Bozorning tartibga solish usullari orqali



Download 18,37 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi18,37 Kb.
#768568
Bog'liq
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko


  1. Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‘p omilli ko‘rsatkich bo‘lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq bo‘lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikkabirinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo‘li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko‘proq uchinchi yo‘l xususiyatli xisoblanadi. Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning "Хalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776y.) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha, bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi, davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi. Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning "Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936y.) nomli kitobida o‘z aksini topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo‘lib, ular ishlab chiqarish samaradorligiga davlatning ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog’liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo‘lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.

  2. Bu zamonaviy iqtisodiy tushuncha neoliberalizmning bir turi hisoblanadi. Unda pul bor va pul tizimi jamiyat iqtisodiy tuzilishining hal qiluvchi omili va inflyatsiyaning asosiy sababi, pul-kredit siyosati esa takror ishlab chiqarish, amalga oshirishning ichki mexanizmini barqarorlashtirishning eng muhim vositasi sifatida qaraladi. iqtisodiy siyosat davlat. Monetarizm 1950-yillarning oʻrtalarida paydo boʻlgan. (Ushbu kontseptsiya Chikago universiteti iqtisod professori M. Fridman tomonidan tahrirlangan "Pulning miqdoriy nazariyasidagi tadqiqotlar" (1956) to'plamida talqin qilingan). Monetarizmning nazariy kelib chiqishi monetarizmni himoya qilgan va pulni (15-16-asrlarda - oltin va kumush) yagona boylik shakli sifatida e'lon qilgan merkantilizmning dastlabki bosqichi vakillarining g'oyalari va davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlariga qisqartirilgan. ularning mamlakatga kirishi va mamlakatdan olib chiqib ketilishining oldini olish. XX asrda monetarizmning paydo bo'lishining zaruriy sharti. 30-yillarning oxirida amerikalik iqtisodchilar L.Mizes va F.-A.ning Keyns nazariyasining tanqidi edi. Hayek, Avstriya maktabi vakillari siyosiy iqtisod ikkinchi avlod yoki zamonaviy neoliberalizm. Biroq, pul tushunchasi, uning postulatlaridan biri pulning miqdoriy nazariyasi (16-18-asrlarda paydo bo'lgan), 20-asrning 30-40-yillarida. rivojlanmadi, bu ushbu davrda iqtisodiyotni tartibga solishning Keynscha usullarining samaradorligi va monetaristik usullarning samarasizligi bilan izohlandi (1929-1933 yillar inqirozi bilan namoyon bo'ldi). Endi bu g'arbning neoklassik yo'nalishidagi eng muhim tendentsiyalardan biridir iqtisodiy fan, neoklassik tushuncha umumiy muvozanat yilda tashkil topgan kech XIX v. shveytsariyalik iqtisodchi va matematik L. Valrasning asarlarida va shved iqtisodchisi K. Viksell tomonidan ishlab chiqilgan jamg'arma va investitsiyalarni tenglashtirish neoklassik ta'limotida. Keyns nazariyasi bozor mexanizmining muvozanatni ta'minlay olmasligini asoslab berdi iqtisodiy tizim kapitalizm va ushbu tizimning mavjudligi (bu "kapitalizmning surunkali ichki beqarorligi", uning iqtisodiyotining "depressiyasi" haqidagi tezislarda aks ettirilgan) va makroiqtisodiy jarayonlarni keng miqyosda tartibga solish zarurligini e'lon qildi, va ularning vakillari. neoklassik yo'nalish erkin tadbirkorlik tamoyillarining hayotiyligini va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvining maqsadga muvofiq emasligini himoya qildi.

  3. Ijtimoiy ne’matlar-bu davlat tomonidan hammaga birdek va tekinga ko’rsatiladigan hamda birgalikda iste’mol qilinadigan xizmatlardir.Ijtimoiy ne’matlarga misol qilib, mamlakatning ichki va tashqi mudofaasi, ekologiyani himoya qilish, bepul tibbiy va ta’lim xizmatlarini misol qilishimiz mumkin. Davlatning vazifasi ijtimoiy ne’matlarni yaratib, ulatrdan hamma birdek bahramand bo’lishini ta’minlash.Mazku xizmatlar hammaga birdek yaratilib, yakka tartibda emas birgalikda iste’mol qilinadi.Davlat hammabop xizmatlarni yaratish uchun davlat firmalar va xonadonlardan resurslar sotib oladi, ular turli tashkilot va idoralarda xalqqa xizmat qilish ko’rsatish uchun foydalaniladi. Ana shu davlat iste’molini yuzaga keltiradi. Davlat iste’moli uning ixtiyoriga kelgan resurslarni ijtimoiy ne’matlar yaratish yo’lida ishlatilishidir. Davlat o’z hisobidan xizmatlarni qanchalik ko’p ko’rsatsa, shunchalik uning iste’moli ko’p bo’ladi. O’zb.da davlat iste’molining yalpi mahsulotga hissasi 2000-yili 22% bo’lib, bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biri bo’lgan.

Davlat iqtisodiy sub'ekt bo`lsada, uning iqtisodiyotdagi o`rni alohida, uni firmaning yoki iste'molchining roli bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Davlat boshqa bozor ishtiroqchilari ega bo`lmagan vositalar, chunonchi soliq, subsidiya, litsenziya, boj to`lovlari kabi vositalar bilan ulkan moliyaviy resurslar to`plangan bo`ladi, davlat byudjetida katta pul jamlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy tengsizlik, ya'ni boylar va kambag`allar mavjud bo`ladi. Ularning o`rtasida nizo chiqmasligi uchun davlat aholining nochor qatlamlariga ijtimoiy yordam berishda vazifani o`z zimmasiga olishi kerak. Jamiyatda hamma bahramand bo`ladigan xizmatlar bor. Umumiy ta'lim, sog`liqni saqlash, atrof muhitni muxofaza qilish, mamlakat xavfsizligini ta'minlash, yurtni obod qilish, ijtimoiy tartibni saqlash va boshqalar. Bu sohalar g`oyat serxarajat lekin bevosita foyda olish imkonini bermaydi.Shu sababli ularga firmalar qo`l urmaydi. Bu ish hamma uchun zarur bo`lganidan mazkur sohalarni davlat o`z qo`liga oladi, demak, davlat iqtisodiy vazifani bajarishi zarur ekan.
Umuman, bozorni tartibga solish zarurmi, degan savol tugiladi. Bunga javob bergan holda, davlatning besh iqtisodiy faoliyati yo`nalishini ko`rsatish mumkin:


  1. Jamiyatning xavfsizligini ta'minlash (mudofaa, ekologik, iqtisodiy, genetik kabilar).


  2. Moddiy boyliklar va daromadlarni qayta taqsimlashish yo`li bilan aholini ijtimoiy himoyalash;


  3. Davlat byudjetining daromadi va xarajati yordamida davlat sektori orqali iqtisodiyotga ta'sir etish;


  4. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotning samarali faoliyatini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar o`tkazish kerakligi.




Bu faoliyatlar yo`nalishi monopoliyaga qarshi va raqobatni qo`llashga qaratilib, iqtisodiy tizimni yaxshilovchi islohot mazmuniga ega bo`ladi.




  1. Iqtisodiy o`sishni barqarorlashtirish va tartibga solish.


  1. Hozirgi davrda insonning hayotiy huquqi jamiyat tomonidan ta'minlanishi zarur shart hisoblanib, ishlab chiqarish omillari mavjudligi, xo`jalik faoliyati shakllari va natijalaridan qat'iy nazar, insonning mavjud standartga loyik farovonligi, arzigulik yashash huquqi kafolatlanishi talab etiladi.Albatta buni bozor iqtisodiyotining o`zi bajara olmaydi.
    Bozor iqtisodi tizimida ishlashni istaydiganlarning mehnat qilish huquqining to`la ta'minlanishini kutib bo`lmaydi. Davlatning bunga ham aralashishi, ishsizlikni pasaytirish chora larini qo`llashi talab etiladi. Shu bilan birga ularning daromadini kafolatlash, minimal chegarasini belgilash zaruriyati tug`iladi.
    Yana shunday muhim tomonlar borki, masalan, murakkab mintakaviy muammolar mavjudligi, bular tarixiy, milliy, demografik va boshqa xil nobozor omillar ta'sirida yuzaga keladi. Bu muammolarni faqat davlat yechishi mumkin.Ma'lumki, milliy va xalqaro darajadagi muammolarni davlat tomonidan hal qilib borish jahon iqtisodiyotining soglom taraqqiyotining sharti hisoblanadi. Bularga tashqi savdo siyosati, kapital va ish kuchining xalqaro miqyosidagi siljishi, valyuta kursiga ta'sir ko`rsatish kabilar kiradi.
    Bozor iqtisodiyoti monopoliya, inflyatsiya, umumiy iqtisodiy faoliyat pasayishi kabilarga qarshi kurashish qobiliyatiga ega emas. Bozor o`z ichki rezervlari bilan bularning oldini ololmaydi, davlatning tashabbusi talab etiladi. Jamiyat xavfsizligini ta'minlash, ya'ni milliy mudofaa, ekologik, iqtisodiy va genetik xavfsizliklarni ta'minlash faqat davlat tomonidan ijro etiladi.

Download 18,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish