Byudjet hisobi’’ faniga kirish



Download 256,48 Kb.
Sana03.05.2023
Hajmi256,48 Kb.
#934599

,,BYUDJET HISOBI’’ FANIGA KIRISH

RAHMATULLAYEV SARVAR


BUDJET HISOBINING PREDMETI
Davlat budjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjetida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bulaming hammasi davlat budjeti daromadlari o‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va budjet mablag‘larining maqsadli sarfianishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va mazkur ijro jarayonida budjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Budjet hisobi orqali xalq xo‘jaligi hamma tarmoqlarining davlat budjeti bilan o‘zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisobvaraqlarda budjetning pul mablag‘lari, daromadlari va xara- jatlari, hisob-kitoblardagi mablag‘lar, budjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda budjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Budjetning daromadlari, xarajatlari va pul mablag‘lari, budjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda budjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiymatliklari budjet hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi. Mahalliy budjetlami, respublika budjetini va mamlakatning, umuman davlat budjetini daromadlar va xarajatlar bo‘yicha rejasining bajarilishini o‘z vaqtida, to‘la va aniq qayd qilishni ta’minlash budjet hisobining vazifasi hisoblanadi. Budjet ijrosi jarayoni-davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobining predmetidir. Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi yordamida mamlakat barcha mustaqil budjetlarining ijrosi hisobi va budjet tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriiadi.
BUDJET HISOBINING OBYEKTLARI
Budjctning daromadlari va xarajatlari budjet hisobining asosiy obyektlari bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming budjet ijrosi jarayonining ayrim bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega. Davlat budjeti daromadlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha: 1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar; 2) jismoniy shaxslardan tushgan mablag‘larga bo‘linadi. Davlat budjeti daromadlari budjetga tushish tavsifi bo‘yicha:
1) soliqlar sifatidagi tushumlar; 2) nosoliq tushumlarga bo‘linadi. Davlat budjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha: 1) hisoblangan daromadlar; 2) kassa daromadlariga bo‘linadi. Davlat budjetining hisoblangan daromadlari. Budjctning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak boMgan daromadlar davlat budjetining hisoblangan daromadlari, deb ataladi. Davlat soliq va moliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi olib boriladi.
Davlat budjetining kassa daromadlari. Budjctning bankdagi schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat budjetining kassa daromadlari, deb ataladi. Kassa daromadlari budjctning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham budjet daromadlarining tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi. Davlat budjetining kassa xarajatlari. Budjetning bankdagi schyotlaridan budjctda ko‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag1 beriladi. Budjet mablag‘lari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan berilishi mumkin. Budjetning bankdagi schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat budjetining kassa xarajatlari, deb ataladi.
Davlat budjetining haqiqiy xarajatlari. Budjet mablag‘lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat budjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Budjetning haqiqiy xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlarning paydo bo‘lish joylaridagina, ya’ni budjet tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subycktlarda olib boriladi. Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlami bank muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlami esa budjet tashkilotlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan oladi. Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar budjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari budjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi.
BUDJET TASNIFINING ANALITIK HISOBDAGI AHAMIYATI
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet tasnifi yotadi. Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u budjet ma’Iumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’Iumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma budjetlami bir yagona davlat budjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy fimksiyani amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi boMinmalari hisoblanadi. Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Budjet tasnifi: 1) budjet daromadlari; 2) budjet xarajatlarining vazifa jihatidan; 3) budjet xarajatlarining tashkiliy; 4) budjet xarajatlarining iqtisodiy; 5) davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi deganda budjctdan ajratiladigan mablaglar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda toMovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Budjet taqchilligi deganda muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lganligi tushuniladi.
Download 256,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish