Bir kuni Oqiljonning dadasi uch-to'rt tup atir- gul ko'chati ko'tarib keldi



Download 9,01 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi9,01 Kb.
#301265
Bog'liq
Bir kuni Oqiljo


Bir kuni Oqiljonning dadasi uch-to'rt tup atir- gul ko'chati ko'tarib keldi.

Qani, o'g'lim, qarashib yuboring, gul ekamiz, — dedi.

Xo'p bo'ladi, — suyunib ketdi Oqiljon. Dadasi chuqurcha qazidi, Oqiljon suv quyib turdi, har bir chuqurchaga gul ko'chati o'tqazib, ustidan tuproq tortishdi.

Yaqinda Oqiljon hovlida o'ynab yurib gul ko'chatlari barg ochganini, bittasi hatto kichkinagina g'uncha tukkanini ko'rib qoldi. Quvonib ketdi. Shundan keyin har kuni ertalab o'rnidan turdi deguncha yugurib gulning oldiga boradigan, g'uncha katta bo'lyaptimi, yo'qmi deb qaraydigan bo'libdi. Lekin g'uncha sira ochilmas, qanday bo'lsa shundayligicha o'zgarmay turardi. Oqiljon dadasidan so'radi:

Dada, g'uncha nega katta bo'lmayapti, qachon gul ochadi? Oqiljonning dadasi kulimsirab javob berdi:

Parvarishga bog'liq, o'g'lim. Tagini tez-tez yumshatib, suv quyib tursang, ana o'shanda ochiladi.

Bo'pti, parvarish qilaman, — dedi Oqiljon.

U so'zining ustidan chiqdi, tesha bilan gul

ko'chatining tagini yumshatib, kunora suv quyib turdi. Ko'p o'tmay g'unchaning uchi yorilib qip- qizil gul ko'rinib qoldi. Oldiniga u kichkina edi, bir haftadan keyin esa piyoladek keladigan qip- qizil atirgulga aylandi. Atirgul shunday chiroyli ediki, Oqiljon qarab to'ymasdi.

Yakshanba kuni devor qo'shnilari Shohistaning tug'ilgan kuni edi, chiqib Oqiljonni mehmonga taklif qildi.

Oila a'zolari o'tirib Oqiljonning Shohistaga qan- day sovg'a olib chiqishini maslahatlashdilar. Oqil­jonning buvisi, oyisi, katta akasi har xil narsa- larni aytishdi, lekin bir qarorga kelisholmadi.

Shunda dadasi:

Atirgulingni olib chiqa qol, — dedi.

Ho... — dedi Oqiljon, — hali men Shohista uchun shuncha ovora bo'lib gulni ochiltirgan ekanman-da. Kerak emas!

Hamma birdan jim bo'lib qoldi.

Men yolg'iz o'zing uchun gul o'stirganingni bilmagan ekanman, — dedi xomush ovozda da­dasi, — uzmasang baribir uch-to'rt kundan keyin so'lib, barglari to'kilib ketadi.

Oqiljon anchagacha ikkilanib o'tirdi, oxiri gulni shartta qaychida qirqdi-da, qo'shnisinikiga yo'l oldi. Shohista gulni ko'rib judayam quvonib ketdi, idishga suv to'ldirib atirgulni soldi, keyin stolning o'rtasiga qo'ydi. Bir uy bola mehmon bo'lib o'tirgan ekan, hammasining gulga havasi keldi. Ayniqsa Nodira bilan Nigora „chiroyli gul ekan", deb rosa havaslari keldi.

Shu payt uyga Shohistaning buvasi kirib keldi.

Bay-bay-bay, bunday ajoyib gulni kirn parvarishlab o'stirdi-yu, kirn sovg'a qildi senga? — deb so'radi nabirasidan.

Gulni men o'stirdim, — bu gap og'zidan qanday chiqib ketganini Oqiljon sezmay qoldi. — Hali g'unchasi ko'p, mana ko'rasizlar, ochil- ganda Nodiraga ham, Nigoraga ham beraman!



Bobo jilmayib uning yelkasiga qoqdi-da:

Barakalla, bo'talog'im. Sen haqiqiy bog'bon ekansan. Yaxshi bog'bon senga o'xshagan saxiy bo'ladi, — dedi.
Download 9,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish