Bolalarda aritmiyаlar



Download 23,71 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi23,71 Kb.
#241414
  1   2
Bog'liq
Болаларда аритмиялар


BOLALARDA ARITMIYАLAR

Bolalarda ritmning buzilishi hamma yoshda uchraydi, ko’pincha katta yoshdagi bolalarda kuzatiladi. Tugoma va orttirilgan aritmiyalar ajratiladi, bundan tashhari funksional va organik turlarga bo’linadi. Ritm buzilishi yurak mushaklarining asosiy funksiyasi - avtomatizm, qo’zgalish, o'tkazuvchanlik va miokard qisharuvchanlik funksiyasining buzilishi natijasida yuzaga keladi.

Avtomatizm buzilishiga sinusli taxikardiya va bradikardiya, sinusli aritmiya, ritm manbai migrasiyasi va boshqa bir qator kam uchraydigan buzilishlar kiradi.

Sinusli taxikardiya va bradikardiya. Taxikardiya va bradikardiya deganda ritmining yoshga xos normal ritm bilan taqqoslanganda, bir minutda 20-30 martagacha kuchayishi yo’ki pasayishi tushuniladi. Yurak qisharishlar sonining o’zgarish sabablari turli kasalliklar, yurak qon-tomir tizimining zararlanishi bo’lishiga mumkin. Bolalarda yurak qisharishlari chastotasi o’zgarishlarining katta guruhi funksional buzilishlar bilan bog’liq. Ko’pincha yurak patologiyasi haqida sinusli taxikardiya guvohlik beradi. Aritmiyaning bu shakli maxsus davoni talab hilmaydi, terapiya asosiy kasallikni davolashga haratilgan.

Sinusli aritmiya. Sinusli aritmiyaning eng ko’p uchraydigan turlaridan biri nafas aritmiyasidir. Nafas aritmiyasi barcha yoshdagi bolalarda uchraydi. Chaqalоqlik davrida u kuchsiz rivojlangan, erta yoshdagi bolalarda ko’p uchraydi, nafas aritmiyasi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ko’p uchraydi. Nafas aritmiyasi jismoniy zoriqishdan keyin kamayadi. Pediatriya amaliyotida nafas aritmiyasining yo’qolishi (ritm tarangligi, embriokardiya) patologiyadan dalolat beradi. EKGda yurak komplekslarining diastolik interval hisobiga davomiyligining variabilligi aniqlanadi. Ritm manbai migrasiyasi turidagi ritmning buzilishini faqat EKGda aniqlash mumkin. EKGda bu R tishining xar-xil shakldaligi bilan tashqislanadi.Qo’zgalishning buzilishi ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya korinishida bo’ladi.

Ekstrasistoliya - yurakning navbatdan tashhari hisharishi. Impulsning paydo bo’lishi joyiga harab, qorinchalar usti (supraventrikulyar) va qorinchalar ekstrasistoliyasiga bo’linadi. EKGda- impuls paydo bo’lishi joyini tekshirish aniqlanadi: sinusli tugun yoki atrioventrikulyar bog’lam, o’ng

yo’ki chap qorinchalar va boshqalar. Ekstrasistolaning normal ritm bilan almashinuvi alloritmiya (bigeminiya- ekstrasistoliyaning normal qisharishdan keyin paydo bo’lishiga, trigeminiya-ikkitadan keyin va boshqa), ko’pincha normal ritm bilan tartibsiz qisharish kuzatiladi.

Ekstrasistoliya - bolalarda eng ko’p uchraydigan ritm buzilishi, turli yoshda kuzatiladi. Ekstrasistoliyani ba'zi bolalar sezmaydi va hech qanday shikoyati bo’lmaydi, boshqalari esa yurak sohasida yo’qimsiz sezgi, qo’shimcha puls, qo’shimcha tonlar yoki yurakning bitta toniga shikoyat qilishadi. Aniq diagnoz qo’yish uchun EKGni registrasiya qilish kerak.

Ekstrasistoliya funksional va organik turlarga bo’linadi.

Funksional ekstrasistoliya prepubertat va pubertat davrda uchraydi. Sutka davomida labil, jismoniy yuklamadan keyin holat almashtirganda o’zgaradi. Parallel ravishda bolalarda vegeto’qontomirlar distoniyasi, surunkali infeksiya ochoqlari, endokrin buzilishlar va boshqalar aniqlanadi. Maxsus tekshiruv usullari o’tkazilganda miokard hisharuvchanlik funksiyasining buzilishi aniqlanmaydi.

Organik genezli ekstrasistoliya doimiy xarakterga ega. Bolalarda umumiy holati buzilgan, yurakning funksional yetishmovchilik belgilari aniqlanadi. Organik ekstrasistoliya miokarditlarda, yurak tugma nuqsonlarida ko’p uchraydi, revmatizmda kam uchraydi.

Organik genezli ekstrasistoliyada, davo ritm buzilishini chaqirgan, asosiy kasalliklar terapiyasi fonida o’tkaziladi. Ekstrasistoliyani bartaraf etish uchun kaliy preparatlari, kaliy oratat, panangin, asparkam yoshga oid dozada tavsiya qilinadi. Ushbu terapiya samara bermaganda beta-adrenoblokatorlar buyurtiriladi. Anaprilin, kordaron yaxshi samara beradi. Sutkalik dozasi har bir kg tana vazniga 1 - 2 mg .




Download 23,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish