. " O'zbekistonning eng yangi tarixi" haqida so’z
yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning
1991 yildan keyin bosib o’tgan tarixiy yo’li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu
jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday
muammolarga duch kelganini ushbu ma’ruza matnlarida tushunasiz.
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti -O’zbekistonning qariyb 70 yillik zulmdan
qutilib, shu kunlargacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyoti davrlari
jarayonini o’rganish. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega
bo’lgan o’zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyotini o’rganuvchi va
o’rgatuvchi, tarixidan g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan,
O’zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati hazinasiga munosib hissa qo’shib
kelmoqdalar. O’zbek halqi Markaziy Osiyodagi barcha halqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik
va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu
jihatdan u o’zining chuqur ildiz otgan an’analariga egadir.
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning vazifasi – mustaqillikka erishish arafasida
O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi,
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini
tushinish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni
shakllantirishdan iborat.
Institut bakalavr yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar bilishi kerak bo’lgan umumiy bilim doirasi
“O’zbekistonning eng yangi tarixi “fani oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
Birinchidan, Yurtimiz tarixini o’qish va o’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy
tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog’i lozim. Chunki voqyea va hodisalarni bilmasdan, ular
haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’lmasdan turib mustaqillik xaqidagi dunyoqarash haqida gap
yuritish mumkin emas;
Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy
haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim;
Uchinchidan, tarixining har bir satri, har bir varog’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan
sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor;
To’rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin
vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak;
Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy
qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan
hamnafas bo’lmog’i ayni muddaodir.
Umuman olganda, O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganish va uni o’qitishning dolzarb
muammolari bo’yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog
xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish
hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning
yaqin o’tmishini tushunishga, murakkab, jo’shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan
mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o’rganishga, uni to’laqonli anglab yetishga
katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o’zbek tarixchilarining
ilmiy va fuqarolik burchidir
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning maqsadi-mustaqillikka erishish arafasida
O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;
- mustaqillik yillaridagi o’zgarishlarni, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy
jarayonlarda O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o’rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan ;
- O’zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o’rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy
mustaqillik g’oyasini qo’llay bilish, atro fida sodir bo’layotgan jarayonlarga o’z munosabatini bildira
olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o’rnini anglash va bugungi kunda sodir
bo’layotgan voqyealarning tarixdagi muhim voqyealar bilan bog’liqligini bilish kerak.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida
O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi
qarorni imzoladi. Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli,
haqqoniy va xolis tarzda o’rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlarni
yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o’rni va rolini ko’rsatishga qaratilgan qator vazifalar
qo’yilgan. Mazkur hujjatda ko’rsatilgan vazifalarni bir-birini to’ldiruvchi ikki yo’l orqali ro’yobga
chiqarish lozimBirinchi. yo’l – yangi avlod ilmiy va o’quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo’l –
mavjud bilimlarni yoshlarga targ’ib etish va o’qitish