1
1-amaliy mashg‘ulot. (2 soat)
MAVZU: “BUXGALETRIYA HISOBINING PREDMETI, METODI VA UNING
ELEMENTLARI”
Maqsad:
Buxgalteriya
hisobining predmeti, korxona va uning faoliyat ko’rsatish
shartlari , buxgalteriya hisobining usuli (metodi) va uning elementlari haqida talabalarda
bilim va ko’nikmalarini boyitish, shakllantirish.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida» Qonun, 1996 y. 30-avgust.
2.
Natsionalnie standarti buxgalterskogo ucheta Respubliki Uzbekistana.
Assotsiatsiya buxgalterov i auditorov Uzbekistana. Tashkent – 2002 g.
3.
O’zbekiston respublikasi buxgaletriya hisobining milliy standartlari BHMS. 21-
sonli, Tarjimonlar: prof. A.Sotvoldiev va O.Masharipov. toshkent – 2002
g.
Ishning mazmuni:
Reja:
1. Buxgalteriya hisobining predmeti
2. Korxona va uning faoliyat ko’rsatish shartlari
3. Buxgalteriya hisobining usuli (metodi) va uning elementlari
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo’jalik
faoliyatini kuzatish,
boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni
takror ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish o’z navbatida ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish sohalariga bo’linadi.
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy boyliklarni ishlab
chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) hamda moddiy boyliklarni
ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazib berish bilan band bo’lgan (savdo va
umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish
- korxonaning fondlaridan, ya’ni ishlab
chiqarish faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy va pul mablag’laridan foydalanish yo’li
bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalarga zarur bo’lgan
mablag’lar ma’lum manbaalar (davlatniki
- davlat resurslari hisobidan, jamoaniki pay
badallari
hisobidan, aktsiyadorniki - aktsiyadorlar resurslari hisobidan va ko’shma
korxonalarniki - muassislarning badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab
chiqarish
- taqsimot, aylanish va iste’mol jarayonlariga xizmat qilaturib,
korxonalar
fondlari uzluksiz doirada aylanishni amalga oshiradi. Shuning uchun, buxgalteriya hisobi
bu erda moddiy boyliklarni yaratishga yo’naltirilgan doira va aylanishi jarayonidagi
korxonaning fondlari (mablag’lari)ning holatlari va ulardan
foydalanishni samarali
boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni shakllantiradi.
Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar bajaruvchi tarmoqlar tashkil qiladi. Bularga