Boldir muskullari
Boldir muskullari uch guruh (oldingi, lateral va orqa)ga bo'linib joylashgan (90, 91-rasmlar). Oldingi guruh. Oldingi katta boldir muskuli katta boldir suyagining yuqori lateral yuzasidan, lateral do'ng o'sig'idan boshlanib, birinchi ponasimon suyakka va birinchi oyoq kaft suyagiga yopishadi. Funksiyasi. Oyoq panjasini yozadi, panjaning medial tomonini ko'taradi. Barmoqlami yozuvchi uzun muskul katta boldir suyagining lateral do'ngidan, suyaklararo pardadan boshlanib, to'rtta payga ajralib, II— V barmoqlar dorzal yuzalariga yopishadi. Funksiyasi. Panja va barmoqlami yozadi. Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul — kichik boldir suyagining medial yuzasidan boshlanib, bosh barmoqqa yopishadi. Funksiyasi. Panjani va bosh barmoqni yozadi. Orqa guruh. Bu muskullar yuza va chuqur qavat bo'lib joylashgan. Yuza qavat. Boldirning uch boshli muskuli boldir muskuli va kambalasimon muskuldan tuzilgan. Boldir muskuli ikki boshli bo'lib, ular katta boldir suyagining medial va lateral do'ng o'siqlaridan b o sh la n a d i va boldirning o'rtalarida kuchli payga aylanib, kambalasim on m uskul p a y ig a qo'shiladi va tanada eng kuchli pay-tovon payi nomi bilan tovon suyagi o'sig'iga yopishadi.
Boldir muskuli (m.gastrocnemius) ikki boshli bb, ular tizza bo’g’imi kapsulasi, kata bolder suyagining medial va lateral do’ng o’siqlaridan boshlanadi va boldirning ortalarida kuchli payga aylanib, kambalsimon muskul payiga qo’shilgan holda tanada eng kuchli tovon payi (Axill payi- tendo calcaneus Achillis) nomi bn tovon o’sig’iga yopishadi.
Kambalasimon muskul boldir muskulining ostida joylashgan bo'lib, kichik boldir suyagining tepa qismidan boshlanadi. Uning muskul qismi boldirning o'rtalarida payga aylanib, tovon payiga qo'shiladi va tovon suyagining o'sig'iga yopishadi. Funksiyasi. Oyoq panjasini bukadi.
Oldingi katta boldir muskuli katta boldir suyagining yuqori lateral yuzasidan, lateral do'ng o'sig'idan boshlanib, birinchi ponasimon suyakka va birinchi oyoq kaft suyagiga yopishadi. Funksiyasi. Oyoq panjasini yozadi, panjaning medial tomonini ko'taradi. Barmoqlami yozuvchi uzun muskul katta boldir suyagining lateral do'ngidan, suyaklararo pardadan boshlanib, to'rtta payga ajralib, II— V barmoqlar dorzal yuzalariga yopishadi. Funksiyasi. Panja va barmoqlami yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |