Aqliy tarbiya i.
Tarbiya vositasi — kam o’rganilgan pedagogik kategoriya hisoblanadi. Biroq oxirgi yillarda ushbu muammoni o’rganish dolzarbligi oshganligi kuzatilmoqda. Sababi maktab, o’qish, kitob, o’qituvchi nutqi, ota-ona so’zi bolaga ta’sir etishning, shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omili, yagona manbai bo’lmay qoldi. Pedagoglar shaxsni ijtimoiylashuvi, muhitni pedagoglashtirilayotganligi, ta’limiy muhitni yaratilishi to’g’risida ko’plab fikrlar bildirmoqdalar. Bu o’z navbatida yoshlarni shakllanishida maktab va o’qituvchidan tashqari boshqa omillarni ta’siri yuqori bo’layotganligidan dalolat beradi. Aqliy tarbiya vositalariga ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari, kompyuter va internet, reklama va ommaviy madaniyat, yoshlar madaniyati, globallashuv, axborotlashuv jarayonlari kiradi.
Boshqacha aytganda zamonaviy bola, o’smir, o’spirin axborotlar makonida yashayapdi va shakllanmoqda. Pedagogik maqsadlarga erishishda tarbiyachilardan barcha manbalarni, omillarni, vositalarni mazmun-mohiyatini bilish talab etiladi.
«vosita» tushunchasi izohli lug’atlarda bir necha ma’nolarni bildiradi. Vosita bu birinchidan – maqsadga erishishdagi harakat usuli, ikkinchidan – biror narsa uchun qo’llaniladigan predmetlar, moddiy qadriyat, uchinchidan – falsafa, iqtisodda «vosita» xomashyo, inson faoliyati ob’ekti, ishlab chiqarish uchun dastlabki material, to’rtinchidan, pedagogikada ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan mehnat qurollari, narsa va predmetlar yig’indisi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aqliy tarbiya vositasi deganda, birinchidan– umumiy ma’noda barcha ijtimoiy, madaniy, tabiiy borliqni, barcha ijtimoiy institutlar va sivilizatsiyani yaratishni, ikkinchidan–tarbiya jarayonida qo’llaniladigan narsa va predmetlarni tushunamiz.
O’z navbatida narsa va predmetlar o’z joyida turganda tarbiya vositasi bo’la oladimi ,degan savol tug’iladi. V.I.Juravlevning fikricha, buyum va narsa tarbiya vositasi emas, u qachonki tarbiyalanuvchi faoliyatida ishtirok etsagina tarbiya vositasi bo’la oladi.
V.S. Selivanovaning fikricha, tarbiyalanuvchilarning faoliyat turlari (o’qish, mehnat, o’yin, muloqot) bu tarbiyaning fundamental vositalaridir. Pedagogika va psixologiya inson o’z malakalarini, xulq-atvor modelini, qadriyatlari, hissiyotini odamlar bilan muloqot qilish jarayonida shakllantiriladi va rivojlantiradi deb ta’kidlaydi. Shuning uchun pedagog, sinf rahbari tarbiya maqsadiga erishish uchun tarbiyalanuvchlarni turli faoliyatlarini tashkil etishni bilishi kerak.
Har qanday maktabda bolalarni darsdan tashqari faoliyatlarini tashkil etish o’qituvchining asosiy ish sohasi hisoblanadi.
Maktablarimizda sinfdan tashqari faoliyatning quyidagi turlari: bilish, qadriyatga yo’naltirilgan, ijtimoiy, estetik, dam olish, texnik, sport, sog’lomlashtirish faoliyatlari tashkil etiladi.
Bilish faoliyati o’quvchilarda bilishga qiziqishni rivojlantirish, bilishlarni to’plash, aqliy qobiliyatni shakllantirish aqliy tarbiyalash maqsadida ekskursiya, olimpiada, konkurs, ilmiy konferensiya shakllarida tashkil
Do'stlaringiz bilan baham: |