1. Hikmat bobo qarib qolganligi sababli, xovlisidagi 108 qop yong’oqni omborga tashish uchun nevaralarini ishga chaqirdi. Nevaralari kelib juft–juft bo’lib bo’linishdi va har bir juftlikka 3 ta qop to’g’ri keldi. Hikmat boboning nechta nevarasi ishga kelgan? A) 108 B) 96 C) 72 D) 36 E) 27 2.Agar qizil ajdarxoning boshlari soni yashil ajdarxoning boshlari sonidan 6 ta ko’p bo’lganda edi, ularning umumiy boshlari soni 34 ta bo’lar edi. Ammo qizil ajdarxoning boshlari soni yashil ajdarxoning boshlari sonidan 6 ta kam. Qizil ajdarxoning boshi nechta? A) 6 B) 8 C) 12 D) 14 E) 16 3. Perimetri 31 sm bo’lgan to’rtburchak dioganali orqali perimetrlari 21 sm va 30 sm bo’lgan uchburchaklarga ajratildi. Bu dioganal uzunligini toping. (A) 5 sm (B) 10 sm (C) 15 sm (D) 20 sm (E) aniqlab bo’lmaydi 4.x soni shundayki, unga 2 ni qo’shish 3 ga ko’paytirish bilan teng kuchli. x ni 6 ga ko’paytirish, unga qanday soni qo’shish bilan teng kuchli. (A) 3 (B) 4 (C) 5 (D) 6 (E) 7 5.To’rtta bolaning har birida bittadan o’zining sevimli jonivori bor: mushuk, kuchuk, baliq, bulbul. Mansurning jonivori mayin junli, Farxodniki to’rt oyoqli, Nodirniki patli, Jasur va Mansur mushukni yomon ko’rishadi. Quyidagi tasdiqlardan qaysi biri noto’g’ri. (A) Farxodda – kuchuk (B) Nodirda – bulbul (C) Farxodda – mushuk (D) Jasurda – baliq (E) Mansurda – kuchuk. 6. Hamma raqamlari har xil uch xonali natural sonlarning eng kattasidan eng kichigi ayirildi. Natija nimaga teng chiqadi? (A) 899 (B) 885 (C) 864 (D) 876 (E) To’g’ri javob yo’q 7.Velosipedchi tepalikka 12 km/soat tezlik bilan chiqdi. Chiqqan yo’li orqali 20 km/soat tezlik bilan tushdi va chiqishdagiga qaraganda 16 minut kamroq vaqt sarfladi. Yo’lning uzunligini toping. (A) 8 km (B) 10 km (C) 12 km (D) 14 km (E) aniqlab bo’lmaydi. 8. Kubning tomonlari har – xil rangga bo’yalgan. Kubning bir tomonidan qarasak ko’k, oq va sariq ranglarni ko’ramiz. Ikkinchi tomondan qarasak qora, ko’k va qizil ranglarni ko’ramiz. Uchinchi tomondan qarasak yashil, qora va oq ranglarni ko’ramiz. Oqning qarama – qarshi tomonida qanday rang joylashgan? (A) qizil (B) ko’k (C) qora (D) yashil (E) sariq 9. Akvariumni tozalash uchun Jasur unga shiliqqurt yuboradi. Bita akvariumni tozalash uchun 4 ta yirik yoki 1 ta yirik va 5 ta mayda, yoki 3ta yirik va 3 ta mayda shiliqqurt kerak bo’ladi. Jasurda 15 ta yirik shilliqqurt bor, hayvonot do’konida bitta yirik shilliqqurtni ikkita maydasiga almashtirish mumkin. Agar Jasur to’rtta akvariumni tozalamoqchi bo’lsa, eng kamida nechta yirik shilliqqurtni maydasiga almashtirishi kerak? (A) 2 (B) 3 (C) 4 (D) 5 (E) 6 10. Kemaga 30 ta yo’lovchi chiqqanidan so’ng, kemadagi ichimlik suvi oldingiday 60 kunga emas, 50 kunga yetishi ma’lum bo’ldi. Dastlab kemada nechta odam bo’lgan? (A) 15 (B) 40 (C) 110 (D) 140 (E) 150 11. To’g’ri to’trburchakning bir tomoni 20% ga uzaytirildi, yuzi o’zgarmasligi uchun ikkinchi tomonini necha foizga qisqartirish kerak? (A) 30% (B) 25% (C) 20% (D) 15% (E) 10% 12.Axmadning tuyasining chanqoq holatidagi og’irligining 84 foizi suvdan iborat. Suv ichgandan keyin uning og’irligi 800 kg va og’irligining 85 foizi suvni tashkil qiladi. Tuyaning chanqoq holatidagi og’irligini toping. (A) 672 kg (B) 680 kg (C) 715 kg (D) 720 kg (E) 750 kg 13. To’rtta har xil to’g’ri chiziqlar bilan tekislikni nechta bo’lakka ajratib bo’lmaydi? (A) 5 (B) 7 (C) 8 (D) 9 (E) 10 14.Anvar va Bonu o’yin o’ynashyapti. Ular navbatdan toshlar ichidan 1 tadan 7 tagacha tosh olishyapti. Keyingi safar raqibining oldingi olgan toshlari sonicha tosh olish mumkin emas. Oxiri bo’lib tosh olgan yutadi. O’yin boshida 15 ta tosh bor edi. Birinchi bo’lib Anvar tosh oladi. Anvar yutishi uchun boshida nechta tosh olishi kerak? (A) 7 (B) 6 (C) 4 (D) 3 (E) 1 15.Bir savat olma 2000 so’m, bir savat nok 3000 so’m, bir savat olxo’ri 4000 so’m turadi. Sakkiz savat mevalarning baxosi 23000 so’m bo’lsa, ulardan eng ko’pi bilan nechtasida olxo’ri bo’lishi mumkin? (A) 1 (B) 2 (C) 3 (D) 4 (E) 5 16. O’quvchi dastlabki 2008 ta tub sonlarni ko’paytirib chiqdi. Ko’paytma nechta nol bilan tugaydi? (A) 0 (B) 1 (C) 10 (D) 20 (E) T.J.Y 17. Kema bortiga 30 ta yo’lovchi chiqqanidan so’ng, kemadagi suv zaxirasi oldingiday 60 kunga emas, 50 kunga yetishi ma’lum bo’ldi. Dastlab kemada nechta yo’lovchi bo’lgan? (A) 15 (B) 40 (C) 110 (D) 140 (E) 150 18. Anvar xar doim yolg’on gapiradi. Bir kuni u do’sti Sarvarga «Bizlardan hech bo’lmaganda bittamiz hech qachon yolg’on gapirmaymiz » dedi. U xolda albatta… (A) Sarvar har doim yolg’on gapiradi (B) Sarvar yolg’on gapirgan vaqtlar bo’ladi (C) Sarvar hech qachon yolg’on gapirmaydi (D) Sarvar rost gaprgan vaqtlar bo’ladi (E) Anvar bunday jumla ayta olmaydi. 19. Yanvar oyidan boshlab «Bahor» va «Bolalar» guruhlari tomonidan yozilgan yangi musiqiy kompaktdisklar sotuvga chiqarildi. «Sharq» va «Toshkent» guruhlari esa o‘zlarining yangi kompaktdisklarini fevralda sotuvga chiqarishdi. Quyidagi diagrammada yanvardan iyunga qadar yuqorida nomlari keltirilgan guruhlar tomonidan sotuvga chiqarilgan kompaktdisklar haqida ma’lumot berilgan.
Aprel oyida «Toshkent» musiqa guruhi qancha disk sotgan? A) 250 B) 500 C) 1000 D) 1270 20. Qaysi oyda «Sharq» guruhi «Bolalar» guruhidan birinchi marta ko‘proq disk sotgan? A) Hech qaysi oyda B) Martda C) Aprelda D) Mayda 21. «Bolalar» guruhining ish menejeri sotilayotgan disklar soni fevraldan iyungacha kamayib ketayotganidan хavotirda. Agar disklar savdosi ayni shu tartibda tobora pasaysa, iyulga kelib ularning savdo hajmi nechaga teng bo‘ladi? A) 70 ta disk B) 370 ta disk C) 670 ta disk D) 1340 ta disk 22. Butun dunyodagi yuklarning 95 foizi dengiz tranzit yo‘llari orqali tashishadi. Bunda taxminan 50 000 ga yaqin tankerlar, ulkan yuk ortiladigan kemalardan foydalaniladi. Bu kemalarning ko‘pchiligi dizel yoqilg‘isi orqali harakatlanadi. Endilikda muhandislar shamol kuchi yordami bilan harakatlanadigan kemalarni loyihalashtirmoqda. Ularning taklifga ko‘ra, kemalarning old qismiga ulkan yelkanlar o‘rnatiladi. Agar bu taklif qo‘llabquvvatlansa, dizel yoqilg‘isi iste‘moli keskin kamayishi va atrofmuhitga chiqayotgan zaharli gazlarning miqdori pasayishi kutilmoqda. Bunday yelkanlarni qo‘llashning afzalliklaridan biri u 150 metr balandlikda uchadi. Bu balandlikda shamol tezligi kemaning palubasidagi shamol tezligidan taxminan 25 % yuqori bo‘ladi. Kema palubasidagi shamol tezligi soatiga 24 kilometr (24 km/h) bo‘lsa, yelkanga kelib uriladigan shamolning taxminiy tezligi qancha bo‘lishi mumkin? A) 6 km/h B) 18 km/h C) 25 km/h D) 30 km/h E) 49 km/h 23. Siz salat uchun sous tayyorlamoqchisiz. Quyida 100 ml sous tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar ro‘yxati berilgan. O’simlik yog’i - 60 ml sirka – 30 ml soya sousi 10 ml. 150 ml sous tayyorlash uchun necha millilitr o‘simlik yog‘i kerak bo‘ladi? A)90 ml B) 50 ml C) 120 ml D) 80 ml E) 60 ml 24.Daryo qirg‘og‘ida ulkan charxpalak o‘rnatilgan. Quyidagi rasm va chizmaga qarang. Ulkan charxpalakning tashqi diametri 140 metrga, uning daryo tubidan to cho‘qqisigacha bo‘lgan balandligi esa 150 metrga teng. U strelka yo‘nalishi bo‘ylab, quyidagi rasmda tasvirlanganidek aylanadi.
Charxpalakning markazi M bilan belgilangan. Daryo tubidan charxpalakning markazi M gacha bo‘lgan masofa necha metr? A)90 m B) 50 m C) 120 m D) 80 m E) 60 m 25. Charxpalak doimiy tezlik bilan aylanadi. U taxminan 40 minutda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Jasur charxpalakning chiqish joyidan charxpalakka o‘tirdi. 30 minutdan so‘ng Jasur charxpalakning qaysi nuqtasida bo‘ladi? A) R nuqtada. B) R va S orasida. C) S nuqtada. D) S va P orasida. 26. Fudziyama tog‘i Yaponiyadagi mashhur ziyoratgoh hisoblanadi. Har yili faqatgina 1 iyuldan 27 avgustga qadar Fudziyama tog‘iga chiqishga ruxsat beriladi. Ayni shu vaqt mobaynida taxminan 200 000 nafar odam Fudziyama tog‘iga ko‘tariladi. O‘rtacha har kuni nechta odam Fudziyama tog‘iga ko‘tariladi? A) 340 nafar odam. B) 710 nafar odam. C) 3400 nafar odam. D) 7100 nafar odam. E) 7400 nafar odam. 27.Fudziyama tog‘iga olib chiqadigan Gotemba so‘qmog‘ining umumiy uzunligi taxminan 9 kilometrga teng. Sayohatchilar 18 kilometr yurganlaridan so‘ng soat 20:00 da qaytib kelishlari kerak. Toshpo‘lat o‘rtacha birsoatda 1,5 kilometr yo‘l bosib, tog‘ga ko‘tarilishini va tog‘dan u bundan ikki marta katta tezlik bilan tushishini taxmin qildi. Shuningdek, ovqatlanish va dam olish uchun vaqti qolishini mo‘ljalladi. Toshpo‘latning tog‘ga chiqish va tushish tezliklaridan foydalanib, soat 20:00 da qaytishi uchun u sayohatini uzog‘i bilan qachon boshlashi kerak?