Avtomobil yo’llari va aerodromlar kafedrasi



Download 10,24 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi10,24 Kb.
#439574
Bog'liq
27-AYA-18 Isaqov A. Ko\'priklar yakuniy


Namangan muhandislik Qurilish instituti. Muhandislik kommunikatsiyalari fakulьteti “Avtomobil yo’llari va aerodromlar kafedrasi “Ko’priklar, tonnellar va yo’l o’tkazgichlarni loyixalash, qurish va eksplu-atatsiya qilish ” fanidan
2OB YOZMA ISH SAVOLLARI
11- variant
1. Yo'l o'tkazgichlar haqida umumiy tushuncha
2. Ko'prik gabariti nima
3.Ko’priklarda qanday nazorat va ko’rik ishlari o’tkaziladi?

Tuzuvchi: k.o’q. N.Saydazimov



Kafedra mudiri: dots. Q.Inoyatov
1. Yo'l o'tkazgichlar haqida umumiy tushuncha
Magistral, su`niy inshootlar, muhandislik kommunikatsiyasi, ijtimoiy infratuzilma, yo`l xo`jaligi, quvurlar, koʼprik inshootlari, koʼpriklar, yoʼloʼtkazgichlar, estakadalar, jarkoʼpriklar, tonnellar, galereyalar, balkonlar, tirgak devorlar, suv oqimini tartibga soluvchi va qirgʼoqlarni mahkamlovchi moslamalar, muzkeskichlar, harakat qismi, koʼtarib turuvchi qism, bogʼlovlar sistemasi, tayanch qismlar, koʼpriklar klassifikatsiyasi. eksluatatsion, ekologik, arxitektura va hisobiy konstruktiv talablar, rivojlanish istiqbollari.
Jahonda magistral yoʼl tarmoqlarining kengayishi, yoʼlovchilar va yuklar tashish hajmlarining ortishi hisobiga katta shaharlar infratuzilmasini rivojlantirishda turli xildagi transport inshootlari, jumladan koʼpriklar alohida ahamiyatga ega.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach transport kommunikatsiyalari tizimlarida yer usti inshootlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini sifat jihatidan takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Hozirgi kunda respublikamiz avtomobil yoʼllarida 7000 dan ortiq koʼpriklar ekspluatatsiya qilinmoqda. Ushbu koʼpriklarning ishonchliligini oshirish va mustahkamlikka hisoblash boʼyicha bir qator vazifalar bajarilgan. Shular bilan bir qatorda bugungi kunda transport kommunikatsiya tizimlarida sunʼiy inshootlar resurslarini oshirish uchun hisoblash usullarini takomillashtirish talab etilmoqda. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «… yoʼl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boʼyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, …» vazifasi belgilab berilgan.
2. Ko'prik gabariti nima
Koʼprikning umumiy kengligi, turlicha xizmatlarni bajarishga moʼljallangan maxsus elementlar kengligidan iboratdir. Xususan, qoʼl tutgich panjalarining kengligi, piyodalar yoʼlaklari kengligi, toʼsiqlar kengligi, xavfsizlik yoʼlaklari kengligi va xarakat qismi yoʼlakchalari kengligidan iborat. Аgarda yoʼlda qarama-qarshi yoʼnalishga ketadigan harakatlarni ajratib turish moʼljallangan boʼlsa oʼtish qismini eniga ajratish yoʼlakchasining kengligi ham yuqoridagi koʼrsatilgan kengliklarga qoʼshilishi kerak. Shunda koʼprikning toʼla yoki umumiy kengligi kelib chiqadi. Koʼprikning toʼla kengligi asosan uning gabariti tushunchasiga bogliq. Koʼprikning gabariti deganda piyodalarni avtomobillardan himoya qilib turadigan toʼsiqlar orasidagi masofa tushuniladi.
Bunday gabaritlar yoʼl oʼtkazgichlarning tagidan oʼtadigan yoʼllar va koʼchalardayam qabul qilinadi.
Bundan tashqari koʼprik ustida qabul qilinadigan boʼshligʼi tushunchasiyam mavjud. Bu degan soʼz koʼprikning ustidan har xil avtomobillar oʼtganda yoki yoʼlning, koʼprikning ustidan yoʼl oʼtkazgichlar oʼtkazilganda ularning orasidan harakatni xavfsiz oʼtkazadigan boʼsh joy qoldirilishi kerak.
Bu boʼshliqning ichiga birontayam toʼsiq qiluvchi narsa boʼlmasligi kerak. Аna shu qabul qilinadigan boʼshliqning balandligi I- III kategoriyali yoʼllarda va shahar koʼchalarida 5m.dan, IV-V kategoriyali yoʼllarida esa 4,5m.dan kam boʼlmasligi kerak. Sanoat korxonalarining III-P va IV-P kategoriyali yoʼllarida N ning oʼlchami shu yoʼllardan harakatlanuvchi avtomobillarning balandligidan 1m baland va 5m.dan kam boʼlmasligi kerak.
Shahar koʼpriklarida va yoʼloʼtkazgichlarida tramvay yoʼlining eni 7,5m boʼlishi kerak. Yoʼlning oʼtish qismiga tramvay yoʼli botirilib, temir izlar tepa qismi koʼcha yuzasi sathida boʼlsa tramvay yoʼlini himoyalovchi yoʼlaklar bilan avtomobillar oʼtish qismidan ajratilmaydi va koʼprik usti boʼshligʼi balandligi
3.Ko’priklarda qanday nazorat va ko’rik ishlari o’tkaziladi?
Konstruktsiya ekspluatatsiya sharoitida qoʼyiladigan talablarga javob bera olmay qolgan holatga chegaraviy holat deb ataladi. Chegaraviy holatlar ikki guruxga ajratiladi:
birinchisi - koʼtarish qobiliyati yoki foydalanishga yaroqsizligi boʼyicha;
ikkinchisi - normal foydalanishga yaroqsizligi boʼyicha.
Birinchi guruh chegaraviy holatiga ushbular kiritilgan: inshoot shakli ustivorligining umumiy yoʼqolishi, uning holati ustivorligining yoʼqolishi; elastik, bikr, material charchash yoki boshqa xarakterdagi buzilishlar; kuch faktorlari va tashqi muhitning birgalikdagi taʼsiridan buzilishi; ekspluatatsiya qilishga yoʼl qoʼymaydigan darajadagi rezonans tebranishlar.
Ikkinchi guruh chegaraviy holatiga konstruktsiyadan normal foydalanishni qiyinlashtiradigan darajadagi koʼchishlar (egilish, choʼkish, burchak burilishlar), tebranishlar, yoriqlar kiritilgan.
Loyihalashga topshiriqda koʼzda tutilgan sharoitlarga koʼra navbatdan tashqari taʼmirlashsiz va hech qanday cheklovsiz inshootdan foydalanish, normal foydalanish deb hisoblanadi.
Konstruktsiya hisobi yuqorida qayd etilgan chegara holatlardan hech biri sodir boʼlmasligini taʼminlash lozim.
Konstruktsiyaning ixtiyoriy elementi uchun birinchi chegaraviy holat sodir boʼlmasligi sharti ushbudan iborat:
Nmax + Fmin
yaʼni, elementdagi paydo boʼlishi mumkin boʼlgan maksimal kuchlanish (Nmax), element koʼtarish qobiliyatining minimal qiymatidan katta boʼlmasligi lozim.
Tengsizlikning chap qismi konstruktsiyaga taʼsir etuvchi yuk, hisobiy sxema va konstruktsiya oʼlchamlariga bogʼlik, oʼng qismi esa material mustahkamligi, konstruktsiya elementi koʼndalang kesimi shakli va geometrik oʼlchamlariga bogʼliq.
Konstruktsiyaga taʼsir etuvchi yuklar, konstruktsiya materialining mustahkamligi xarakteristikalari, konstruktsiya elementining geometrik oʼlchamlari qatʼiyan belgilangan emas va ularga statik oʼzgaruvchanlik xos.
Normativ doimiy yuklar konstruktsiyaning loyiha oʼlchamlari va material hajm ogʼirligining oʼrtacha qiymatlari boʼyicha qabul qilinadi. Xaqiqatdagi doimiy va vaqtincha yuklar, qabul qilingan normativ yuklardan oʼzgacha boʼlishi mumkin. Hisobiy yuklar R, normativ yuklar Pn ni yuk boʼyicha ehtiyotlik koeffitsienti +f ga koʼpaytirish bilan aniqlanadi.
R=Rn + +f
Koʼpriklarni hisoblashda yuk boʼyicha ehtiyotlik koeffitsienti +f QMQ boʼyicha belgilanadi.
Materiallarning normativ va hisobiy qarshiliklari. Materiallarning mexanik xususiyatlari ham statik oʼzgaruvchandir. Kuchlar taʼsiriga materiallar qarshiligining asosiy xarakteristikasi ularning normativ qarshiliklari Rn boʼlib, loyihalash meʼyorlari yordamida belgilanadi.
Normativ qarshilik qiymati standartlari boʼyicha belgilanadigan kontrol yoki brak xarakteristikalariga teng boʼlishi mumkin.
Materiallarning hisobiy qarshiligi R kuchlanganlik holatining xar bir turi uchun mos ravishda normativ qarshiligi Rn ni material boʼyicha ehtiyotlik koeffitsientiga +m + 1 ga boʼlish bilan aniqlanadi;
R = Rn + +m
Material boʼyicha ehtiyotlik koeffitsienti material mustahkamligi, elementlarning real oʼlchamlari standart oʼlchamlardan farqi borligi sababli, kamayishini xisobga oladi.
Download 10,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish