadi Ninachilar va ularning lichinkalari yirtqich yashaydi. Voyaga yetgan ninachilar o‘ljasini oldingi oyoqlari yordamida havoda tutadi. Ular zararkunanda va qon so‘ruvchi hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Ninachilarning lichinkalari chivinlar, kunliklar va boshqa hayvonlarning suvda yashaydigan lichinkalari bilan oziqlanadi. Vohalardagi suv havzalari yaqinida moviy ninachi, tog‘li hududlarda halqali Vohalardagi suv havzalari yaqinida moviy ninachi, tog‘li hududlarda halqali ninachi, oqmaydigan suv havzalari yaqinida suluv ninachi uchraydi. To’g’riqanotlilar To‘g‘riqanotlilar turkumi. To‘g‘riqanotlilarning oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari esa yelpig‘ichga o‘xshab oldingi qanotlari ostida taxlanib turadi. Ularning og‘iz organlari kemiruvchi, orqa oyoqlari sakrovchi tiðda tuzilgan. To‘g‘riqanotlilar tuxumlarini tuproqda maxsus ko‘zachaga qo‘yadi. Ularga chigirtkalar, temirchaklar, chirildoqlar kiradi. Ko‘pchilik turlarining ovoz chiqarish va eshitish organlari bor. To‘g‘riqanotlilar – juda ochko‘z o‘txo‘r hayvonlar. Ayrim yillari chigirtkalar tez ko‘payib, juda katta gala hosil qiladi. Bunday gala harakat qilganida yo‘lida uchraydigan hamma o‘simliklarni yeb ketaveradi. Cho'lchigirtkasi Osiyo chigirtkasi Qandalalar Qandalalar turkumi. Qandalalar birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof. Shuning uchun ular yarim qattiqqanotlilar deb ham ataladi. Ko‘pchilik turlari o‘simlik shirasini so‘rib oziqlanadi. Cho‘l va dashtlarda keng tarqalgan hasva qandalasi donli ekinlar doni va bargini so‘rib oziqlanadi. Qandalalar orasida qon so‘ruvchi parazitlari ham bor. To‘shak qandalasi xonadonlarda yashaydi; odam va hayvonlar qonini so‘radi. To‘shak qandalasining qanotlari bo‘lmaydi; tanasi mayda sezgir tuklar bilan qoplangan; hidni juda yaxshi sezadi. To’shak qandalasini paydo bo’lishi. - To‘shak qandalasining paydo bo‘lishida eng katta xavf bu zararlangan joylardan ularni olib kelish, masalan ta’tildan qaytganda, do‘stingizning zararlangan uyida yotib qolganingizda va ayrim mehmonxonalardan qaytganda qandalarni kiyimingiz, portfelingiz yoki sumkangiz yordamida o‘zingiz bilmagan holda olib kelishingiz mumkin.
- Uy uchun mebel, maishiy texnika, kiyim-kechak va boshqa hashorot bilan “zararlangan” buyumlarni xarid qilganingizda ular bilan birga qandalani ham xonadoningizga olib kelishingiz mumkin.
To’shak qandalasining oziqlanishi - hashorotning lichinkasi chaqganida, yetilgani kabi og‘riq qoldiruvchi suyuqlik ajralmaydi va inson lichinkaning ta’sirini his qilishi mumkin. Odatda lichinka tez-tez qon bilan oziqlanadi, lekin kichik qismlarni zararlaydi. Ba’zida ovqatlanish jarayoni faqat 5 daqiqa davom etadi, ammo keyingi kun parazitlik yana takrorlanadi.
- To‘shak qandalasi terining nozik bo‘lgan joylaridan chaqadi. Chunki qon tomirlari teri yuzasiga yaqin joylashgan bo‘ladi. Har bir muvaffaqiyatli luqmadan hashorot 1,5 ml gacha qon so‘rib olishi mumkin. Bu katta hashorotlarni to‘ydirish uchun yetarli emas. Shuning uchun ham ular bir marta to‘yib ozuqlanishi davomida 5-7 tacha joyni chaqishadi.
To’shak qandalasi (klapa) chaqish oqibatlari - Hashorot odamni chaqishi natijasida qizil shishlar teri yuzasi bo‘ylab paydo bo‘ladi. Ularning har biri taxminan 1 smdir. Bir vaqtning o‘zida o‘sha maydon bir necha marta chaqilsa, katta qizil nuqta paydo bo‘ladi. Ushbu soha shishib kattalashadi, kuchli qichishish kuzatiladi. Agar hashorot odamni qayta chaqmasa, paydo bo‘lgan belgilari 3-5 kun ichida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Ba’zida odamlar odatdagi dori preparatlaridan foydalanib, yallig‘lanishni, shishishni, qichishishni kamaytiradilar. To‘shak qandalasi chaqgandan so‘ng, teridagi o‘zgarishlar inson tanasining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Allergiyaga moyil bo‘lgan odamlarda alomatlar biroz og‘irlashadi. Va quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:
Kichik hajmli shshlar pufakchalarga aylanadi; - Kichik hajmli shshlar pufakchalarga aylanadi;
- Bundan tashqari, allergik toshmalar paydo bo‘ladi;
- Terining sezuvchanligi yomonlashadi;
- Tana harorati ko‘tariladi;
- Tumov, burun bitishi holatlari kuzatiladi.
Termitlar Tårmitlar turkumi. Jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar. Termitlar oilasi bittadan urg‘ochi va erkak termitlar hamda bir necha yuzdan milliongacha ishchi va qo‘riqchilardan iborat. Ona termit juda yirik, 10 yilgacha yashab, umr bo‘yi 115 milliontagacha tuxum qo‘yadi. 10 yilgacha yashab, umr bo‘yi 115 milliontagacha tuxum qo‘yadi. Ishchi termitlarning tanasi oq tusda bo‘lganidan, ularni ba‘zan oq chumolilar ham deyiladi. Ular voyaga yetmagan urg‘ochilar bo‘lib, in qurish va oilani boqish vazifasini bajaradi. Qo‘riqchi termitlarning boshi yirik, jag‘lari kuchli rivojlangan. Ular oilani qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Termitlar o‘simlikning yog‘ochlik qismi bilan oziqlanadi. Tropik o‘lkalarda termitlar yer yuzasidan 15 m gacha balandlikda in quradi. O‘rta Osiyo cho‘llarida tuproq yuzasiga, shuningdek, shahar va qishloqlardagi binolarning yog‘ochlik qismiga turkiston termiti in quradi. Oq chumolilar Etiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |