Bihamdillah o‘g‘on fazli bila ul tanga jon keldi



Download 22,67 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi22,67 Kb.
#85843
Bog'liq
Sakkokiy qasidanavis


Sakkokiyning Shohruh Mirzoga bag’ishlangan qasidasi ijodining nodir namunalaridan biri. Sababi uning tarkibida turli xil she’riy san’atlar bilan bir qatorda shoirning o’z davri uchun yangi badiiy topilmalar ham uchraydi.

Shoir mamlakat taxtiga adolatli inson kelganidan mamnun ekanligini qasida avvalidayoq qayd etadi. Xususan:


Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor yo yo‘q,

Bihamdillah o‘g‘on fazli bila ul tanga jon keldi.
Yuqoridagi baytlarda adl sultonga ega bo’lmagan yurtni jonsiz tanaga qiyoslaydi. O’zining vatani ham jonsiz tan bo’lganligi ta’kidlab, yangi hukmdor kelib unga jon kirganini aytadi. Ushbu baytda she’riy san’atlardan tashbehning yorqin namunasini ko’rish mumkin.
Alamtek barcha beklarning boshi ko‘kka kerak teksa,

Kim onlar tak’ya qilg‘oli bu qutlug‘ oston keldi.
Bu baytdan esa hukmdorning taxtga kelishidan nafaqat xalq, balki davlat ayonlar ham mamnun. Bu orqali shoir hukmdorning naqadar hurmatga sazovor inson ekanligini ochib berolgan.

Quyidagi baytda esa talmeh san’ati qo’llanilgan:


Jahondin Ahraman ketib musaxxar bo‘lg‘oy insu jon,

Kim o‘sh taxtini yel ko‘trub Sulaymoni zamon keldi.
Shoir mamlakatdagi qusurlarni va illatlarni Ahraman, ya’ni afsonaviy yovuz dev sifatida keltiradi. podshohni esa afsonaviy Sulaymon podshohga qiyoslaydi va uning kelishi bilan Ahraman devga o’xshagan qusurlar davlatni tark etganini e’tirof etadi.
Boyindi taxtining qadri, o‘zung toj ko‘kka toshlodi,

Adolat bog‘i sabz o‘ldi, chu No‘shiravon keldi.
Yuqoridagi baytlarda ham talmehdan foydalanilgan. Baytning mazmuni: taxtning qadri oshdi, adolat bog’i yashnadi, chunki unga No’shiravon keldi. afsonaviy No’shiravoni odilga qiyoslanmoqda.
Raiyat qo‘y erur, sulton anga sho‘bonu yo bo‘ri,

Bo‘ri o‘lg‘o-yu qo‘y ting‘oy, chu Musotek shubon keldi.
Ushbu baytda esa qisman tag ma’nodan ham foydalanilgan deb o’ylayman. Shoir xalq qo’y suruvi, sulton unga yo cho’pon bo’ladi, yo bo’rdi, deydi. Va ikkinchi misraga kelib bo’ri o’lib, qo’ylar tinchida, chunki Musodek cho’pon keldi, deb talmeh san’atidan foydalanadi. Shu o’rinda shoir Shohruh Mirzodan oldingi hukmdor xalq uchun suruvga xavf soluvchi bo’ri qadar xavfli ekanligiga ishora qilgan.
Kirib tulku bikin dushman, inida o‘lgay ochliqdin,

Ne qilsun ustina haybat bila sheri jayon keldi.
Yuqoridagi misralarda esa davlat va xalqqa sotqinlik qilishi mumkin bo’lgan g’arazgo’ylarni tulki epik timsolida gavdalantiradi va ularni berkinishga chaqiradi. Chunki yurtga sherdek hukmdor kirib kelganini, aytadi.

Umuman olganda qasidani o’qir ekanmiz, unda nazarda tutilayotgan hukmdorning bir necha o’rinlarda No’shiravonga o’xshatilganiga guvoh bo’lamiz. Bundan tashqari sultonning Nabiy, ya’ni Janobi payg’ambarimiz amallariga nihoyatda sodiq ekanligi haqidagi misralar ham e’tiborimizni tortadi.



Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, qasidada faqat shohning hislatlari keltirilmagan, ya’ni Sakkokiy maddohlikdan saqlanadi. Shu bilan birga unga nasihat qiladi. So’nggi baytda unga hukmdorlik davrida amal qilishi mumkin bo’lgan nasihatlar beradi. Bundan shuni bilib olish mumkin-ki, bu o’rinda shoir shohning nazariga tushish maqsadida ijod qilayotgan ijodkor emas, xalqning va raiyatning murod-maqsadining ro’yobini chin dildan xohlaydigan elparvar insondir!
Download 22,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish