Buyruq va farmoyish



Download 12,4 Kb.
Sana25.07.2021
Hajmi12,4 Kb.
#127940
Bog'liq
Buyruq va farmoyish chernovek



Buyruq va farmoyish

Qurolli Kuchlarda boshliqning oʻz qoʻl ostidagilarga yozma yoki ogʻzaki ravishda bergan farmoyish boʻysunuvchilar uchun qonun hisoblanadi. Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy farmoyish hujjatlarining ahamiyati kattadir. Har qanday firma yoki korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish hujjatlaridan to‘ liq foydalanadi.Farmoyish hujjatlari rahbarlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardir. Farmoyish hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko`rsatma kiradi. Buyruq doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan tayyorlanadi, koʻrsatma va farmoyishlar rahbar kotiblari tomonidan bеriladi. Buyruqlarning bir qator turlari mavjud boʻlib ularga:

a) umumiy masalalar boʻyicha

b) shaxsiy tarkib boʻyicha

v) asosiy faoliyat boʻyicha buyruqlar kiradi.

Ko`rsatma korxonalarda axborot mеtodik tusdagi masalalar, shuningdеk buyruqlar, yo`riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog`liq bo`lgan tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Ko`rsatmaga birinchi bo`lib rahbar bosh muhandis ularning o`rinbosarlari imzo chеkish huquqiga ega. Ko`rsatma korxonaning xos ish qog`oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi tamoilga kirgan iboralar qo`llanadi va “YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN” so`zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa “TAVSIYA ETAMAN” so`zi qo`llanadi.Ko`rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o`xshash bo`ladi.

Buyruqning asosiy zaruriy qismlari

1.Gerb, muassasaning ramziy belgisi.

2.Vazirlik va boshqarma nomi.

3.Muassasa xos raqami.

4.Hujjat shaklining xos raqami.

5.Muassasa nomi.

6.Sarlavhasi (mazmunan kelib chiqib nomlanadi).

7.Sanasi.

8.Raqami.

9.Buyruq chiqqan joy nomi.

10.Hujjatning nomi.

11.Buyruq maimzosil

12.Rahbar yoki o‘rinbosar imzosi.

Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo’lishi lozim. Adliya maslahatchisi buyruqni ko’rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to’g’ri keladi: buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq keladi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo’qmi yoki ularning qisman takrori bo’lib qolmayabdimi? Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda mazmunidan kelib chiqib sarlavha qo’yiladi (ba’zi qisqa buyruqlarda qo’yilmasligi ham mumkin).

Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, sanasi, raqami yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko’rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni asoslashga xojat bo’lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to’g’ridan- to’g’ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so’zi bilan boshlanadi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo’linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so’ng nuqta qo’yilib, so’z bosh harfdan boshlanadi.

Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarish ko’rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, “ta’minlansin”, “yuklatilsin”, ”hisoblansin”,…). Bajaruvchilar-muassasa yoki tarkibiy qismlari (bo’limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko’rsatilgan holda) ko’pincha jo’natish kelishigida qayd qilinadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning farmoyishda unga tegishli kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqning nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo’yiladi:

«Buyruq ijrosini nazorat qilish …ga yuklatiladi.» (lavozimi va familiyasi to’liq yoziladi). Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo’shatilganda, boshqa bo’limga o’tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo’limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi.

Farmoyish

Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat. Konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori farmoyish shaklida chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasida koʻrsatilishicha, Prezident konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. "Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmonlar chiqaradi" (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 98modda).

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi farmonlar chiqarishi Konstitutsiyada koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, muassasa rahbarining yakka uzi tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjatlar ham farmoyish hisoblanadi. Farmoyishlar mansabdor shaxslarning muayyan aniq doirasiga moʻljallanib, uning amal qilish va bajarilish muddati belgilangan boʻladi.

FARMON — muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. Farmon bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi.

Umumiy qoidaga koʻra, Farmoyish mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident Farmoyishlari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. Farmoyish — mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normallariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining

"Normativ huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonuniga koʻra, Prezident Farmoyishlari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Gʻarb mamlakatlarida, Farmoyishga oʻxshash hujjatlar koʻpincha dekret (AQShda ijro etuvchi direktivalar) deb ataladi;

Eron shohlari, Usmonli turk imperiyasi sultonlari, Old va Oʻrta Sharq mamlakatlaridagi qadimiy hukmdorlarning oliy buyrugʻi.

Buyruq loyihasi mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi, bosh yoki yetakchi mutaxasis, huquq maslahatchisi, bosh buxgalter bilan kelishiladi. Huquq maslahatchisi buyruqni ko‘rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to‘g‘ri kelishi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga,hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlariga mos kelishi. Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo‘limga o‘tkazilganda, shuningdek muayyan xodim mukofotlanganda mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi.

Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «Buyuraman» so‘zi bilan boshlanadi.

SHu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan farmoyishlar beriladi. Amaliyotda asosiy faoliyatga oid buyruqlardan ko‘chirma tayyorlashga ehtiyoj tug‘iladi. Hujjatdan ko‘chirma asl hujjatning muayyan bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirma, odatda, blankaga yozilib,tasdiqlab beriladi: «Asliga to‘g‘ri» so‘zi bilan kotib (yoki buyruqdan ko‘chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi.

Tashkiliy farmoyish hujjatlari

Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi.

Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.

Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi.

Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.



Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi. 



Download 12,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish