Bir kombayn daladagi hosilni 15 soatda, boshqasi esa shu hosilni 10 soatda yig’ib olishi mumkin. Ikkala kombayn birgalikda hosilni qancha soatda yig’ib olishi mumkin? A) 7 B) 8 C) 5,5 D) 6
Ikkita ishchi birgalikda ishlab, ma’lum ishni 12 kunda tamomlaydi. Agar ishchilarning bittasi shu ishning yarmini bajargandan keyin, ikkinchi ishchi qolgan yarmini bajarsa, shu ishni 25 kunda tamomlashi mumkin. Ishchilardan biri boshqasiga qaraganda necha marta tez ishlaydi? A) 1,2 B) 1,5 C) 1,6 D) 1,8
Muayyan ishni bajarishga bir ishchi 3 soat, ikkinchi ishchi esa 6 soat vaqt sarflaydi. Birinchi ishchi 1 soat ishlagandan keyin, unga ikkinchi ishchi qo’shildi. Ikkala ishchi birgalikda qolgan ishni necha soatda tugatishadi? A) 2 soat 30 min B) 1 soat 40 min C) 1 soat 20 min D) 2 soat
Usta muayyan ishni 12 kunda, uning shogirdi esa 30 kunda bajaradi. Agar 3 ta usta va 5 ta shogird birga ishlasalar, o’sha ishni necha kunda bajarishadi? A) 2,4 B) 3,6 C) 2,5 D) 1,2
12 ta ishchi ma’lum miqdordagi ishni 4 soatda bajaradi. Xuddi shu ishni 3 soatda bajarish uchun necha ishchi kerak? A) 15 B) 14 C) 9 D) 16
Muayyan ishni bajarishga bir ishchi 3 soat, ikkinchi ishchi esa 6 soat vaqt sarflaydi. Birinchi ishchi 1 soat ishlagandan keyin, unga ikkinchi ishchi qo’shildi. Ikkala ishchi birgalikda qolgan ishni necha soatda tugatishadi? A) 2 soat 30 min B) 1 soat 40 min C) 1 soat 20 min D) 2 soat
Bir ishchi buyurtmani 6 soatda, boshqasi esa 10 soatda bajaradi. Ular birgalikda 3 soat ishlaganlaridan keyin ishning qancha qismi bajarilmay qolgan bo’ladi? A)1/3 B)2/5 C)1/5 D)1/4
Birinchi brigada ishni 24 kunda, ikkinchisi esa 16 kunda tamomlay oladi. Agar birinchi brigadaga ikkinchi brigada 4 kun yordamlashsa, birinchi brigada ishni necha kunda tamomlay oladi? A) 15 B) 14 C) 12 D) 18
Ahmad bir kun, Arslon ikki kun ishlaganda bir ishning 3/8 qismini bajarishadi. Agar Ahmad uch kun, Arslon ikki kun ishlasa, aynan o‘sha ishning 5/8 qismini bajarishadi. Ahmad bir o‘zi ushbu ishni necha kunda tamomlaydi? A) 4 B) 10 C) 8 D) 9
Biror topshiriqni usta 20 kunda, shogird 30 kunda bajaradi. Ular birgalikda ishlasa, bu topshiriqni necha kunda bajarishadi? A) 10 B) 15 C) 12 D) 14
Ali o’rtog’i bilan ishning 20% bajardi. Keyin bir o’zi 4 kun ishlab qolgan ishning 25% ni bajardi. Ali bu ishning hammasini necha kunda qila oladi? A) 20 B) 25 C) 30 D) 16
Hovuzga 2 ta quvur o’tkazilgan. Birinchi quvur bo’sh hovuzni 10 soatda to’ldiradi, ikkinchisi esa 15 soatda bo’shatadi. Hovuz bo’sh bo’lgan vaqtda ikkala quvur birdaniga ochilsa, hovuz necha soatdan keyin to’ladi? A) 25 B) 28 C) 30 D) 32
Hovuzga uchta quvur o’tkazilgan bo’lib, birinchi va ikkinchi quvurlar birgalikda hovuzni 12 soatda,birinchi va uchinchi quvurlar birgalikda hovuzni 15 soatda, ikkinchi va uchunchi quvurlar birgalikda hovuzni 20 soatda to’ldiradi. Uchala quvur birgalikda ochilsa, hovuzni necha soatda to’ldiradi? A) 11 B) 10 C) 8 D) 9
Hovuzdagi suv ikki quvur orqali orqali chiqariladi. Birinchi quvur to’la hovuzni 30 minutda, ikkala quvur birgalikda uni 18 minutda bo’shatadi. Ikkinchi quvur to’la hovuzni necha minutda bo’shatadi? A)42 B)48 C) 5 D) 45
Birinchi quvur hovuzni 3 soatda to’ldiradi, ikkinchisi esa 5 soatda. Ikkala quvur birgalikda hovuzni qancha vaqtda to’ldiradi? A) 1 7/8 B) 2 1/2 C) 2 1/5 D) 1 4/5
Birinchi quvur hovuzni 2 soatda to’ldiradi, ikkinchisi esa uch marta tezroq. Ikkala quvur birgalikda hovuzni qancha vaqtda to’ldiradi? A) 0.5 soat B) 40 min C) 45 min D) 25 min
Birinchi kuni ish normasining 1/3 qismi bajarildi. Ikkinchi kuni birinchi kunda bajarilgan ishning 1/6 qismicha ko’p ish bajarildi. Shu ikki kunda qancha ish normasi bajarildi? A) 0, 5 B) 2/9 C) 13/18 D) 5/6
Birinchi quvurdan ikkinchi quvurga qaraganda ikki barobar ko‘p suv oqadi. Ikkalasi birgalikda bo‘sh hovuzni 12 soatda to‘ldiradi. Birinchi quvur hovuzning uchdan bir qismini necha soatda to‘ldiradi? A) 12 B) 4 C) 6 D) 9
Hovuzga uchta quvur o‘tkazilgan. Birinchisi hovuzni 12 soatda, ikkinchisi 8 soatda to‘ldiradi. Uchinchisi hovuzni 1 sutkada bo‘shatadi. Agar uchala quvur birgalikda ochib qo‘yilsa, bo‘sh hovuzning yarmi qancha vaqt(soat)da to‘ladi? A) 3 B) 2 C) 2,5 D) 1,5
Meshdagi suv Anvarning o’ziga 14 kunga, ukasi ikkalasiga esa 10 kunga yetadi. Meshdagi suv Anvarning ukasiga necha kunga yetadi? A) 35 B) 39 C) 28 D) 26
Meshdagi suv Anvarning o’ziga 20 kunga, ukasiga esa 60 kunga yetadi. Meshdagi suv ikkalasiga necha kunga yetadi? A) 15 B) 14 C) 12 D) 16
Meshdagi suv Anvarning o’ziga 14 kunga, ukasiga esa 35 kunga yetadi. Meshdagi suv ikkalasiga necha kunga yetadi? A)8 B)12 C)10 D)9
Meshdagi suv Anvarning o’ziga 35 kunga, akasi ikkalasiga esa 10 kunga yetadi. Meshdagi suv Anvarning akasiga necha kunga yetadi? A) 20 B) 14 C) 15 D) 16
Meshdagi suv Anvarning o’ziga 20 kunga, ukasiga esa 60 kunga yetadi. Meshdagi suv ikkalasiga necha kunga yetadi? A) 12 B) 14 C) 15 D) 16
Do'stlaringiz bilan baham: |