Axborotlashgan iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan chuqur va tub o‘zgarishlar bir qator muammo va ziddiyatlarga olib kelmoqda



Download 2,67 Mb.
bet1/19
Sana01.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#294810
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Hujjat (4)


KIRISH

Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT) taraqqiyoti bilan birgalikda rivoji masofa va vaqt oralig‘iga qaramay axborot, pul va boshqa resurslarni tez yetkazib berish, almashish uchun imkoniyat yaratmoqda.

Axborotlashgan iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan chuqur va tub o‘zgarishlar bir qator muammo va ziddiyatlarga olib kelmoqda. Bunday muammolarga jamiyat faoliyatidagi turli sohalarga oid globallashuv va axborotlashtirish tufayli paydo bo‘lgan hamda har tomonlama o‘rganish va yechimi kompleks yondashuvni talab etuvchi iqtisodiy hayotning o‘zgaruvchanligi va beqarorligini kiritish mumkin bo‘ladi. Bulardan ta’lim, AKT, ilmiy va innovatsion faoliyat turlarining jamiyat, davlat va iqtisodiyotga bo‘lgan ta’sirining kuchayishi hamda ular faoliyat yuritishining sifat jihatdan yangi xususiyatlarga ega bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Shu sababli zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi jamiyat hayotidagi ziddiyatlarga qanday ta’rif berishi hamda uning nazariy jihatdan mazmun-mohiyati jahon iqtisodiyotining hozirgi zamon bosqichida o‘z aksini qanday topayotganligi va axborotlashgan iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatib bermoq hozirgi kunda o‘ta muhim masalalardan biridir.

O’zbekiston 1991 yil 1 sentabrda mustaqillikka erishdi va jahonga yuz tutdi. XXI asr bu axborot texnologiyalari asridir. Mamlakatimiz mustaqillika erishgandan so’ng yoshlarga katta e’tibor berildi. Yoshlarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlashga qaratildi. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.

Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi.Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi.Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy yextiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning usishi hamda fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi.

Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:



  • Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jaraeni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

  • Ilmiy tadkikotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.

  • Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish.

  • Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.

  • Talim va kadrlar tayerlash jaraenini axborotlashtirish

Xozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan yehtiyojini qondirishda muxim o’rin tutadi.Inson axborot olami ichra yasharkan , voqeya xodisalar jarayonlarning bir – biriga aloqadorligini, o’zaro munosabatlari va moxiyatni tashkil yetish ,o’z xayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko’pdan - ko’p dadil va raqamlarga murojat qiladi.Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasi nazariya yesa amalyotsiz mavjud ham bo’lmaydi ,rivojlanmaydi ham.O’zbekiston boshqa davlatlar bilan munosabatlarini va do’stona aloqalarini o’rnatshiga kirishdi. Mustaqillikdan so’ng respublikamizda axborot texnologiyalariga katta e’tibor berildi. Jahoning ko’plab mamlakatlari zamonaviy kompyuterlarga va ularni yoshlarga bevosita o’rgatishga kirishdi. Yangi axborot texnologiyalari rivojlanishiga ko’plab mamlakatlar katta e’tibor berildi va har xil festival, musobaqa, tanlovlar qilindi. Shu jumladan, mamlakatimizda ham bunday ishlarga befarq qaralmadi. Bunga misol, 2000 yil mart oyida vatanimizda birinchi marta Internet festivali bo’lib o’tdi.O’zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanishtirish ishlari olib borilmoqda. Eng katta yutuq bu O’zbekistonda milliy kompyuter tarmoqlarining shakllanishidir va u orqali axborot almashinish mumkin. Mamlakatimizda O’rta Osiyoda birinchilardan bo’lib,elektron hisoblash mashinasi ishga tushirilgan. 1956 yilda O’zFA matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi bo’limi ochildi.Bu O’rta Osiyo respublikalari ichida birinchi bunday bo’lim ochilishi edi

O’zbekistinimiz mustaqil bo’lgandan so’ng ham axborot texnologiyalariga katta e’tibor berildi va bu bo’lim, birlashmalar yanada rivojlantirildi. 2001 yil “Kibernetika”ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yangi axborot texnologiyalari markazi barpo etildi. Mustaqil O’zbekistonimizda kompyuterlashtirishni rivojlantirish, zamonaviy kompyuterlarni qo’llash va ularni samarali, sifatli ishlatish, kompyuter bozorini kengaytirish, shu va boshqa yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar o’tkazildi va yanada yangi yo’nalishlari rejalashtirilmoqda.

Jahonning ko’p davlatlari O’zbekistonimizga boshqacha ko’z bilan qarashmoqda. Yosh avlodga ko’rsatilayotgan va berilayotgan imkoniyatlar boshqa davlatlarni xavasini keltirmoqda. Har bir davlat rivojlanish yo’lida ma’lum qiyinchiliklarga uchraydi. O’zbekiston ham bundan mustasno emas. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish davrida o’zining texnologik imkoniyatlarini rivojlantirish faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash orqali amalga oshirilishini talab etiladi. O’zbekiston ko’p davlatlar kabi axborot texnologiyalarini ishlab chiqishda muammolarga duch kelmoqda. Bu borada, Yevropa, Yaponiya va AQSH davlatlari yetakchilik qiladi. Mamlakatimizning axborot texnologiyalaridagi eng katta muammosi, bu kompyuterlarni ishlab chiqarish salohiyatidir

Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilar:



  • Ichki omillar.

  • Tashqi omlilar.

Ichki omillar- bu axborotni poydo bo’lish turlari, xosalari, axborot

lar bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash va h.k.



Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnika – uskunaviy

vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning yeng muhim omillaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib o’tdi.

1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom yetgan. Bu bosqichda «qo’llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero,siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.

2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.

3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «yelektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko’chiliriladi. 

4 – bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «yelektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi YEXM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.

5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.

Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari mutaxassislari Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetidatayyorlanadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5598-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4022-son qarori, bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning ”2017 -2021 yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora – tadbirlari to`g`risidagi” 2017-yil 13 fevraldagi PQ – 2772 – sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4 oktyabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3961-son qarorlari bugungi kunda AKTni rivojlanishida katta ahamiyat kasb etmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi 17-son qarori bilan Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda hind ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi. Joriy yil 24 iyuldan boshlab Texnopark faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hozirda Texnoparkda 300 dan ortiq rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xorijiy mamlakatlardan 16 ta professor-o‘qituvchilar jalb qilindi Bugungi kunda universitetda 28 ta doktorlik ishi himoyasi o‘tkazildi. Ushbu universitet tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida qo‘shma fakultetga 505 ta talaba qabul qilindi.

Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilib, joriy yil 24 sentyabrdan boshlab universitet rasman o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda 502 nafar talaba tahsil olmoqda.

Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 18 ta IT-tadbirkorlik va raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi. Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Axborot texnologiyalarining o‘qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan talabini qoniqtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. Quyidagilar:

2020-yilda tashkil etiladigan, informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari hamda ularga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy va innovatsiya markazlari, hamda ishlab chiqarish korxonalari ro‘yxati muvofiq;

2021 — 2023-yillarda respublika tuman (shahar)larida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish jadvali muvofiq;

o‘quvchilarning Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — IT-park) rezidentlari faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun sharoitlar yaratish, ularning ushbu yo‘nalishga qiziqishini oshirish.

ilmiy va innovatsiya markazlari, tarmoq korxonalari — ilm-fanni o‘quv jarayoni bilan integratsiya qilish, o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonida ilmiy ishlar natijalaridan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratadi, ularning axborot texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlar va ilmiy ishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi.

3. Xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

a) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

ixtisoslashtirilgan va boshqa umumta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining “Bir million dasturchi” loyihasiga oid o‘quv dasturlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini ta’minlasin;

o‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va IT-parkning mablag‘lari hisobidan har yili bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik mukofotlash tizimini joriy qilsin;

b) umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturini ishlab chiqish doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiqlashtirsin;

v) 2021-yil 1-dekabrga qadar 2021 — 2023-yillarda ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish, shu jumladan xarajatlarni moliyalashtirishning aniq mexanizmlarini nazarda tutuvchi manzilli dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan tashkilotlarning ushbu maktablarni muqobil darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘qituvchilari malakasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.

Belgilansinki, ixtisoslashtirilgan maktablarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, shu jumladan ularni zamonaviy jihozlar, mebel, kompyuter va tashkiliy texnika bilan jihozlash, shuningdek, o‘quv adabiyotlari, metodik qo‘llanmalar va boshqa vositalar bilan ta’minlash quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:

2020-yil 1-dekabrga qadar 2020/2021 o‘quv yilida ixtisoslashtirilgan maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarining o‘quv dasturi va o‘tkazish grafigini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2021-yil 1-yanvarga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va IT-parkda A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etsin;

2021-yil 1-yanvardan boshlab A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlari negizida umumta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etsin.

5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini sertifikatlash milliy tizimini joriy qilsin.

6. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan texnikumlarga 4-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda ushbu korxonalar tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi nazarda tutiladi:

texnikumlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni kompyuter va boshqa jihozlar, darsliklar va zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlashda doimiy asosda amaliy yordam ko‘rsatish;

texnikumlarda o‘quvchilarni, shu jumladan axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha korxonalarning yillik tarmoq buyurtmasini shakllantirish;

texnikumlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilarini jalb qilgan holda, shu jumladan masofaviy o‘qitish orqali o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga ko‘maklashish.

7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:

oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari sohalarida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan talabalarni oliy ta’lim muassasalarining tegishli magistratura yo‘nalishlariga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilish;

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha ko‘p bosqichli (tuman (shahar) — viloyat — oliy ta’lim muassasasi) o‘z olimpiadasini o‘tkazishi va 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni birinchi o‘quv yili uchun to‘lov oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan holda imtihonsiz o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yildan boshlab “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarni oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bir oylik maosh miqdorida bir martalik mukofotlash tizimi joriy etiladi.

Bunda, oliy ta’lim muassasasi o‘z moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, olimpiadalarning g‘oliblari tomonidan egallangan o‘ringa qarab, ularni tayyorlagan professor-o‘qituvchilarni qo‘shimcha mukofotlash tizimini joriy etish huquqiga ega.

ASOSIY QISM


Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish