Assalom Navro’z
Bayram o’tkiziladigan joy milliy so’zanalar ,o’quvchilar qo’li bilan gullangan shaftoli , gilos daraxtlari ,qog’ozdan yasalgan qushlar bilan bezatiladi.Bahor faslini madh etuvchi kuy jarangdor sado berib turadi.Bayram karnay surnay navolari bilan boshlanadi…
1-Boshlovchi
Zilol suvga to’la ariqlar
Xush ifordan mastku borliqlar.
Qolib ketar ko’ngil og’riqlar
Navro’zingdan aylanay sening!
2-Boshlovchi
Xush kelibsan yurtimga ko’klam
Olib kelding shodlikni to’plam.
Senla barcha yaqin jamuljam
Navro’zingdan aylanay sening.
(Fonagramma oraqali taniqli xonanda Ziyoda Qobilovaning “Navro’z”qo’shig’I yangraydi.Sahnada yashil rang ko’ylak kiyib , sochlariga binafsha taqqan 20 nafar qiz dastlab boshini quyi solib cho’kkalab o’tiradi.Ular ko’karayotgan maysalarni tasvirlab egilgan boshini sekin ko’t radi va o’rnidan turib raqsga tushadi}.
Davraga ikki tomondan yog’och otda ikki nafar jarchi kirib keladi..
1-jarchi:
Odamlar-u odamlar,
Zavqu shavqqa hamdamlar,
Eshitmadim demanglar ,
Eshitmasdan qolmanglar.
2 -jarchi:
O’zimizning Navro’zni ,
Navro’zi dilafro’zni
Shodon kutib olamiz,
Katta bayram qilamiz.
Jarchilar chiqib ketadi.Bir guruh qizlar “Navro’z kelibon”{Jumaniyoz Jabbor she’ri}
qo’shig’iga raqsga tushadilar.So’ngra “Bahor valsi” yangrab ,Bahoroy kirib keladi..
Bahoroy:
Ustimdagi qorlarni qoqib –qoqib uyg’ondim,
Yomg’irli yo’laklarda yugurgilab uyg’ondim.
Kurtaklarning isidan mast bo’ldimu kuyladim
Olchaning oq gullarin boshdan sochib o’ynadim..
Bobo,momo,ona, bog’bon bobo,cho’pon bobo davraga kiradi.
Bahoroy ularga qarab:
Yangi yilingiz muborak bo’lsin ,hoy bobo!
Yangi yilingiz muborak bo’lsin ,hoy momo!
Yangi yilingiz muborak bo’lsin ,hoy ona !
Hoy bog’bon bobo,niholingizga bersin baraka!
Hoy dehqon bobo,dalangizga bersin baraka!
Hoy cho’pon bobo,ko’rganingizga bersin baraka!
Momo: “Navro’z elimizga qut-baraka olib kelsin, yurtimiz tinch,osmonimiz musaffo bo’lsin,oilalarimizda tinchlik –hotirjamlik hukm sursin,omin!
1-Boshlovchi
Uqaladi ko’zlarin kurtak
Novdalarda hayot nafasi.,
Hayajonga tor kelar ko’krak,
Chor atrofda sho’x qushlar sasi.
Tashrifingdan aylanay o’zim,
Kel marhabo, Navro’z –gulyuzim!
“Mahallada duv-duv gap” filmidagi musiqa yangraydi.
Sahna ko’rinishi: Mahallaning onaxon va yosh-yalanglarni sumalak qaynatmoqda,bir qariya boshchiligida bolalar ko’chat o’tkazmoqda, 2-3 qiz atrofini suv sepib supurmoqda.
Sumalak atrofidagi ayollardan biri: Bolajonlar, Navro’z haqida hikmatlar bilasizmi?
Bolalar: Bilamiz , bilamiz.
Keksa ayol: Qani , eshitaylikchi?
{Bolalar quyidagi hikmatlarni birin-ketin ayta boshlaydilar}
1-bola:
Yaxshi odam ko’zidan ma’lum,
Yaxshi yil navro’zidan.
2 -bola:
Navro’zdan so’ng qish bo’lmas,
Mizondan so’ng yoz bo’lmas.
3-bola:
Hut kirdi,yer ostiga dud kirdi.
4-bola:
Yaxshi kun saharidan ma’lum,
Yaxshi yil-bahoridan.
5-bola:
Bahorning bir kuni yilga tatir.
6-bola:
Hamal kirdi – amal kirdi.
Tavakkal Qodirov ijro etgan “Fasli navbahor o’ldi”(Muqimiy g’azali) qo’shig’I yangrab ,sumalak atrofidagi yosh-yalanglar raqsga tushadilar.
bilasizmi?
Bolalar: Bilamiz,onajon!
1-bola:
Navro’z paytida hovli-yu uylar , ko’chalaru ariqlar tozalanadi.
2 -bola:
Gina ,arazlar unutiladi.
3-bola:
Keksa kishilarning , bemorlarning , qariondosh –urug’larning holidan xabar olinadi.
4-bola:
Navro’zda qarg’amaydilar , urishmaydilar, g’iybat qilmaydilar.
Keksa ayol: Balli , bolalarim! Umar Hayyom ham:
Gul uzra ko’klamning shabnami yaxshi,
Chamanda yuz ochgan hamdami yaxshi.
Yaxshimas kechagi kundan so’z ochmoq,
Quvnab qol , bu kunning har dami yaxshi,-
degan edi..
Parda yopiladi.Parda yana ochilib sahnaga 16-18 nafar o’g’il bola va qiz bola ikki qator bo’lib chiqadi. Ular ma’lum masofada bir biriga qarama -qarshi turib ,”Oq terakmi ko’k terak” qo’shig’ini aytib o’ynaydilar.
Oq terakmi ,ko’k terak
Qamar, qamar qamchini,
Qovurg’aning yanchini
Oq terakmi , ko’k terak ?
Bizdan sizga kim kerak?
-Kichkina Salim kerak.
-Biz boyagi hovlida.
Bo’lib tarafma –taraf,
Navbat bilan aytishdik.
Taraf-tarafga qarab .
Oq terakmi , ko’k terak ?
Bizdan sizga kim kerak?
-Bizga kerak maktabda
Eng a’lochi Alisher .
Oq terakmi , ko’k terak ?
Bizga Alisher kerak.
{Ular sahnadan chiqib ketishadi}
1-Boshlovchi
Yurtboshimiz tomonidan bu yil “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |