Bog`lovchisiz qo`shma gap orasiga tinish belgisi qo`ying.
(javobi)
1.
Borliq jim: har bitta darchada zangori shu`lalar porlaydi.
2.
Hamal keldi- amal keldi.
3.
Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz qatnashamiz.
4.
Yer
tosh qotgan, qor moylanmagan aravaday g`ichirlaydi.
5.
Bugun havo ochiq: derazalarni lang ochib qo`ysa ham bo`ladi.
6.
Suv keldi- cho`llarda hayot boshlandi.
7.
Osmonda na oy na yulduz ko`rinadi: havo buzuq edi
8.
Faqat bitta iltimos: bir bayt o`qiyman, shuni yaxshilab eshiting.
9.
Yuragida qanday dard bor-mana bu menga sir.
10.
Kuz keldi, yig`im – terim ishlari boshlandi
11.
Siddiqjon to`xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi.
12.
To`rt mashina o`g`it yubordik- fermerlarga vaqtida taqsimlansin
13.
Ehtimol sizda ham shunday hollar bo`lgandir: tun yarmidan og`g`anda birdan uyg`onib ketasiz
14.
Sabr ila bog`liq ish oshilur, ishda ochiqqan ko`p toyilur
15.
Yaxshi o`g`il -el obro`si, yaxshi qiz -uy obro`si
16.
Shoazim o`ng`aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko`ngliga bahs sig`mas edi.
17.
Qor yog`di-don yog`di.
18.
Qayerdadir xo`roz qichqirdi:
tong otishi yaqinlashgan
19.
Ter to`kildi- dur yetishtirildi
20.
Ertaga cho`qqini egallaymiz; sovuq qattiq emas, shamol bo`lishi ham kutilmaydi
21.
Rais kirib keldi- majlis ochildi
22.
Bildi ota: foydasizdir qiynamoq
23.
G`animlar duch kelar- jang bo`lar puxta
24.
Bir
vaqt dasturxon yozildi, turli taomlar kirdi
25.
Xushxabar olb keldim: garnizon yanchildi
26.
Doston aytdim- kitob bo`ldi
27.
U biladi, ishonadi; sinlisi o`zi bo`lmasa, uydirma-yu mish-mishlarga ishonadigan ayol emas
28.
Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar
29.
Elning bir so`zi bor: o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma
30.
Omon ovchining ov sarguzashtlari ko`plarni qiziqtirardi: ko`plari hikoya eshitish
uchun kelardi
31.
Qattiq charchagan edim, nima deb javob berganimni bilmayman
32.
Istiqlol davri bolalari g`ayratli, shijoatli; ko`zida chaqini , ko`ksida yolqini bor
33.
Endi nima bo`libshundoq bo`lganini aytib o`tirishga fursatim yo`q- idorada odamlar kutib o`tiribdi
34.
Urilmoq ham foyda: pishiq bo`lasiz.
35.
Ko`prikni biz qurdik, dushmanlar o`tdi
36.
Kechasi shamol tindi, yo`l azodidan horigan kishilar qattiq uyquga ketdilar.
37.
Qo`ng`roq chalindi, dars boshlandi.
38.
Orzum shul: o`chmasin yongan chirog`ing
39.
Dalasida o`smas
tikanlar, cho`llarida chopmas ilonlar.
40.
Said Jalolxon tovush chiqarmay uning o`rniga o`tirdi- u ko`rmadi.
41.
Paxtalar qiyg`os ochildi, terim avjiga chiqdi.
42.
San`atkor tajang edi: tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi,bir traktorist uni savodsizlikda aybladi.
43.
Shinel jiqqa xo`l ; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
44.
Traktorist tanqid qilganiga san`atkor asti chiday olmas edi: traktor qayda-yu, masalan, “chorzarb”
qayoqda, traktorist qayoqda-yu ashula-chi qayoqda!
45.
Bir necha nafas shunday turgach, ko`zlarini ochdi: nur yo`qolibdi.
46.
Kampirning jig`ibiyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig`irig`ini ko`tarib,
vaysaganicha, uyiga kirib ketdi.
47.
Osmonda yoqutdek yirik yulduzlar porlaydi, yangi oyning o`rog`i daryoda qalqib-qalqib suzadi
48.
Ruboiyni ichida o`qidi, yuzini tabassum qopladi
49.
Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik ; yo`lda arava tugul, piyoda ham
zo`rg`a,qo`rqa-pisa qadam bosadi.
50.
Tilmoch bitta-bitta bosib , eshikka tomon borarkan, orqasiga qaradi: zal bo`m-bo`sh yetimchadek edi.
51.
Yaxshisi shu: har kuni savob ish qilishga odatlan.
52.
Bularni ko`rib hamma ishondi: Sobirjin bugun ,albatta, g`alabaga erishadi.
53.
Abror qizni darrov tanidi: u qo`shni mahalladagi do`konda ishlar edi.
54.
Sizning qilayotgan ishingiz yomg`irga o`xshaydi: har bir tomchisi don undiradi.
55.
Chol aqlli odam: unga o`rgatish
ham mumkin, undan o`rganish ham mumkin.
56.
Olamni quyosh yoritadi, insonni – ilm
57.
Bir joyda turganimda deyarli fikr qilolmayman; tanam hamma vaqt harakatda bo`lishi kerak.
58.
Eh, bu yerning nimasini aytasan: xayoldagi jannatning xuddi o`zi.
59.
Kimki mehnatning zo`rini qilibdi- odamning sarasi ana shu
60.
Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg`armani selga berma , elga ber!
61.
Eshakni yaydoq minib bo`lmaydi- yiqilasan kishi.
62.
Yaxshini yomon dema ,olising bo`lsa ham; yomonni yaxshi dema, yaqining bo`lsa ham.
63.
Faxr bilan silkitib qo`l, derlar: Tilaymiz oq yo`l
64.
Ishning ko`zini bil- dala ham obod, choyxona ham
65.
Istiqlol kedi- o`zligimizni angladik, qadriyatlarimiz tiklandi.
66.
Bizlar xizmatkor odam- nimani bilaylik ,to`ram .
67.
Navoiy H.Boyqaro qoshiga kirib
vaziyatni tushuntirdi; isyonchi valiahdi bilan mustahkam sulh barpo
etish kerakligini talab qildi.
68.
Qirq to`rt so`mdan yigirma yeti so`mniolib tashladik- o`n yeti so`m qoldi.
69.
Hayhotday hovli fayzsiz; daraxtlar ostini o`t-olan bosgan,hovlining etak tomonida bir juft yirik-yirik
qarg`a loqayd kezib yuribdi.
70.
Obidjin borib pechkaning ichiga qo`l tiqadi: nimanidir mahkam ushlaydi
71.
Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo`llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari timdalandi.
72.
Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o`tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman
73.
Kurashda bir tabiat qonuni bor: polvon davrada mag`lub bo`lsa,taqdirga tan berib ketmaydi.
74.
Elning bir so`zi bor: o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma.
75.
Axir shu qarorga keldilar: bolalarni buvimga topshiradigan va akam o`zi bilan
shaharga olib ketadigan
bo`ldi.
76.
Mashina haydovchilariga qiyin bo`ldi: shiddat bilan chalingan hushtak shofyorlarni tinimsiz to`xtashga
majbur qilardi.
77.
Beshinchi kun hamma narsa ma`lum bo`ldi: ko`rinmas politsiyachi rolini qafasdan qochib chiqqan
to`tiqush bajarayotgan ekan.
78.
Hargiz talabi shuhrat etmakim: ofat turur.
79.
Nodon aytur: g`olib chiqdim, dono aytur: yo`l berdim
80.
Qrim urushidan keyin hammasi chappasiga o`zgardi: kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qoldi.
81.
Yolg`on o`rmonga o`xshaydi: o`rmonga qanchalik kirib boraversang,undan chiqib olish ham
shunchalik qiyinlashaveradi.