Bayrog'imiz faxru g'ururimiz



Download 15,55 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi15,55 Kb.
#700378
Bog'liq
14 maktab bayroq


QORAKO’L TUMANIDAGI 14- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA “Bayrog'imiz – faxru g'ururimiz” MA’RIFAT SOATINING
BAYONNOMASI

SANA: 16.11.2021


Ma’ruzachi: Z.Karimova
Ishtirokchilar: Maktabning pedagogik jamoasi

18 noyabr – O'zbekiston Respublikasining “Davlat


bayrog'i to'g'risida”gi qonuni qabul qilingan kun”

Yaqinda davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil O'zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 25 yil to'ladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog'i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O'zbekiston davlati borligini anglatadi va o'zida milliy-madaniy an'analarimizni mujassamlashtiradi.


O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i xalqaro maydonda, jumladan, O'zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog'ida, xalqaro tashkilotlarda, konferentsiyalarda, jahon ko'rgazmalarida, sport musobaqalarida O'zbekiston Respublikasining timsoli bo'ladi.
Bayrog'imiz o'zida butun O'zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g'ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo'stlikni mujassam etgan. Milliy bayrog'imizning davlat idora va muassasalari, o'quv yurtlari, O'zbekiston a'zo bo'lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha'ni, xalqimizning g'ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. Masalan, xalqaro sport bellashuvlarida g'alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga yurtimiz bayrog'i baland ko'tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizni his qilamiz.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug' kelajagimizga bo'lgan ishonchimiz ifodasidir.
Respublikamiz davlat bayrog'idagi ramzlar O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqlikni hamda yurtimiz hududida yashovchi millat va elatlarning an'analarini o'zida mujassamlashtirgan.
Bayroqdagi moviy rang – uning ostida barcha millatlar turli xil xavf-xatarlardan xoli, emin-erkin holda ahil-inoq yashab kelayotgan musaffo osmonimiz hamda obi hayot ramzidir. Bayroqdagi oq rang – davlatimiz fuqarolarining o'zaro hamjihatlikda, bir-birini hurmat qilib, diniy bag'rikenglik tamoyillari asosida tinch-totuv yashayotganining timsoli. Yashil rang esa tabiatning yangilanishi hamda yurtimizning jannatmonand ekanligi ramzidir. Bu rang ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar davlatimiz farovonligi, jamiyat taraqqiyoti yo'lida o'zaro hamjihatlik bilan hormay-tolmay mehnat qilayotgan yurt farzandlarining vujudida oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug' sanaladi. Chunki u xalqning o'tmishi, buguni va kelajagini o'zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
Haqiqatdan ham, hayotimizda ramz va timsollarning o'rni katta. Zero, milliy ramzlar or-nomus, shon-sharaf sanalgan. Shayx Najmiddin Kubroning jasoratini tarixdan yaxshi bilamiz. Hamon bu buyuk qahramonlik tildan tushmaydi, hanuzgacha xalqimizni vatanparvarlikka, qahramonlikka chorlaydi. Yurt bayrog'ini yov qo'liga topshirishni istamagan Najmiddin Kubro uni qo'lida mahkam tutgancha jon bergan edi. Dushman harchand urinmasin, uning qo'lidan bayroqni tortib ololmay, oxiri panjalari bilan kesib oladi. Tug'ini jonidan ortiq asragan To'maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi o'nlab sarkardalar hayoti ham bugun avlodlarimizga katta ibrat. Aslida Vatan bayrog'ini ko'zga surtish, uni to'tiyo qilish Vatanni sevish, uning uchun jonini fido qilishga tayyor bo'lish deganidir.
Mustaqil davlatimiz bayrog'i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug' kelajagimizga bo'lgan ishonchimiz timsolidir. Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz yodda tutishimiz shart.
Bayrog'imizning balandligi yurtimizning obro'-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e'zozlaylik va boshimiz uzra baland ko'taraylik!
Maktab direktori: M. Shoniyozova
M.M.I.B.D o’rinbosari: O. Boltayev
Ma’naviy targ’ibotchi: H. Aymatova
Download 15,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish