Bu jarayon ta'lim sohasi bilan aloqador barcha jabhalarda yaqqol namoyon



Download 22,33 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi22,33 Kb.
#459618
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasida Ta\'lim taraqiyoti


O'zbekiston Respublikamizning o'ziga xos taraqqiyot strategiyasi — “o'zbek modeli” mustaqil o'tgan yillar mobaynida biz erishgan barcha muvaffaqiyatlar, keng ko'lamli islohotlar, aholi farovonligini ta'minlash, xalqimiz genofondini sog'lomlashtirish, yuksak ma'naviyatli, har tomonlama barkamol avlodlarni tarbiyalash maqsadimizning asosiy tayanchiga aylandi. Qolaversa, jahonning taraqqiy topgan mamlakatlari qatoridan joy olishdagi sa'y-harakatlarimiz bosh mezoni bo'lib, dunyo jamoatchiligida katta qiziqish hamda zo'r havas uyg'otmoqda. Ma'lumki, har yurtning kuch-qudrati, erishgan muvaffaqiyatlari zamiridagi buyuk mohiyat, avvalo, shu zamin aholisining intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, yuksak ma'naviyati bilan o'lchanadi, qadr topadi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolimizning ilk yillaridanoq yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik bugun biz erishgan barcha yutuq va marralar debochasi, deyish mumkin.Darhaqiqat, istiqlol yillarida mamlakatimiz ta'lim tizimi tubdan isloh qilindi. Bu jarayon ta'lim sohasi bilan aloqador barcha jabhalarda yaqqol namoyon. Bugungi kunda Respublikamiz bo'yicha xalq ta'limi tizimida 9765 ta maktab, 4962 ta maktabgacha ta'lim muassasalari, 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari, 299 ta musiqa va san'at maktablari, 445 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari, 27 ta mehribonlik uylari, 16 ta pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, 5 ta pedagogika institutlari faoliyat ko'rsatmoqda. O'tgan davr mobaynida respublikamizdagi jami 9765 ta maktabning 7515 tasida qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 424 ta yangi maktab qurilgan bo'lsa, 3006 ta maktab rekonstruktsiya qilindi, 4085 ta maktab esa kapital ta'mirlandi. Birgina joriy yilgi Investitsiya dasturiga ko'ra 381 ta maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 219 ta maktab rekonstruktsiya qilindi, 162 ta maktab esa kapital ta'mirlandi.Xalq ta'limi tizimida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlarning bu kabi raqamlardagi sharhi ham sohada biz erishgan yutuqlar e'tirofi sifatida namoyon bo'ladi. Endi bu havasli jihatlarni sobiq ittifoq davridagi ta'lim manzaralari bilan taqqoslasak, Istiqlol yillari qo'lga kiritilgan yutuqlarimiz zalvori yanada yaqqol ko'zga tashlanadi. Xususan, 1987 yilda jami maktablarning 5596 tasi yoki 72 foizi ikki smenada, ayrimlari esa hatto 3 smenada ishlar edi. O'sha yillarda 50 foiz maktab ta'lim standartlariga mos kelmaydigan binolarda joylashgan, atigi 2812 ta maktabda sportning ba'zi turlarigagina moslashgan sport zallari mavjud bo'lib, tabiiyki, ularda ham bolalarning to'liq shug'ullanishlari uchun imkoniyat deyarli yo'q edi.Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq maktabgacha ta'lim muassasalari, umumiy o'rta ta'limdan boshlab o'rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta'lim tizimida butunlay yangicha pedtexnologiyalardan foydalanish yo'lga qo'yildi. Mamlakatimiz ta'lim tizimini zamonaviy, jahon talablariga mos ravishda isloh qilish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu jarayonda o'qituvchi-murabbiylarning beqiyos xizmatlarini chuqur anglagan holda soha mutaxassislariga alohida e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatila boshlandi.Shu o'rinda, Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat — engilmas kuch” asarida “Ma'rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o'qituvchilik va murabbiylikdir, desak o'ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz”, deya aytgan purma'no gaplari barchamiz uchun zo'r dastur ekanligini e'tirof etish joiz. Mamlakatimiz ta'lim siyosatida o'qituvchi va murabbiylar kasbini ulug'lash, ularning obro'-e'tiborini yanada oshirish muhim o'rin tutadi. Shu bois, yildan-yilga o'qituvchilik kasbiga bo'lgan qiziqish va raqobat ortib bormoqda. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi esa mamlakatimizda etuk, har tomonlama malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim dasturilamal bo'lmoqda.Hozirgi kunda xalq ta'limi tizimida 410 654 nafar o'qituvchi faoliyat ko'rsatmoqda. Joriy yilda pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlarida o'tkazilgan taqsimot yakunlariga ko'ra, 7065 nafar yosh mutaxassislar yangi o'quv yilida umumta'lim maktablariga ishga qabul qilindi. 1992-2013 yillar davomida Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi jami 3465 nafar ustoz va murabbiylar turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlangani ham O'zbekistonda bu soha xodimlariga qaratilayotgan yuksak e'tibor namunasidir. Shulardan, 307 nafar O'zbekiston xalq o'qituvchisi, 324 nafari O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi, 7 nafari “O'zbekiston qahramoni”, 110 nafari “El-yurt hurmati”, 25 nafari “Fidokorona xizmatlari uchun”, 269 nafari “Mehnat shuhrati”, 509 nafari “Sog'lom avlod uchun” hamda 356 nafari “Do'stlik” ordenlari, 1293 nafari “Shuhrat”, 12 nafari esa “Jasorat” medallari va boshqa unvonlar bilan taqdirlandi.Shuningdek, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida pedagog xodimlar mehnatini rag'batlantirish bo'yicha izchil amalga oshirilgan ishlar samarasi o'laroq, o'qituvchilarning barcha ustama va qo'shimchalari bilan o'rtacha ish haqi 2006 yil 1 sentyabrga nisbatan joriy yil 1 sentyabr holatiga ko'ra 9 barobarga oshirildi. Shuni ham ta'kidlash joizki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda yosh mutaxassislarga alohida e'tibor qaratilib, ularning o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi, bilim va ko'nikmalarini shakllantirishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu jarayon yurtimiz umumta'lim maktablariga yosh mutaxassislarni jalb etishda o'z aksini topmoqda. Jumladan, 7065 nafar yosh mutaxassislar joriy yangi o'quv yilida umumta'lim maktablarida ish boshladi.Yurtimiz o'qituvchi va murabbiylariga yaratilgan bunday imkoniyat va shart-sharoitlar samarasi ham yuqori bo'lmoqda, albatta. O'zbekiston yoshlari katta malaka va tajribaga ega ustozlaridan olgan bilimlari bilan bugun dunyodagi tengdoshlari safidan munosib o'rin egallashdi. O'tgan yili Qozog'iston poytaxti Astanada o'tkazilgan kimyo fani bo'yicha 46-xalqaro Mendeleev olimpiadasida o'quvchilarimiz 1 oltin, 2 kumush, 3 bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu yil O'zbekistonda o'tgan 47-xalqaro Mendeleev olimpiadasida esa dunyoning 17 davlatidan kelgan 117 nafar iqtidorli o'quvchilari bilan bilim kuchini sinashgan yigit-qizlarimiz 2 oltin, 5 kumush va 8 bronza medallariga ega bo'lishdi. Yana bir misol, 2013 yil may oyiga qadar 40 nafar iste'dodli yoshlarimiz Frantsiya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ruminiya, Rossiya, Ozarboyjon kabi davlatlarda o'tkazilgan turli xil nufuzli xalqaro musiqa tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritdilar. Shuningdek, davlatimiz mustaqillikka erishgandan buyon sport bilan shug'ullanayotgan farzandlarimiz tomonidan jami qo'lga kiritilgan medallarimiz soni 4025 ta bo'lib, shundan 1279 tasi oltin, 1164 tasi kumush va 1589 tasi bronza medallaridir. Darqaqiqat, mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama sog'lom etib tarbiyalashda sportni yanada rivojlantirish, uni keng targ'ib etish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, O'zbekiston bu yo'lda o'z tajribasi va amaliyotiga ega. Farzandlarimizni sportga oshno etishda, ayniqsa, uch bosqichli — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport musobaqalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Minglab o'qil-qizlarimizni qamrab olgan bu noyob tizim, ularning jismonan va ruhan tetik bo'lib o'sishlari uchun xizmat qilayotgani bilan ham beqiyosdir.O'tgan davr mobaynida O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan jami 1 471 ta sport inshooti, Maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan esa jami 3794 ta maktab sport zallari foydalanishga topshirilgani ham bu yo'nalishdagi ishlarimiz ko'lamini belgilaydi. Ayni kunlarda bunday muhtasham sport inshootlarida minglab o'quvchilar sport bilan muntazam shug'ullanmoqda. Xalqimizda “Til bilgan — el biladi” degan maqol bor.
Download 22,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish