Arpanet - kompyuterlar tarmog‘i va internetning birinchi ko‘rinishi. Bugunga kelib dunyoning qariyb 60% aholisi internetdan foydalanadi. O’rtacha har bir odam kunning 3-4 soatini internetdan foydalanishga sarflaydi.
Google qidiruv tizimi Larry Peyj va Sergey Brin tomonidan asos solingan kompaniya. Barcha internetdagi so‘rovlar 70% Google tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yahoo - Verizon media kompaniyasiga qarashli Kaliforniyada joylashgan web xizmatlar ko‘rsatuvchi internet portal. Kompaniya Jerri Yang va Devid Filo tomonidan tashkil etilgan. Yahoo dastlabki internet davrining kashfiyotlardan biri hisoblanadi.
Mail.ru - Eng mashhur rus internet portallaridan biri. Asosan bepul elektron pochta qutisi va qidiruv tizimi xizmatlarini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, yangiliklar, imlo tekshiruvi, ko‘ngilochar va boshqa ko‘plab xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Yandex - qidiruv tizimi, Google kompaniyasining eng katta raqobatchilaridan biri hisoblanadi. Yandex internet bilan bog‘liq 50 dan oprtiq turdagi xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan yirik ko‘p millatli texnologik kompaniya.
Bloggers - PyraLabs kompaniyasi tomonidan asos solingan bloglar yuritish uchun mo‘ljallangan platforma. Bloger yordamida har qanday foydalanuvchi ortiqcha qiyinchiliksiz o‘zini shaxsiy blogini yuritishi va bundan daromad olishi mumkin.
Wikipedia - 290 dan ziyod tillarda yuritiladigan barcha uchun ochiq universal internet ensiklopediya. Sayt amerikaning “Font Wikimedia” nodavlat tashkilotiga tegishli. 37 davlatda o‘z vakolatxonalariga ega internetdagi eng katta va mashhur ma‘lumotlar ombori hisoblanadi.
Facebook Mark Zuckerberg asos solgan eng yirik ijtimoiy tarmoq va dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurilgan ikkinchi resurs. Sayt oldiniga Garvard universiteti talabalari uchun mo‘ljallangan hozirda esa 400 mln dan ortiq aktiv foydalanuvchilarga ega.
Youtube yirik videomateriallar hostingi hisoblanadi. Saytga har daqiqada 500 soatdan ortiq video kontentlar yuklanadi. Youtubega yuklangan videolarni ko‘rib chiqish uchun 500 yildan ortiq vaqt kerak bo‘ladi.
Twitter foydalanuvchilar o‘zaro qisqa xabarlar bilan bo‘lishadigan yirik ijtimoiy tarmoq. Bu tarmoqda barcha kasb egalari, mashhur insonlar va hatto davlatlar rahbarlari aktiv foydalanadi. Dunyoning eng yirik OAV lari ham so‘nggi xabarlarni shu yerda tarqatishadi.
Instagram - foto va videolar almashish uchun qulay va o‘ziga xos ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Bu tarmoqdan mobil telefonga ega deyarli barcha foydalanadi. Yana bir e’tiborli tomoni foydalanuvchilarni 60% ga yaqinini qizlar va ayollar tashkil etadi.
Telegram Pavel Durov tomonidan o‘ylab topilgan - tezkor xabarlar almashinish vositasi. Foydalanuvchilar matn xabarlardan tashqari tasvir, video, audio va boshqa fayllar almashinishi mumkin. Telegram hozirda eng xavfsiz messenjer ro‘yxatida yuroqi o‘rinda turadi.
TikTok - eng yosh va tez ommalashayotgan ijtimoiy tarmoq platformalaridan biri, video kontentni onlayn ulashishga ixtisoslashgan. TikTokni 50% foydalanuvchilari 16-24 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |