Avtomatik xavo uzgichlar
Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar. Havo o’chirgichlarining tuzilishi.
2. Tok olib o’tuvchi zanjir va avtomatlarning yoy so’ndirish tizimi.
3. Universal va o’rnatma avtomatlarni yuritmasi va mexanizmi.
Hozirgi vaqtda himoya apparatlari sifatida ko’proq avtomatik uzgichlar qo’llanilmoqda. Bu apparatlar bir yo’la ikki vazifani qisqa tutashuv tokidan va o’ta nagruzkalanishdan saqlash vazifalarini bajaradi. 3 sxemada uch fazali avtomatik uzgichning prinsipial sxemasi ko’rsatilgan.
Agar tarmoq zanjirida yoki elektr yuritmalar zanjirida issiqlik tutashish sodir bo’lsa, avtomatning ijrochi elementi elektromagnit 1 dan o’tgan tok va hosil qilgan magnit maydon kuchi o’zak 2 ni yuqoriga ko’tarib richag 8 orqali ilmoqdan bo’shagan zanjirning kontaktlari prujina 5 kuchi bilan uzilib qisqa tokini o’chiradi.
Agar zanjirdagi elementlar elektr dvigatel va mexanizmlar o’ta nagruzkali bo’lsa, u holda qizdiruvchi element 7 bimetall plastinka 6 ni qizdiradi. Ustki plastinkaning issiqlikdan cho’zilish koeffisienti kichik bo’lgani uchun bu plastinkadan yuqori tomonga egiladi va ilmoqli richagni ko’tarib yuboradi, kontaktlar o’ta nagruzkalanishdan saqlanib qoladi.
Sistemada normal ish holati o’rnatilgandan so’ng avtomat qaytadan qo’l bilan ulanadi. Shuning uchun ham bu qurilma avtomatik uzgich deyiladi. Elektromagnit va issiqlik relesidan iborat avtomatlar boshqa hamma himoya apparatlariga qaraganda qator afzalliklarga ega:
Avtomatlar bir vaqtning o’zida qisqa tutashish va o’ta nagruzkalanishdan saqlash vazifalarini bajaradi.
Eruvchan saqlagich qo’llansa, bir fazali qisqa tutashish yuz berganda dvigatel qolgan ikki faza tokida ishlayveradi. Avtomat qo’llanganda esa har qanday xavfli holatda dvigatelning hamma fazalari uzilib u ishlashdan to’xtaydi.
Eruvchan saqlagichni almashtirib qo’yish uchun ancha vaqt ketadi. Avtomatni qayta ishlatish uchun esa ulash knopkasini bosish kifoya.
Avtomatik o’chirgich elektr zanjirlarini va elektr uskunalarni yoqish va o’chirish uchun mo’ljallangan, hamda qisqa tutashuv va o’ta yuklanish vaqtida xosil bo’ladigan katta tokdan ximoya qilish uchun. Magnit ishga tushuruvchiga qaraganda avtomatik o’chirgich elektr boshqaruv signallaridan foydalanayotgan avtomatik tizim uchun ishlatilmaydi. U shuningdek yelektrodvigatel reversini taьminlamaydi. Avtomatik o’chirgich ko’pincha reverslanmaydigan elektrodvigatellarni uzoq yoqib turish uchun ishlatiladi. SHuningdek magnit ishga tushirgich sxemasida rubilnik o’rnida ishlatilishi mumkin.
Avtomatik havo o’chirgichning tuzilishi 1-rasmda ko’rsatilgan.Rukoyatga 1 yordamida avtomatik yoqib o’chiriladi.
Rasm 1. Avtomatiko’chirgich
Rasmda ko’rsatilgan xolatda avtomat o’chirilgan va Harakatchan kontakt 2 Harakatsiz kontakt 3 bilanulanmagan. Avtomatni yoqish uchun prujinani burash kerak, bunda rukoyatka pastga tushadi va detalni 4 buraydi, u pastki uchlari rijakni 5 ushlab turuvchi tishli zatsepleniyagakiradi. Endi avtomat yoqish uchun tayyor. Uni yoqish uchun rukoyatka 1 pastga tushiriladi. Prujina shunday xolatni egallaydiki, bunda sharpir _______ birlashgan 7 va 8 – richaglar yuqoriga ko’tariladi va ular bita to’g’ri chiziqd ajoylashadi.
Avtomat yoqiladi: tokzanjiri 2 va 3- kontaktlar, 9 va 10 ajratgichlar orqali xosilbo’ladi.
Avtomatni avtomatik ravishda o’chirish ajratgichlar ishlab ketganda amalgaoshadi. Uzoq tok o’ta yuklanganda biometall ajratgich 10 ishlabketadi.Uning erkin uchlari richagni 5 soat millari bo’ylab buradi va pastga qarab tushiriladi. Richag tishi detalda 4 uziladi, bu detal buriladi va 7-8 richaglar o’lik xolatni o’taydi. Prujina kuchi 6 pastga yo’naltirilgan, uning taьsirida kontaktlar 2-3 ajraladi. Maksimal ruxsat etilgan tokni o’chirish elektromagnit kuchlar taьsirida amalga oshiriladi, ular rijag tishini 5 detal 4 bilan ajratishdan olib chiqadi. Agar avtomatik ravishda nagruzka o’chirilsa rukoyatka 1 yuqori xolatga turadi. Avtomatni qo’lda o’chirishda rukoyatka 1 pastga o’tadi, 2-3 kontaktlar uzilganda xosil bo’ladigan elektr yoyi yoy so’ndiruvchi reshetka 7 yordamida so’ndiriladi.
Avtomatlar minimal kuchlanishdagi ajratuvchilar bilan taьminlanishi mumkin, agar ular avtomatni ruxsat etilgan miqdordagi past kuchlanishda o’chiradi. Masofadan turib boshqarish uchun avtomatik o’chirgich sifatida rukoyatkani 1 elektromagnit yuritma bilan to’ldirilgan maxsus konstruksiyasi ishlatiladi. AK, AP, AE turdagi avtomatik o’chirgichlar 1dan 3 juftgacha kuchli kontaktlarga ega. Ular 110dan 500 Vgacha kuchlanishdagi zanjirlar uchun o’nlab A tokda ishlatish uchun mo’ljallangan. Avtomatiko’chirishvaqti 0.02-0.04snitashkiletadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |