Business Plus Centre



Download 0,95 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#334601
Bog'liq
Stiven jobs


Business Plus Centre.

Bizga a'zo bo'ling va do'stlaringizni taklif qiling!

Telegram: @Business_Plus http://sie.uz/business_plus

Odnaklasnik:



https://ok.ru/Business.plus.maktabi

Steve Jobs biografiyasi!



Steve Jobs

Steven Paul Jobs

Apple Inc. asoschisi

Tavallud sanasi: 24-fevral, 1955-yil

Tavallud joyi: San-Francisco, Kaliforniya, AQSh

Vafot sanasi: 5-oktabr, 2011-yil

(56 yoshda)

Vafot joyi: Palo-Alto, Kaliforniya, AQSh

Imzo:


Steven Paul Jobs (talaffuzi: Stiven Pol Jobs) yoki Steve Jobs (talaffuzi: Stiv Jobs) (24-fevral, 1955 — 5-oktabr, 2011) - amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple Inc. korporatsiyasi asoschisi va direktori boʻlgan. Stiv Jobs ham koʻp ishni bajara oladigan, ham oʻziga tortadigan ishlamli mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni koʻpincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan tadbirkor deb atashadi.

Biografiyasi Tahrirlash

Stiv Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan. Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni berib yuborishadi. Pol va Klara Jobslar uni boqib oladi.

Bolaning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy, Suriyalik musulmon, asl onasi Joanna Simpson esa amerikalik. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Simpson esa tilshunoslik sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Stiv Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Stiv Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.[1][2]

2003-yil Stiv Jobsning oshqozonosti bezida rak paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi, lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantatsiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Eplning boshi (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi (metastazi) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi.

Tishlangan olma — „Apple.Inc“ kompaniyasi timsoli. „Apple“ Inglizchada „olma“ degani.

Ilk yillar

Tahrirlash

1974-yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti Stiv Vozniak (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak oʻsha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kalkulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata (logic board) yasashadi va uni Apple I deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan boʻlib komputerlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan.

1977-yil ikki doʻst Apple II komputerini yasashadi va unga klaviatura bilan koʻrkam quti qoʻshishadi. Oʻsha yili Stiv hamkorlardan mablagʻ toʻplaydi va Apple Computer kompaniyasiga asos soladi. Apple II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Apple bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi koputer kompaniyasi boʻldi. 1983-yil Apple Computer oldin koʻrilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan Fortune 500 safiga kiradi.

1983-yil Apple Lisa deb nomlangan, asosan bizneslar uchun moʻljallangan komputerni savdoga chiqaradi. Lisada birinchilardan boʻlib ekranda kursorni boshqaradigan „sichqon“ bor edi. Keyinroq keng ommaga moʻljallangan Macintosh kuchli komputeri chiqadi. Macintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI) texnologiyasidan qoʻllanilgan.

2011- 21-dekabrda Steve Jobs bugungi kunning eng buyuk allomalaridan bir boʻlgani uchun Budapeshtda uning xotirasiga ilk bronza haykal oʻrnatildi.

NeXT Tahrirlash

1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli oʻzi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs oʻzi bilan besh ishchini olib NeXT degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning komputer boʻlimini sotib oladi va uni Pixar Animation Studios deb ataydi. Pixar komuter animatsiyasi sohasida eng ilgʻor kompaniyaga aylanadi. Pixar 1995-yil "Oʻyinchoqlar tarixi" (Toy Story) — tarixda birinchi butunlay komputerda ishlangan filmni chiqaradi.

1996-yil Apple NeXTni sotib oladi va Jobs Applening maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Applening boshligʻi lavozimiga koʻtariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs koʻp hissa qoʻshgan iMac degan bittagina qismdan iborat komputer sotuvga chiqariladi va Applening ishlari yanada yurishib ketadi.

iPod, iTunes, iPhone va iPad Tahrirlash

2001-yil Apple musiqa tinglash uchun moʻljallangan iTunes programmasini chiqardi. Oʻsha yili raqamli pleyer iPod sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo boʻyicha xaridorlarga manzur boʻldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq kuy koʻchirib olindi. 2007-yil koʻp funksiyali iPhone telefoni, 2010 yil boʻlsa iPad planshet komputeri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotning tayyorlanishini Jobs shaxsan oʻzi kuzatib borgan.

Business Plus Centre!



Bizga a'zo bo'ling! Va kuzatib boring!
Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish