Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi loyihasi, shuningdek, ushbu dasturiy hujjat doirasida 2017 va 2018 yillarda qabul qilingan Davlat dasturlari ham jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, so‘ngra qabul qilingan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat ahamiyatiga molik dolzarb masalalarni kompleks ravishda tahlil qilish, keng jamoatchilik qatlamlari, ekspertlar sharhi, fikr-mulohaza va takliflarini o‘rganishdan iborat ekanini ta’kidlash lozim.
Binobarin, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bunday hujjatlarni tayyorlashda butun O‘zbekiston xalqining qiziqishlari to‘la inobatga olinishini ta’minlash uchun aholi o‘rtasida keng muhokamalar tashkil etish, doimiy ravishda xalq bilan muloqot qilish taqozo etiladi. Bunda, shubhasiz, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, NNT faol bo‘lishi darkor.
Buning uchun esa, afsuski, davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida amaliy va samarali muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmagan. Tegishli davlat organlari tomonidan mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni taklif qiluvchi faol, o‘zining tashabbuslariga tayanib faoliyat ko‘rsatadigan NNTni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralari lozim darajada amalga oshirilmayapti.
Bularning barchasi, o‘z navbatida, ushbu ijtimoiy tuzilmalar bilan amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Prezidentimiz Farmoni bilan tashkil etilgan mazkur Maslahat kengashini tuzish g‘oyasi Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida ilgari surilgandi.
Farmonda Maslahat kengashining asosiy vazifalari belgilangan. Xususan, Maslahat kengashi fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni izchil asosda muhokama qilib, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendensiyasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda xabardor qilib boradi.
Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishda va ushbu tajribani O‘zbekiston sharoitida joriy etishda ko‘maklashish ham mazkur Maslahat kengashining vazifasiga kiradi.
Maslahat kengashi faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtiriladi. Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash esa Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Farmonida NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi ko‘plab yangicha yondashuvlar ko‘zda tutilgan. Bularning barchasi mamlakatimizni har tomonlama va jadal rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan yuksaltirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga xizmat qiladi.
Adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirayotgan izchil islohotlarimizning qat’iy talabi ham aslida shu
Do'stlaringiz bilan baham: |