• tashkilotni rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish;
• zaruriy resurslar va ularni ta’minlash manbalarini aniqlash;
• vakolatlar va mas’uliyatlarni taqsimlash va muvofiqlashtirish, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish;
• qabul qilinadigan qarorlarning navbati va ketma-ketligini aniqlash, davrlar bo’yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
• kadrlarni tanlash, tayyorlash, ularning mehnatini rag’batlantirish;
• qo’yilgan vazifalarni hal etishda hisob va nazoratni o’rnatish.
Menejerlar
Bu rahbarlar, ya’ni tashkilotning o’zlariga bevosita bo’ysinuvchi xodimlarga ega xizmatchilari bo’lib, ular tashkilotda doimiy lavozimni egallaydilar, tashkilot faoliyatinig ma’lum sohalariga oid qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo’ladilar.
Rejalshtirish
Faoliyat maqsadlarini , buning uchun zarur bo’lgan resurslarni aniqlash, maqsadlarga erishish usullarini ishlab chiqish,tashkilotni kelajakdagi rivojlanishini prognoz qilish
Tashkil qilish
Tashkilot tuzilmasini shakllantirish, uni resurslar (moddiy,moliyaviy,mehnat)bilan ta’minlash
Motivatsiyalash
Xodimlarni faollashtirish, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirish hamda xodimlarni ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish yordamida tashkilot maqsadlariga erishishni ko’zlab samarali ishlashga ruhlantirish
Nazorat
Ish natijalarini miqdoriy va sifat jihatidan baxolash hamda hisobni olish, rejalarni, me’yorlarni, qarorlarni korrektirovka qilish
• boshqaruvning yaxlitligi– tashkilot faoliyatiga to’laligicha kompleks yondashuv, tashkilotga yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida qarash;
• tashkilotda boshqaruv jarayonlarini ierarxik tartibda yo’lga qo’yish va yakkaboshlik tamoyili;
• menejmentni maqsadga yo’nalganligi-bo’ysunuvchilarni tashkilot maqsadiga erishishni ko’zda tutib ish qilishi;
• boshqaruvni ilmiy asoslanganligi va optimallashuvi –boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ilmiy usullardan foydalanish, maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo’llarini qidirish;
• boshqaruvni markazlashuvi va nomarkazlashuvining uyg’unlashuvi – vakolatlarni taqsimlash (rus. - делегирование)va menejaerlar mas’uliyatlarni aniqlash asosida boshqaruv ishini oqilona bo’lib chiqish;
• demokratlashtirish –boshqarish obyekti va sub’yektlarini unumli hamkorligi, mehnatni rag’batlantirish usullarinig barcha ko’lamidan foydalanish.