TARBIYACHI:
Assalomu-alaykum
Gullarni sanab
Hayotdan yayrab
Men turganda sayrab
Jon dili bilan tomoshaga chog’langan
Davramizga bog’langan
Bir-biridian zukko
Aql-zakovatda tanho
Bilimdon bolajonlarning mahoratini bir ko’ray
Ularning nimaga qodirligini men ham bilay
Deb turgan qaro ko’zlar
Sevinchdan shodon
Barchamiz uchun qadrdon
“Dudumchaxon” NTM tarbiyalanuvchilari va ularning mehribon ustozu-o’g’lonlari.
TARBIYACHI:
Fevral oyi 2 buyuk shoir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan oyi ekanligi hammamizga ayon. Shu munosabat bilan bolajonlarimiz sizlarga “Ikki buyuk shoir ijodida Vatan madhi” deb nomlangan mavzuda o’z bilim va mahoratlarini ko’rsatmoqchilar.
Bolajonlar o’zlari yodlab kelgan Alisher Navoiy bobomizning ibratli so’zlaridan aytmoqchilar. Eshitamizmi?
Bexruz:
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila
Aylamak oson emas oning haqin ming ganj ila.
Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.
Sarvinoz.
Olamdan g’amsiz o’tay desang, ilmu-hunar o’rgan.
Izzat tilasang kam de, sihat tilasang kam ye.
Sarvar.
Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
Befoyda so’zni ko’p aytma
Foydali so’zni ko’p eshturdan qaytma
Jasur.
Tilga ixtiyorsiz, Elga e’tiborsiz.
Oz degan oz yengilur, oz yegan oz yiqilur
Aqlli zukko bolajonlarimiz Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning ibratli so’zlaridan ham yodlabdilar.
Dilshoda.
Murod vasling erur ayla yod Boburni
Unutmagil yana nomurod Boburni.
G’ayriga necha ul oy vafo qilur
Necha jonima mening jafo qilur.
Oybek.
Sabza-yu gullar bilan jannat bo’lur Kobul bahor
Xosa bu mavsumda boran yozisiyu gulbahor.
Ko’zimning nurisen ko’nglim huzuri
Tanim xurramligi jonim sururi
Madina.
Do’stluqni gar tilarsen aylasang isbot qil
Suhbatinga asru ko’p mushtoqdurmen bot qil.
Kim yor anga ilm tolibi ilim kerak
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.
Tarbiyachi:
Bolajonlar, sizlarni zehningiz qanchalik kuchli ekanligini bilaychi.
Alisher Navoiy qachon, qayerda tavallud topgan. (1441 yil, 9-fevral, Hirotda)
Zamondoshlari uni qanday ulug’laganlar (Nizomiddin Mir Alisher)
Nizomiddin nima degani (Din nizomi)
Mir so’zi qanday ma’noni anglatadi (Amir)
Alisher Navoiyning otasi kim edi (G’iyosiddin kichkina)
Alisher Navoiyning maktabdagi do’sti kim edi (Husayn Boyqaro)
Alisher Navoiy necha yoshida she’r yoza boshlagan (7-8)
Turkiy tildagi birinchi asari (Xamsa)
Xamsa asarini necha yilda yozib tugatdi (2)
Xamsa asari nechta dostondan iborat (5 ta)
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
Ham shoh ham shoir kim? (Z.M.B)
Bobur so’zining ma’nosi (arab tilida she’r)
Bobur o’zi haqida qanday asar yozib qoldirdi (Boburnoma)
Uning qalbi nimaga oshno edi (musiqa)
Bobur qachon qayerda tug’ilgan (1483 yil, 14-fevral Andijon)
Boburning otasi kim (Umarshayx Mirzo)
Boburning onasi kim? (Qutlug’nogorxonim)
Farg’onada necha yoshida hokim bo’ladi? (12)
Bobur uzoq yillar qayerda shohlik qildi. (Hindiston)
Bobur qachon vafot etdi (1530 yil 26-dekabr)
ABDULQODIR
Bugun qalbimizda quvonch o’zgacha
Charaqlar quyosh bu tong o’zgacha
Keksa yosh qalbida iftixor-g’urur
Kuy-qo’shiq g’azal o’zgacha
DIYORA
Ey ash’or mulkining buyuk sultoni
Ey o’zbek xalqining suyuk o’g’loni
Nomingdan demoqqa ming xil gul isi
To abad atirli xush havo kelur
ABDULLOH
Bugun Navoiyning tug’ilgan kuni
Tunlardan himoya qilaylik uni
Haykali qoshida qalblar bo’lsin jam
Ming yilda bir kelur malikul-kalom
SHAXRUZA
Navoiy deganda quloqlarimga
Uzoq asarlardan bir navo kelur
Navoiy deganda quloqlarimga
Qahraton qishda ham xush sabo kelur
ASLON
Davlatga yetib mehnat elin unutma
Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma
Borg’onni kel emdi, yod qilma, ey do’st
Borish-kelishingni lutf etib o’ksitma
GULSANAM
Jonimdan o’zga yoru-vafodor topmadim
Ko’nglimdin o’zga mahrami asror topmadim
Jonimdek o’zga jonni dilafgor ko’rmadim
Ko’nglim kibi ko’ngulni giriftor topmaidim
SARDOR
Ko’ngil tilagan murodiga yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi
Bu ikki ish muyassar bo’lmasa olamda
Boshini olib bir soriga ketsa kishi
GULASAL
Tole yoqki boshimga balolig’ bo’ldi
Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi
O’z yurtni qo’yib Hind sori yuzlandim
Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig’ bo’ldi.
SAHNA ASARI
(ALISHER NAVOIY)
Husayn boyqaro
Ikkita vazir
SHAXOB
Mir Alisher Navoiy
Bobomizning kitobi
Yoritar dilimizni
Misli bahor oftobi
SHABBONA
Mir Alisher Navoiy
Ga’zal mulkin sultoni
Yaxshilikka chorlaydi
Uning she’r-u dostoni
MUHAMMAD
Mir Alisher Navoiy
Merosi tamom bo’lmas
Nabiralar bor ekan
Bobomiz nomi o’lmas
IBROHIM
Bobolar hurmat bilan
Ardoqlab lug’at bilan
Qolishmas hech bir tildan
Chiroyli qizi guldan
BUNYOD
Yayraydi har dam dilim
Sen sabab ona tilim
Navoiy ulg’aytirdi
Qodiriy ko’zga surdi
IMRON
Sayroqi bulbul kuyi
Anvoyi gullar bo’yi
Sendadir ona tilim
Yayraydi har dam dilim
Husayn Boyqaro hamma vazirlarni chaqiradi.
Husany Boyqaro: Menga dunyodagi eng shirin narsani topib kelasizlar. 3 kun muhlat. Topolmasangizlar boshlarizdan umidlarizni uzingizlar.
Vazirlar uzoq o’ylanadi.
1-kun non etishadi.
2-kun mevalar etishdi.
Oxirgi kun: Yordam so’rab A. N ning huzuriga borishadi.
1-vazir: Hazat Navoiy bizga sizning aqlu-zakovatingiz ko’magi kerak. Bizga ulug’ podshohimiz dunyodagi eng tansiq narsa nima ekanligini topishni buyudilar va 3 kun muhlat berdilar. Bugun so’ngi kun. Agar topmasak boshimizdan judo bo’lamiz. Hazratim, iltimos bizga yordam bering.
Alisher Navoiy o’ylanib: “Ulug’ Vazir janoblari, sizga aytsam eng yaxshi ham yomon so’z ham shu tildam chiqarmush. Shu uchun dunyodagi eng shirini ham achchig’i ham til ekan”.
Vazir: - Rahmat sizga Navoiy hazratlari, o’zingizni aql-zakovatingiz bilan bizni o’limdan qutqarib qoldingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |