Цель модуля, непрерывность обучения, индивидуализация, оптимизация



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.05.2023
Hajmi0,64 Mb.
#938209
TuriПрограмма
Bog'liq
Maqola malaka









цель модуля, непрерывность обучения, индивидуализация, оптимизация, 
предмет, модульное управление, дидактическая цель, модульная программа, 
учебная программа, проблемная речь, структурирование, систематизация, 
виртуальный опыт, ментальная атака, проблемное общение, эвристический 
разговор. 
Modulli ta`lim texnologiyasi bu, talabalar tomonidan bilimlarni mustaqil tarzda o`zlashtirishga, 
o`qituvchi esa ularning o`quv faoliyatini, elektron muloqot orqali, boshqarib borishiga 
asoslangan bo`ladi. Ushbu jarayonda o`qituvchi talabalarni o`quv faoliyatiga yo`naltirishi, ularda 
ushbu faoliyatga nisbatan qiziqishni hosil qilishi, mustaqil o`quv faoliyatini tashkil etishi, 
muvofiqlashtirishi va o`z o`rnida maslahatlar berib borishi lozim. Ushbu texnologiya zamonaviy 
axborot kommunikatsion texnologiyalaridan, internet tizimidan foydalanish bilan birgalikda 
pedagogik nazariya va amaliyotda to`plangan barcha ilg`or tajribalarni o`zida mujassamlashtiradi 
. Ushbu texnologiyaning biror bir fanga va qanday ta`lim muassasasida o`qitilishidagi tadbiqiga 
keladigan bo`lsak, masalan fizika fanining Jizzax davlat pedagogika institute Fizika va 
texnologik ta’lim fakulteti “Texnologik ta’lim” yo’nalishida o`qitilishiga, ushbu yo’nalishda 
fizika fani umumta`lim fani sifatida o`qitilib, soat nisbatan kam ajratilgan, jami soatlar 60 soat 
bo`lib, dars turlariga keladigan bo`lsak 20 soat ma`ruza, 30 soat amaliy va 10 soat laboratoriya 
mashg`ulotlaridan iborat xolos. Fizika fanining 5 ta bo`limdan tashkil topganligini va fanning 
ushbu sohadagi yuksak ahamiyatini inobatga oladigan bo`lsak ajratilgan vaqtning nihoyatda 
kamligi yaqqol ko`rinadi. Ushbu soatlar hajmida butun bir fanni o`zlashtirish uchun fanning 
kattagina qismini mustaqil o`zlashtirishga to`g`ri keladi va aynan shu joyda modulli o`qitish 
texnologiyasi yordamga kelishi mumkin. Bularda kelib chiqadiki, demak, ma`ruza 
mashg`ulotlarida modulning maqsadi, uning qanday mavzulardan tashkil topganligi, ulardagi 
asosiy fizik qonuniyatlar, muhim fizik jarayonlar, muhim effektlar sanab o`tiladi va barchasining 
ushbu sohada ishlatilishi ustida to`xtalinadi, qanday adabiyotlardan foydalanish keltirib o`tiladi, 
mavzu bo`yicha namunaviy texnik masalarni yechib ko`rsatilib, mustaqil ishlanishi lozim 
bo`lgan masalalar beriladi, shu bilan birgalikda modul mavzulariga oid qanday virtual 
laboratoriya ishlari mavjudligi va ularni qanday manzillardan olish mumkinligi keltiriladi. 
Natijada talabalar tomonidan bitta modul bo`yicha faqat bitta laboratoriya ishi emas, bir qancha 
laboratoriya ishini bajarish mumkin bo`lsa, amaliy mashg`ulot bo`yicha bir nechta masala emas, 
bir necha o`nta masala yechish mumkin bo`ladi . Mazkur tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning 
obyektivlik, mantiqiylik, analiz, sentiz metodlaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada Oliy 
ta’lim tizimida fizika fanini modulli texnologiya asosida o`qitish mexanizmlari qiyosiy tahlil 
qilib o’tildi. Bugungi kundagi innovatsion ta’lim metodlarining rivojlantirish bosqichlari 
mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Bugungi kunda Oliy ta’lim sohasidagi qonunlar 
metodologik manba sifatida olindi Modulli o`qitishda bularning barchasi o`qituvchi bilan 
elektron muloqot tarzida olib borilib, ma`ruza materiallari bo`yicha, masala yechishlar bo`yicha, 
laboratoriya ishlarini
bajarishda tushunish qiyin bo`lgan joylarda yordam olinib, yanada mustaqil bilim olishni, 
mustaqil masalalar yechishni, mustaqil laboratoriya ishlarini bajarishni davom ettirish mumkin. 
Fanning xususiyatidan kelib chiqib, fanni tushuntiruv apparatining qat`iy tizimli tahlili asosida 
eng samarali modul tuziladi. Ushbu ta`lim muassasasida fanni o`qitish 10 tagina ma`ruza 
darslariga tayanilgan bo`lgani uchun ham ayrim hollarda fizikaning bitta bo`limi bitta ma`ruza 
bilan qamrab olinishi, xuddi shunday butun bir bo`lim bo`yicha yechiladigan masalalar ham bitta 
amaliy mashg`ulot darsida ko`rib chiqilishi kerak bo`ladi, laboratoriya mashg`ulotiga kelsak 
480


bunda ham faqat bitta laboratoriya ishi bilan chegaralanishga to`g`ri kelinadi. Bu bilan esa biz 
bu kabi keng qamrovli fanning, hech bo`lmaganda, ushbu sohada muhim ahamiyat kasb 
etadigan qonuniyatlari, jarayonlari va hodisalarini ko`rib chiqishga ulgurmaymiz, albatta. 
Shundan kelib chiqib, xuddi mana shu joyda fanning o`qitilishiga modulli texnologiyani 
qo`llasak, vaziyatdan bir qism chiqishimiz imkonini beradi. Zero, modul alohida guruhlangan 
mavzular bo`yicha tuzilishi lozim bo`lganini inobatga oladigan bo`lsak, ushbu ta`lim 
muassasasida mavzular tabiiy guruhlangan, ya`ni bir xil fizik jarayonlar bitta mavzuga 
birlashtirilgan holda o`qitiladi, masalan “Tebranishlar va to`lqinlar” mavzusini oladigan bo`lsak, 
bunda mexanik tebranishlar va to`lqinlardan boshlab, elektromagnit tebranishlar va 
to`lqinlargacha va hatto tovush tebranishlari va to`lqinlarini ham o`zida qamrab olgan. Bu esa 
modul tuzish uchun ayni muddao. Modulli o`qitishda o`qitishning uzluksizligini ta`minlash, 
o`qitishni individuallashtirish, materialni mustaqil o`zlashtirish uchun shart-sharoit yaratish, 
o`qitishni jadallashtirish, fanni samarali o`zlashtirishga alohida e`tibor qaratiladi. Shu bilan 
birgalikda talabalarning o`z qobiliyatiga ko`ra bilim olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. 
O`qitishning samaradorligi esa quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi: o`quv muassasasining moddiy-
texnik bazasiga, professor-o`qituvchilarning malakaviy darajasiga, adabiyotlar bilan 
ta`minlanganligiga, didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga, ko`zlangan natijalarni o`z vaqtida 
baholashga, natijalarning tahliliga va modullarni optimallashtirishga. Modulli o`qitishda talaba 
va o`qituvchi orasidagi muloqotning shakli o`zgaradi. U modul hamda shaxsiy individual 
muloqot, ya`ni sub`yekt-sub`yekt shaklida amalga oshadi. Talaba o`quv jarayonining aksariyat 
qismida mustaqil ishlaydi. Ular o`z faoliyatlarini rejalashtirish, mustaqil tashkil etish, nazorat 
qilish va baholashga o`rganadilar. O`qituvchi ham talabalarning o`quv-biluv faoliyatlarini 
modulli boshqarish imkoniyatiga ega bo`ladi. Ushbu boshqaruv muayyan maqsadga 
yo`naltirilgan bo`ladi. Yozma tarzidagi aniq modullar o`qituvchilarga talabalar faoliyatini 
individuallashtirish imkonini beradi. Bu o`rinda yakka tartibdagi maslahatlar berish, yordam 
ko`lamini kengaytirish imkoniyatlari ham paydo bo`ladi. Buning uchun o`qituvchilar modulli 
dasturga ega bo`lishlari kerak. Ushbu dastur didaktik maqsadlar va modullar majmuidan iborat 
bo`lishi lozim. Modullar esa qo`yilgan maqsadga erishishni ta`minlashga xizmat qilishi zarur. 
Didaktik maqsad esa ikkita darajaga ega bo`ladi: talabalarning o`quv materialini o`zlashtirishlari 
va o`zlashtirilgan bilimlardan kelgusidagi amaliy faoliyatlarida foydalana olishlari. Oliy ta`lim 
muassasalari o`quv-metodik majmualari moduli bo`yicha quyidagi o`quv materiallari 
tayyorlanishlari lozim: sillabus, modulni o`zlashtirishdagi maqsad, modul bilan ishlashdagi 
metodik tavsiyalar, nazariy axborot banki va tayanch tushunchalar, amaliy va laboratoriya 
mashg`ulotlari mazmuni, topshiriqlar va ularni bajarishga yordam beruvchi tavsiyalar, joriy 
nazorat topshiriqlari, individual holda bajariladigan mustaqil topshiriqlar, talabalar bilimini 
nazorat qilish uchun testlar, o`zo`zini tekshirish uchun savollar, talaba yig`ishi mumkin bo`lgan 
reyting ballari. Har bir modul test sinovlari bilan tugallanadi . Har qaysi modul uchun 
adabiyotlar, tarqatma va tasvirli materiallar to`plami tuziladi va ular talabaga mashg`ulotdan 
oldin elektron shaklda beriladi. Har bir talaba materiallarni o`zlashtira borib, bir moduldan 
keyingisiga o`tadi. Iqtidorli talabalar boshqalarga bog`liq bo`lmasdan test sinovlaridan o`tishi 
mumkin. Modulli o`qitishda har bir modul bo`yicha umumlashtiruvchi axborotlar beruvchi 
muammoli va yo`naltiruvchi ma`ruzalar o`qilishini talab qiladi. 
481 


Ma`ruzalar talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilmog`i lozim. 
Modulning amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari ma`ruzalar bilan birga tuziladi, ular eng avvalo, 
ma`ruzalar mazmunini yangi materiallar bilan to`ldiradi, qolaversa ma`ruzada berilgan nazariy 
bilimlarning amalda qo`llanilishini masala va misollar yechish va tajriba ishlarini bajarish orqali texnik 
masalalarning nazariy va eksperimental yechimiga o`zlarida ko`nikmani shakllantirib boradi. Undan 
tashqari, amaliy mashg`ulotlar kelgusida ular tomonidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining nazariy 
tomoniga, laboratoriya ishlarini, natijalarga statistik ishlov berish, laboratoriya ishini ilmiy xulosalar bilan 
tugatishga o`rganib borish orqali ilmiy tajribaviy ishlarga ko`nikmani shakllantirib boradi. Ma`ruzalar 
matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini qo`llab, materialning blok-sxema, rasmlar 
bloki va virtual tajribalarni kiritgan holda taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo`ladi, materialning 
o`zlashtirish samaradorligi oshadi. Natijada: modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi, o`quv 
materialining elementlari orasidagi bog`lanishlar yaqqol ko`rinib turadi, o`quv materialining butun hajmi 
talabaning ko`z o`ngida gavdalanadi va eng muhimi har bir fizik qonuniyat, fizik jarayonning ushbu 
sohada ishlatilishi haqida tasavvur hosil bo`ladi. Bu esa dars mashg`ulotiga bo`lgan motivatsiyani 
shakllantiradi. Modul tizimida o`quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo axborotni 
ixchamlashtirish vazifasi qo`yiladi. Bilimlardan to`la foydalanish uchun material qulay holda taqdim 
etilishiga harakat qilinadi. Axborot bir vaqtning o`zida bir necha xil-rasmli, sonli, belgili, virtual va og`zaki 
ko`rinishda berilganida eng mustahkam o`zlashtirishga erishiladi. Rasmlarda turli xil texnik qurilmalarda 
fizik jarayonlarning kechishi virtual shaklida berilishi qurilmaning ishlashidagi fizik jarayonning 
ahamiyatini anglab yetishga yordam bersa, rasmlardagi grafiklar bir fizik kattalikning ikkinchisiga yoki bir 
nechtasiga funksional bog`liqligini tasvirlaydi va bu bilan ilmiy ishlarga debocha shakllantiriladi. Shu bilan 
birgalikda har bir modul uchun atamalarning izohli lug`atini tuzish maqsadga muvofiq hisoblanadi . 
Modulli texnologiyaning samaradorligini oshirish uchun o`qitishning quyidagi interfaol usullaridan 
foydalanish maqsadga muvofiq: aqliy hujum, muammoli muloqotlar, evristik suhbatlar, o`quv o`yinlari, 
o`quv loyihalar, savolli va topshiriqli keyslar va boshqalar. Modulli o`qitishning quyidagi afzalliklari 
namoyon bo`ladi: modullararo uzluksizlik va fanning modulli tuzilish tarkibining moslashuvchanligi 
ta`minlanadi, talabalarning o`zlashtirishi muntazam va samarali nazorat qilinadi, talabalarning 
qobiliyatiga ko`ra tabaqalanishi amalga oshadi, axborotni ixchamlashtirish natijasida o`qitish jarayoni 
jadallashadi va o`quv vaqti tarkibi, ma`ruzaviy, amaliy, tajribaviy mashg`ulotlar, individual va mustaqil 
ishlar uchun ajratilgan soatlar optimallashadi . Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, modulli texnologiya 
ta`limi bu mustaqil ta`lim bilan chambarchas bog`liq bo`lib, ushbu shaklda o`qitish avvalo mustaqil 
ta`limga ko`nikmani shakllantiradi. Mustaqil ta`lim haqida esa quyidagi xulosalarga kelish mumkin: -Har 
bir inson ta`lim olar ekan unda mustaqil ta`limning ahamiyatini to`la anglab yetmog`i lozim; -Mustaqil 
ta`lim har bir kishining dunyoqarashini kengaytiradi; -Mustaqil ta`lim olam haqidagi tasavvurlarni 
kengaytiradi; -Mustaqil ta`lim har bir o`smir va yoshlarning intellectual qobiliyatini rivojlantirishga xizmat 
qiladi;
482 


-Mustaqil ta`lim, yoshlar tomonidan fanning o`zlari xoxlagan yo`nalishi bo`yicha, chuqur bilim olishiga 
hamda ushbu yo`nalish bo`icha keyinchalik salohiyatli mutaxassis bo`lib yetishishiga yordam beradi; -
Mustaqil ta`lim, yoshlar tomonidan o`zlari xoxlagan yo`nalishlar va mavzular bo`yicha keyinchalik ilmiy 
salohiyatini rivojlantirib borishi yo`lida ushbu mavzuni ilmiy ishlar darajasida davom ettirishiga asos 
bo`lib xizmat qiladi; -Ta`lim tizimimizda mustaqil ta`limga bo`lgan e`tiborni kuchaytirishga alohida 
ahamiyat berish zarur; -Har bir o`qituvchi, dars berar ekan, mustaqil ta`limga bo`lgan e`tiborni 
kuchaytirishi, unga talabchanlik bilan yondoshmog`i lozim; -Har bir yosh ta`lim olishga kirishar ekan, 
avvalo o`zida mustaqil ta`limga bo`lgan ko`nikmani shakllantirishi kerak bo`ladi. Ushbu modulli tizim 
doirasida aynan fizika fani bo`yicha mustaqil ta`limga to`xtaladigan bo`lsak: -Fan qamrovining nihoyatda 
kengligini inobatga olgan holda bo`lsa ham mustaqil ta`limga bo`lgan e`tiborni kuchaytirish zarur bo`ladi; 
-Fizika fanining texnologik sohadagi ahamiyatini inobatga olgan holda esa mustaqil ta`limga e`tibor 
yanada kuchaytirilishi lozim; -Fizika fani bo`yicha dars mashg`ulotlari hajmining nisbatan kamligidan kelib 
chiqadigan bo`lsak, mustaqil ta`limning ahamiyati yanada ortishi tabiiy hol. Fanning o`qitilishidagi 
mashg`ulot turlaridan kelib chiqib aytadigan bo`lsak: -ma`ruza darslariga tayyorgarlik jarayonlarida, hech 
bo`lmaganda, har bir mavzuning texnikaviy ishlardagi ahamiyati bo`yicha mustaqil izlanib, ma`lumotlarni 
to`plab borish maqsadga muvofiq; -Amaliy mashg`ulotlar bo`yicha fizika fanining texnik sohaga tadbiq 
etilgan masalalarini yechib borish alohida ahamiyat kasb etadi; -Laboratoriya mashg`ulotlariga keladigan 
bo`lsak esa, bundagi mustaqil ta`lim ikki bosqichga, ya`ni har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldingi va 
bajarishdan keyingi mustaqil ishlarga bo`linib, laboratoriya ishini bajarishdan oldin laboratoriya ishi 
mavzusi bo`yicha nazariy ma`lumotlar bilan tanishgan holda laboratoriya ishi matnini daftarga yozishi, 
ular bo`icha o`qituvchi beradigan savollarga javob beradigan darajada tayyorgarlik ko`rishi lozim bo`lsa, 
laboratoriya ishini bajarib bo`lgandan so`ng u bo`yicha olingan natijalarni tahlil qilishi, statistik ishlov 
berishi, ayrim bog`lanishlar grafiklarini tasvirlagan holda xulosalar chiqarishi, nazorat savollariga javoblar 
topishi lozim bo`ladi. -Talabalarning o`zlari qiziqqan tajribaviy ishlarga bo`lgan qobiliyatini rivojlantirib 
borishda to`garak mashg`ulotlarining ham ahamiyati beqiyosdir 
. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1. M. Djo'rayev. Fizika o'qitish metodikasi: o'quv qo‘llanma Toshket
-2015. 
2. Asqarov A.D. Masofaviy o`qitish ta`lim shaklining rivojlanish bosqichlari va modellari. Zamonaviy 
ta`lim, 2015-59-65 bb. 
3. Полат Е.С. и др. Теория и практика дистанционного обучения. Учеб

Пособие
.- 
М

ОИЦ
«Академия». 2004.
-
с
.416. 
4. Farmonov, U. (2020). TEACHING OF PHYSICS FOR STUDENTS OF NATURAL DIRECTION WITH 
INNOVATION TECHNOLOGIES. 
Физико
-
технологического
образование
, (1). 484 
5.Togaev, X., Doniyorov, S., Farmonov, U. M., Irmatov, F. M., & Boboqulov, Q. S. (2016).On the role of 
the physical concepts of the disclosure of the secrets of music.In The Eighth International Conference on 
Eurasian scientific development (pp. 184-189). 
6. Фармонов, У. М. (2019).
Методика преподавания предмета физики студентам направления естествовдения. Образование 
и наука в России и за рубежом, (16), 314
-318.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish