Biz yot g’oyalarga qarshimiz
Mana biz shunday rivojlangan texnologiyalar va ilm-fan
taraqqiy etgan davrda yashayabmiz.Shu fursatdan foydalanib
ba’zi tashqi yoki ichki kuchlar bizning g’oyalarimizni
o’zgartirishga,turli yo’llarga kirishga undayabdi.Biz yoshlarning
ongi va tafakkurini zaharlashga harakat qilayotgan kuchlarga
qarshi o’zimizda aks ta’sir qila olishimiz va bunday kuchlardan
ularni himoya qilishimiz lozim.
Masalan misol qilib Internetni oladigan bo’lsak.Hozirda hamma
o’rta yoshdagi kishilar va bolalar orasida juda katta hajmni
qamrab olgan bir dastur sifatida aytishimiz mumkin.To’g’ri
kimdir undan yaxshi niyatda,boshqalar esa o’zining ba’zi yomon
niyatlarini amalga oshirishda foydalanyabdi deb bemalol ayta
olamiz.Hozirgi kunda internet yaratuvchi va buzg’unkor g’oyalar
jamlangan tarmoqqa aylanib bo’ldi.Uni cheklash orqali ham
ko’zlangan maqsadga erisha olmaymiz.Chunki kimdir o’zining
buzg’unkor maqsadiga erishmaguncha yana va yana boshqa turli
xil,bundan kuchliroq ta’sirga ega bo’lgan dastur yaratishi
mumkin.Qachonki o’zimizda bularga qarshi biron kuch topa
olmas ekanmiz bulardan qutila olmaymiz.
Har doim globallashuv haqida gap ketar ekan men Mahatma
Gandining so’zlarini eslayman.U aytadiki, “Men tashqaridagi
bo’rondan qo’rqib ,derazamni yopib qo’ya olmayman,chunki
menga toza havo kerak .Shu bilan birga ,toza havo kerak ekan,deb
derazamni katta ochib ham qo’ya olmayman,chunki mening
uyimni chang-to’zon bosib ketishini xohlamayman”.Bu bilan u
nima demoqchi?Hozirda internetsiz hayotimizni tasavvur qilib
bo’lmaydi.U hayotimizning bir bo’lagiga aylanib qolgan
.Bolalarimizni yomon yo’llarga kirib ketishini oldini olish
maqsadida ularni yoshligidan 1-sinfga borishidan yoki undan
ham oldindan ijobiy xususiyatlar haqida gapirishimizni.Hamma
narsaning faqatgina yaxshi tomonlarini tushuntirib,yomon
taraflari qanday oqibatlarga olib kelishini aytib o’tishimiz kerak
shundagina bola katta bo’lganda salbiy holatlarga qarshi o’zida
kuch topa olishiga men bemalol ishonaman.Undan oldin biz o’rta
yoshdagilarni fikrini ijobiy tarafga o’zgartirishimiz kerak.Chunki
aynan qaysidir davlatdan qanaqadir oqimga kirib qolgan kishilar
shularning orasidan kelib chiqayabdi.”Yoshlikda olingan bilim-
toshga o’yilgan naqsh” deb bejizga aytishmagan.Yoshlarimizga
bilim bilan bir qatorda tarbiya haqida singdirib borsak yaxshiroq
bo’lardi deb o’ylayman.A.Avloniy ham bilim bilan bir qatorda
hatto undanda oldinroq tarbiyani 1-o’ringa qo’yadi.
Men o’ylaymanki bu fikrlarim yoshlarimizning ongida ijobiy
holat kasb etib,ularni yaxshi tarafga o’zgartira olishiga
ishonaman.Hozirgi kunda O’zbekiston yoshlariga bilim va tarbiya
borasida tenglasha oladigan yoshlarimizni men hali
uchratmadim.
O’zbekiston Milliy Universiteti
O’zbek tili filologiyasi
I boshqich talabasi Askarov Ravshanbek.