Bosh
sahifa
/
https://sovminrk.gov.uz/uz/news/category
/ Bolalar huquqlari – doimiy himoyada
Bolalar huquqlari – doimiy himoyada
Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)
Sog‘lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta’minlaydigan mustahkam poydevordir. Shu bois yosh avlod kelajagi yo‘lida
alohida va doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom
Karimov rahnamoligida yoshlarning sifatli ta’lim olishi va salomatligini mustahkamlash uchun har tomonlama qulay shart-sharoit
yaratishga ulkan
e’tibor qaratilmoqda. Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish
uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 5 barobar ko‘paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Buning natijasida onalar o‘limi 2
barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaydi. Xususan, yaqinda «Bolalarni asraylik» xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon
reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘n mamlakat
qatoridan joy oldi. Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi yaratilgan. Ta’kidlash joizki, mustaqillikka
erishilgandan so‘ng O‘zbekiston qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasidir. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining Bola huquqlari to‘g‘risidagi BMT
konvensiyasi milliy qonun hujjatlariga implemintatsiya qilingan ijtimoiy muhofaza bo‘yicha
normalarining Buxoro, Navoiy va Toshkent
viloyatlaridagi ijrosini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida shular xususida so‘z bordi. Unda Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
vazirliklar va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari va OAV
vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda bola huquqlari himoyasi mamlakatimizda mustahkam huquqiy asosga ega ekani ta’kidlandi. Inson huquqlarini
himoya qilishning qonunchilik asosi, avvalo, Konstitutsiyamizda belgilangan me’yorlar va qonunlarga tayanadi. Milliy qonunchilikdagi ustuvor
yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bo‘lib,
mazkur
yo‘nalishda YUNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga 1992 yil
9 dekabrda qo‘shilgan. Mamlakatimiz Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiyaga (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda Bolalar
mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Jeneva, 1999 yil 17iyun)
ham qo‘shildi va ushbu hujjatlar qoidalaridan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog‘liqni
saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat
organlarining oilaviy
muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi, davolanishi va ularning boshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini
muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda kompleks idoralararo
komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan mahrum bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab tizimi va jismoniy
rivojlanishdagi nuqsoni bor bolalar uchun tabaqalashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Yig‘ilishda so‘zga
chiqqan deputatlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) vakillari Bola huquqlari to‘g‘risidagi
konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi xususida o‘z mulohazalarini bildirdilar. Shu o‘rinda
qayd etish joizki,
mamlakatimizda oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlarini ta’minlash tizimi yaratilgan. Xalq ta’limi vazirligi tizimida bugungi kunda
jami 25 Mehribonlik uyi, 2 Bolalar shaharchasi, 6 Oilaviy bolalar uyi, 18 kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan
oila farzandlari uchun
mo‘ljallangan maktab-internat hamda 88 maxsus maktab-internat faoliyat olib bormoqda. Yig‘ilish ishtirokchilari qonunchilik monitoringini
kuchaytirish, mamlakatimizning barcha viloyatlari, ayniqsa, qishloq joylarda tushuntirish ishlarini olib borish, bolalar huquqlarini ta’minlash
yo‘lida davlat idoralari va NNTlar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
O‘zA
19.09.2011 10:19 da elon qilingan,
marta korib chiqildi