Beton va poʻlat armatura birikmasidan iborat konstruksiya va buyumlarning



Download 55,56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi55,56 Kb.
#297947
Bog'liq
Temirbeton - Vikipediya



Temirbeton

Temirbeton — beton va poʻlat armatura birikmasidan iborat konstruksiya va buyumlarning

umumiy nomi. Temirbeton 19-asrda kashf etilgan. Temirbeton buyumlarga birinchi patentlar

Fransiyada (Lambao, 1850; Kuanye, 1854; Monye, 1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va AQSH

da (Giatt, 1855—87) berilgan. Oʻzbekistonda Temirbeton konstruksiyalar 19-asr 70y.laridan

tatbiq eta boshlangan. Temirbetonda zoʻriqishlarni qabul qilishda har ikkala material (beton va

poʻlat) baravar ishlaydi. Betonning choʻzilishga mustahkamligi siqilishga mustahkamligidan

ancha (10—20 marta) past. Poʻlat armatura esa choʻzilishga ham, siqilishga ham birday ishlaydi.

Agar betonga armatura qoʻshilsa, uning choʻzilishga mustahkamligi ancha ortadi. Betonning

poʻlat armaturaga yaxshi yopishuvi, poʻlat bilan ogʻir betonning tra taʼsirida chizikli kengayish

koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqinligi (beton uchun aBq(lsl,5)10~5; armatura uchun

avq1,210~5) Temirbetonni hosil qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, beton armaturaga zich

yopishib, uni zanglash va yongʻindan asraydi. Temirbetondan poydevor bloklar, devor va

qavatlararo panellar, yopma plitalar, yigʻma zinalar, ustun va toʻsinlar, ustunqoziklar, arka va

fermalar va boshqa tayyorlanadi.

Temirbetonning afzalliklari: oʻta mustahkamligi; koʻpga chidamliligi; olovbardoshligi;

zilzilabardoshligi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl

berish mumkinligi va h.k. Vazni ogʻirligi, issiqlik va tovushni oson oʻtkazishi; mustahkamlash va

tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi

kabi omillar uning nuqsonlaridir. Betonda yoriq paydo boʻlishining oldini olish uchun armatura

oldindan zoʻriqtiriladi.

Ilgari betonning mustahkamlik darajalari markalar (M) orqali farklanar edi. Xalqaro

standartlarning yangi tizimi boʻyicha beton mustahkamligi sinflar (V) orqali belgilanadi. Mas.,

beton va Temirbeton uchun ogʻir betonning siqilish mustahkamligi boʻyicha quyidagi sinflar

mavjud: V3,5; V5; V7,5; V10; V12:5; V15; V20; V25; VZO; V35; V40; V45; V50; V55; V60. Ogʻir

betondan ishlanadigan Temirbeton konstruksiyalarda mustahkamlik sinfi V7,5 dan kam boʻlgan

betonlarni qoʻllash mumkin emas. Takroriy yuklar taʼsir etadigan konstruksiyalarda sinfi V15 dan




yuqori boʻlgan betonlar qoʻllaniladi. Siqiluvchi Temirbeton elementlari V15 dan kam boʻlmagan,

katta yuk ostida boʻladigan konstruksiyalarda esa (mas., koʻp qavatli binolarning quyi qavat

ustunlarida) sinfi V25 dan kam boʻlmagan betonlar qoʻllash tavsiya etiladi. Zoʻriqtirilgan beton

uchun V20… V60 boʻlgan beton sinflari qabul qilinadi.

Temirbeton konstruksiyalarida qoʻllaniladigan armaturalar, sterjenli va simli armaturalarga

boʻlinadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalar boʻladi. Davriy profilli

armatura tekis armaturaga Karaganda beton bilan mustahkamroq bogʻlanadi. Temirbeton

elementlar kamida 0,05 % va kupi bilan 3,5 % miqdorda armaturalanadi. Mexanik xossalariga

qarab armaturabop metall quyidagi sinflarga boʻlinadi: a) sterjen armaturalar: AI; AP; ASH; A1V;

AV; AVI; b) sim armaturalar: BI; VP; Vr II; K7; K19.

Atrof muhit trasi — 40° dan 60° gacha oʻzgarganda beton bilan armaturaning asosiy

fizikmexanik xossalari oʻzgarmaydi. Tra 60° dan oshganda betonning strukturasi buzila

boshlaydi va mustahkamligi pasayadi, masalan, tra 200° ga yetganda betonning mustahkamligi

30—40 % pasayadi. Oddiy Temirbeton uchun 500°—600° issiklik kritik tra hisoblanadi. Shuning

uchun oddiy Temirbetonni 200° dan past sharoitda ishlatish tavsiya etiladi. Yuqori (1700°

gacha) trada ishlaydigan issiklik agregatlari uchun issiqbardosh Temirbetondan foydalaniladi.

Nizomov Sh. R., Hobilov B. A., Temirbeton konstruksiyalar, T., 1992; Qosimov E., Qurilish

ashyolari. Toshkent, 2004.



Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Temirb

eton&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

Adabiyot



  Soʻnggi tahrir 1 oy avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/index

.php?

title=Temirbeton&oldid=2214791



dan olindi



Download 55,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish